AFEX
AFEX Uskunalar Markazi — showroom binosi
1500+ tadbirkorga ishonch bildirilgan

Biz haqimizda

"AFEX-GROUP" — o‘z ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan, hududlarda yangi investitsiyalarni jalb etishni maqsad qilgan tadbirkorlarga barcha turdagi ishlab chiqarish uskunalari, maxsus texnikalar va xomashyolar yetkazib beruvchi kompaniya.

1500+
Yetkazib berilgan uskuna
1038+
Katalogda uskuna
6+
Hamkor davlat
3
Dilerlik markazi
Bizni ko‘ring

Toshkentdagi showroom-markazimiz

Uskunalarni jonli ko‘rish, sinab ko‘rish va mutaxassislarimiz bilan maslahatlashish uchun keling.

Toshkent, Uchtepa tumani, Diyorobod MFY
Xaritada ko‘rish
AFEX Uskunalar Markazi — kunduzi tashqi ko‘rinishi
AFEX jamoasi showroom oldida
Showroom ichidagi uskunalar

Xalqaro hamkorlarimiz

Xitoy, Turkiya, Rossiya, Belorusiya, Avstriya, Germaniya va Yevropaning rivojlangan davlatlarida ishlab chiqarilgan eng sifatli, kafolatlangan uskunalarni qulay narxlarda taqdim etamiz.

To‘liq qo‘llab-quvvatlash

Uskunalarni o‘rnatish, to‘liq ishga tushirib berish va zarur xomashyo bilan ta’minlashda yaqindan yordam beramiz. Uskunalar sifatiga to‘liq kafolat.

Bizning ustunligimiz

O‘zbekistonda Navoiy, Guliston, Samarqandda dilerlik markazlari; Xitoyda (Guangdong, Urumchi) rasmiy ofislar. Markaziy Osiyo bo‘ylab yetkazib beramiz.

Xalqaro yetkazib berish va eksport
Xalqaro aloqalar

Xitoy, Turkiya, Yevropadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beramiz

Dilerlik markazlari
NavoiyGulistonSamarqand

O‘zbekiston Respublikasi hududida qisqa davrda dilerlik savdo markazlari tashkil etildi.

Eksport yo‘nalishlari
Qozog‘istonQirg‘izistonTojikistonAfg‘oniston

Markaziy Osiyoda yetakchilikni qo‘lga kiritish maqsadida uskunalarimizni yetkazib bermoqdamiz.

Yosh mutaxassislarni tayyorlash
Strategiya

Bizning maqsadlarimiz

01

Yosh texnologlar uchun 1 yillik o‘quv-amaliy kurslarni joriy qilib, yetuk soha mutaxassislarini yetishtirish.

02

Har bir viloyatda yoshlar uchun Texno Park lar tashkil etish va uskunalar uchun vaqtinchalik ijara.

03

1 tonnagacha bo‘lgan buyurtmalarni havo yo‘llari orqali tez fursatda yetkazib berish.

04

Markaziy Osiyoda Micro tolali sun’iy charm ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Mijozlarga

Biz bilan hamkorlik qilib nimaga erishasiz?

  • To‘lovning xilma-xil usullari: Visa, bank o‘tkazmasi, naqd, plastik va korporativ kartalar.
  • Hamkor lizing tashkilotlari orqali 30% oldindan to‘lov va garov evaziga lizing.
  • 1000$ gacha uskunalar — 30% oldindan to‘lov; undan yuqorisi — 50–70% oldindan to‘lov.
  • Buyurtmani saytdan online kuzatish — faqat shartnoma raqami orqali.
  • Buyurtmani chet elda, qoldiq to‘lovdan oldin test qilish imkoniyati.

AFEX-GROUP — shunchaki kompaniya nomi emas, bu brend, sifat va ishonch belgisidir. Yurtimizda 1500 dan ortiq uskuna muvaffaqiyatli yetkazib berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishlab chiqarish jarayonlari va mijozlarimiz fikri — Instagram va YouTube’da.

Hujjatlar

Sertifikatlarimiz

ISO 9001