AFEX
AFEX-950 Atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyasi (gazoanalizator)

AFEX-950 Atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyasi (gazoanalizator)

Omborda mavjud
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Sensor turi
1O₂
2PM2.5
3PM10
4CO
5CO₂
6H₂S
7NH₃
8O₃
9NO₂
10SO₂
11HCl
12Cl₂
13Harorat
14Namlik
ParametrModel (Honeywell)
NO₂Honeywell NO2 electrochemical
NOHoneywell NO electrochemical
NH₃Honeywell NH₃ electrochemical
SO₂Honeywell SO₂ electrochemical
COHoneywell CO electrochemical
O₃Honeywell O₃ electrochemical
H₂SHoneywell H₂S
PM2.5 / PM10Honeywell Particle Sensor
O₂Honeywell O₂ Sensor
Gaz turi / vositaKonsentratsiya / Gaz aralashmasi
Zero gaz99.999% N₂ yoki Synthetic Air
NO50 ppm NO / N₂
NO₂20 ppm NO₂ / N₂
NH₃50 ppm NH₃
SO₂50 ppm SO₂ / N₂
CO100 ppm CO / N₂
O₃Ozon generator (gaz emas, generator)
NomiMiqdor (1 yil uchun / taklif)
PTFE / Teflon sample line10 m
Particulate filter (0.5–1 µm)3 dona
Moisture trap / dryer1 dona
Solenoid valve1 dona
Flow meter / Flow controller1 dona
Sample pump (diaphragm)1 dona
O-ring & fitting set1 to‘plam
NomiMiqdor (taklif)
Data logger / I/O modul1 dona
Power supply1 dona
Industrial Ethernet switch1 dona
Industrial PC / controller fan1 dona
SD card / SSD (data backup)1 dona
Calibration tubing set1 to‘plam
Pressure regulator (for gas cylinder)1 dona
Gas leak detector spray1 dona
Sensor cleaning kit1 to‘plam

Tavsif

Loyihaning ahamiyati va kutilayotgan natijalar

AFEX-950 atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyasini joriy etish quyidagi muhim natijalarni ta’minlaydi:
  • Atmosfera havosining holatini 24/7 real vaqt rejimida uzluksiz monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
  • Zararli gazlar va chang zarrachalari (PM) miqdori me’yoriy chegaradan oshganda tezkor ogohlantirish tizimi ishga tushadi.
  • Monitoring ma’lumotlari davlat ekologik monitoring platformalari bilan integratsiyalashgan holda avtomatik uzatiladi.
  • Ekologik hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.
  • Korxonaning ekologik xavfsizlik darajasi, qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda nazorat organlari oldidagi ochiqligi va ishonchliligi sezilarli darajada oshadi.
Natijada, AFEX-950 nafaqat atmosfera havosi sifatini nazorat qilish vositasi, balki ekologik xavflarni oldindan aniqlash, tahlil qilish va samarali boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy strategik boshqaruv yechimi sifatida xizmat qiladi.

Tizimning funksional imkoniyatlari

AFEX-950 atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyasi quyidagi zamonaviy funksional imkoniyatlarni taqdim etadi:
  • Atmosfera havosidagi gazlar konsentratsiyasini 24/7 uzluksiz avtomatik o‘lchash.
  • PM2.5 va PM10 mayda chang zarrachalarini yuqori aniqlikda monitoring qilish.
  • To‘liq meteorologik kuzatuv moduli yordamida tashqi muhit omillarini (harorat, namlik, shamol tezligi va yo‘nalishi, atmosfera bosimi va boshqalar) tahlil qilish.
  • Ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish, uzatish, saqlash va ko‘p bosqichli tahlil qilish.
  • Davlat ekologik monitoring platformalari bilan API orqali to‘liq integratsiya.
  • Modbus TCP/IP, RS-485 va boshqa sanoat aloqa protokollarini qo‘llab-quvvatlash.
  • 20 daqiqalik, soatlik, sutkalik, oylik va yillik avtomatik hisobotlarni shakllantirish.
  • Telegram, SMS va elektron pochta (E-mail) orqali tezkor ogohlantirish va xabarnomalarni yuborish.
  • Ko‘p foydalanuvchili, rolga asoslangan boshqaruv tizimi orqali xavfsiz va qulay foydalanish.
Qo‘shimcha imkoniyatlar
  • Monitoring posti hududiga ruxsatsiz kirishni nazorat qilish tizimi.
  • Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash va xavfsizlikni oshirishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha monitoring funksiyalari.
AFEX-950 zamonaviy monitoring, ma’lumotlarni tahlil qilish va ekologik nazorat jarayonlarini yagona platformada birlashtirib, korxonalar hamda davlat ekologik monitoring tizimlari uchun ishonchli va samarali yechimni taqdim etadi.

Zamonaviy aloqa va ma’lumotlarni uzatish tizimi

3G/4G mobil aloqa AFEX-950 3G/4G mobil aloqa tarmoqlari orqali internetga ulanadi. SIM-karta yordamida stansiya ma’lumotlarni markaziy serverga real vaqt rejimida uzatadi va internet infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan hududlarda ham barqaror ishlaydi. Wi-Fi Wi-Fi orqali tizim korxonaning ichki simsiz tarmog‘iga ulanadi. Bu usul qo‘shimcha kabel tortishni talab qilmaydi hamda ma’lumotlarni tez va ishonchli uzatishni ta’minlaydi. Ethernet Ethernet ulanishi yuqori tezlik va maksimal barqarorlikni ta’minlaydi. Ushbu usul doimiy internet aloqasi mavjud bo‘lgan obyektlar uchun eng maqbul yechim hisoblanadi. Natijada AFEX-950 atmosfera havosi ko‘rsatkichlarini 24/7 real vaqt rejimida monitoring qiladi, barcha ma’lumotlarni markaziy serverga avtomatik uzatadi hamda masofadan turib uzluksiz nazorat qilish imkonini beradi.  

Havo sifati monitoring qurilmasi sensorlari

AFEX-950 atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyasi turli gazlar, chang zarrachalari va meteorologik parametrlarni nazorat qiluvchi zamonaviy sensorlar bilan jihozlangan.

Texnik ishonchlilik va ekspluatatsion barqarorlik

AFEX-950 atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyasi og‘ir sanoat sharoitlarida uzoq muddat va uzluksiz ishlash uchun mo‘ljallangan. Asosiy texnik ko‘rsatkichlar
  • Himoya darajasi: IP67
  • Elektr ta’minoti: 220 V
  • Energiya sarfi: ≤ 350 Wh
  • Avtonom ishlash vaqti: kamida 24 soat
  • O‘lchash xatoligi: ≤ 20 %
  • Nol drifti: ≤ 0,1 PDK
  • Xizmat muddati: 10 yilgacha
Stansiyaning ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida AFEX-GROUP mutaxassislari tomonidan har 6 oyda texnik ko‘rik va kalibrlash ishlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha opsiya: Elektr ta’minoti uzilgan holatlarda uzluksiz ishlashni ta’minlash uchun 5 kW UPS (uzluksiz quvvat manbai) hamda quyosh elektr stansiyasi ulanishi ixtiyoriy ravishda taklif etiladi. Ushbu yechimlar alohida buyurtma qilinadi va qo‘shimcha to‘lov asosida taqdim etiladi.

Dasturiy platforma va ma’lumotlar xavfsizligi

AFEX-950 zamonaviy dasturiy platforma asosida ishlaydi va ma’lumotlarning ishonchli saqlanishi hamda xavfsizligini ta’minlaydi.

Asosiy imkoniyatlar
  • Lokal serverda kamida 24 oylik ma’lumotlar arxivi.
  • Ma’lumotlarni shifrlash va autentifikatsiya qilish.
  • Ochiq konfiguratsiyaga ega dasturiy platforma.
  • Web-interfeys orqali masofaviy monitoring va boshqaruv.
  • Audit jurnallari hamda foydalanuvchi huquqlarini boshqarish.
  • Ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish.
  • Tarixiy ma’lumotlar asosida turli vaqt oralig‘ida tahlil va hisobotlar tayyorlash.
Mazkur yechim tizimning kiberxavfsizligi, ma’lumotlar ishonchliligi va qulay boshqaruvini ta’minlaydi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar

AFEX-950 tizimi zaruratga qarab shamol tezligi, shamol yo‘nalishi, shovqin va boshqa qo‘shimcha sensorlar bilan jihozlanishi mumkin. Tizim monitoring qurilmasidan real vaqt rejimida ma’lumotlarni qabul qiladi, ularni markaziy serverga uzatadi, saqlaydi va qulay web-interfeys orqali vizual ko‘rinishda taqdim etadi.

 

Xizmat va qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram orqali tezkor ogohlantirish va bildirishnomalar.
  • Administrator va foydalanuvchilar uchun qulay boshqaruv paneli.
  • Qurilmani o‘rnatish, ishga tushirish, dasturiy ta’minotni sozlash va foydalanuvchilarni o‘qitish xizmatlari.

Foydalanuvchi autentifikatsiyasi

Har bir foydalanuvchiga tizimga kirish uchun shaxsiy login va parol taqdim etiladi. Bu monitoring ma’lumotlarini qulay va xavfsiz tarzda kuzatish imkonini beradi.  

Qo‘shimcha jihozlar va sensorlar (ixtiyoriy, qo‘shimcha to‘lov asosida)

Loyihaning texnik talablariga muvofiq, tizimni qo‘shimcha sensorlar, modullar va jihozlar bilan kengaytirish mumkin. Mazkur uskunalar buyurtmachining ehtiyojiga ko‘ra tanlanadi va qo‘shimcha to‘lov asosida yetkazib beriladi. 1 - Gaz sensorlar (Honeywell) — 1 yil uchun Odatda elektroximik sensorlar 12 oy xizmat qiladi, shuning uchun zaxira bilan olinadi. 2 - Kalibrovka gazlari (ISO/EN talabiga mos) Tavsiya: 1 yilga 1 komplekt Eslatma: O₃ ballon bilan saqlanmaydi — ozon generator kerak bo‘ladi 3 - Gaz liniyasi va mexanik ehtiyot qismlar (1 yil) 4 - Elektronika va server qismlar 5 - Texnik xizmat va kalibrovka sarf materiallari