
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Oziq ovqat
3D xrustiklar ishlab chiqarish liniyasi.(Avtomatik liniya)
Oziq -ovqat sanoati so'nggi bir necha yil ichida keskin o'zgarishlarga uchradi. Birinchidan, talab va iste'molning tabiati o'zgardi - odamlar harakatlanayotganda tobora ko'proq tez tayyorlanadigan taomlarga talab ortmoqda. Albatta iste'molchiga, iste'mol qiladigan mahsulotlarning funksionalligi muhim xisoblanadi.
Narx
$53,900
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Material | Zanglamas metal |
| Ishlab chiqarish | 50 kg/5 min |
| Quvvati | 4 kw |
| Truba diametri | 110mm |
| Ko’tarib berish balandligi | 2,5m |
| Kuchlanish | 220V 50Hz |
| Quvvati | 1,1kw |
| Quvvati | 37kw |
| Ta’minlovchi motor | 0,75kw |
| Ishlab chiqarish | 180-260kg |
| Vint uzunligi: | 1520mm |
| Vint diametri: | 70mm |
| Vint materiali | 38CrMoAI |
| Umumiy isitish quvvati | 14kw |
| Yog’ nasos motori | 0,37kw |
| Umumiy quvvat | 52,12kw |
| Quvvati | 1,5kw |
| Ishlab chiqarish | Ekstruderga mos keladi |
| Quvvati | 0,37kw |
| Ishlab chiqarish | 0-500kg |
| Material | Zanglamas metal/neylon |
| Hajmi | 2110*340*500mm |
| Vazni | 50 kg |
| Isitish usuli: | Elektr |
| Isitish quvvati: | 64kw |
| Motor | 0,75kw |
| Yuk ko’taruvchi motor | 0,55kw |
| Qobiq qalinligi | 1.5mm |
| Hajmi | 3500*1200*2200mm |
| Umumiy quvvat | 65,3kw |
| Quvvati | 0,25kw |
| Hajmi | 1500*700*1200mm |
| Material | Zanglamas metall |
| Vazni | 50kg |
| Quvvati | 0,75kw |
| Qadoqlash oralig’i | 10-500g |
| Qadoqlash tezligi | 20 dona/min |
| Qadoqlash eni | 7-15sm |
| Qadoqlash max uzunligi | 21sm |
| Hajmi | 70*59*200sm |
| Vazni | 90kg |
Tavsif
"AFEX-GROUP" tadbirkorlarimizga yurtimiz bozorida o'z talabiga ega bo'lgan mahsulot yani 3D xrustiklar ishlab chiqarish liniyasiga oid ma'lumotlar berib o'tamiz! Bunday mahsulotlarning asosiy auditoriyasi 3-30 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlardir.Ko'pchilik tadbirkorlar biznes faoliyatini tanlashda kam pul sarflab, ko'p daromad topishni xoxlashadi,bunday bizneslar kuchli raqobatdan xoli emas. Xar bir biznesda nomutanosiblik bor. Yani uskunalar uchun kam pul sarflaysiz lekin mahsulot tan narxi ko'p aylanma mablag'ni talab etadi.Aksincha 3D xrustiklar ishlab chiqarish,uskunalar uchun ko'p pul sarflab,mahsulot tan narxi uchun kam aylanma mablag' talab etadigan daromadli biznes loyihalar sinfiga kiruvchi biznes faoliyati xisoblanadi.
Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:
Kerakli maydon 160 /m² Elekrt energiya 136 kw/380 V, 50Hz Ishchilar soni 4-5 kishi Barcha infratuzilmalarni asosiy manbayi ichimlik suvi xam talab etiladi.Xom ashyolar:
1.Guruch uni. 2.Makkajo'hori uni. 3.Bug'doy uni. 4.Makkajo'hori kraxmali. 5.Ziravorlar.Liniya tarkibidagi uskunalar:
1. Mikser. 2. Vintli konveyr. 3. Ekstruder. 4. Shakllantirish uskunasi. 5. Maxsus konveyr. 6. Qovurish qozoni. 7. Tebranuvchi elak. 8. Maxsus konveyr. 9. Aromatizator. 10.Maxsus konveyr. 11. Qadoqlash uskunasi. Ushbu liniya avtomatik ravishda soatiga 200-250 kg ishlab chiqrish quvvatiga ega.
Mikser-dastlab un kabi maydalangan xom ashyoni, mikserda retsept bo'yicha aralashtirib olamiz.Uskuna xom ashyolarni 5 minutda 50 kg mahsulotni tayyorlab berish imkoniyatiga ega.
Vintli konveyr-mikresda aralashtirilgan xom ashyolarni ushbu konveyr orqali ekstruderga yuklab olamiz.
Ekstruder-ushbu uskunada xom ashyoni har xil shakldagi gazaklar tayyorlash uchun o'ziga xos bosim va haroratda pishirib va siqib chiqaradi.
Shakllantirish- Bu uskunada ekstruderda chiqqan uzun lentasimon xamirni kerakli o'lcham va shakllarda, shakllantirib beradi.
Shakllangan mahsulotlar ushbu maxsus konveyrda qovurrish qozoniga yuboriladi.
Qovurish qozoni-Ushbu maxsus qozonda shakllangan mahsulotlar,maxsus konveyr yordamida to'xtovsiz harakatlanib, o'simlik yog'i bilan qovurub olinadi.
Tebranuvchi elak-bu uskunada mahsulotlarda qolgan yog'lar elab olinadi.
Maxsus konveyr-yog'lardan xoli bo'lgan mahsulotlar konveyr orqali aromatizatorga yuklanadi.
Aromatizator- ushbu uskuna maxsulotlarga qo'shimcha tam beruvchi yani ziravorlar bilan boyitib beruvchi uskunadir.
Maxsus konveyr- aromatizatordan ziravorlar bilan bo'yitilgan mahsulotlarni ushbu konveyr orqali qadoqlash uskunasiga yuboriladi.
Qadodlash uskunasi yordamida 10 gramdan-500gramgacha bolgan mahsulotlarni, 1 minut davomida 20 dona qadoqlash imkoniyati mavjud.





