AFEX
Agraf (podves) ishlab chiqarish liniyasi
Metallga ishlov berish

Agraf (podves) ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60a266bf0bd70c688c643abeOmborda mavjud
Kundan kunga zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har bir qismiga, sohasiga kirib kelmoqda. Ularga bo`lgan talabimiz ham ko`paysa ko`payyaptiki, aslo kamaymayapti. Bularga misol qilib oziq-ovqat, avtoservis, yog`ochga va metallga ishlov berish, qadoqlash, servis sohalarini ayta olamiz. Shunday jadallik bilan rivojlanib kelayotgan sohalardan biri bu, albatta, qurilish sohasidir.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Material qalinligi2 mm
Kenglik oralig’i450mm-530mm
Kalava og’irligi sig’imi2000kg
Tezligi15m/min
Kalava tashqi diametricMaks 1200mm
Maksimum kalava kengligi400 mm
Asosiy val40Cr
Uskuna og’irligi800Kg
Uskuna o’lchamlari1500*1200*1300
Motor2 faza
Maksimal ishlash tezligi400 mm
Maksimal ishlash uzunligi9999mm
Material qalinligi0.2-3.2mm
Qolip balandligi70-170mm
MotorAC1.3
Nominal bosim400KN
Zarb tezligi45 ta/min
Vertikal ustunlar uzunligi340mm
Slayder markazi va uskuna orasidagi masofa250mm
Ish stoli qalinligi65mm
Elektr motor quvvati5.5kw
Og’irligi3600kg
Qismlar
1Asosiy motor
2Elektr qism
3Xavfsizlik to’sig’i
4Mexanik moylash
5Pedal
6Fotoelektrik himoya
7Asosiy motor
8Moylash
9Xavfsizlik standardi
Yetkazib berish uskunasi11 900$

Tavsif

Afzalliklari 1 Yengil 2 Ishlab chiqarish katta kuch talab etmaydi 3 Qulay 4 Chidamli 5 Ko`p funksiyali 6 Kamxarj 7 Kam joy egallaydi Ko`rib turganingizdek, agraf juda ham ko`p afzalliklarga ega va qurilish sohasida uning o`rni ham beqiyos. Shuning uchun ham biz sizlarga yuqori daromad keltiradigan biznesni taklif etmoqdamiz. Umid qilib qolamizki, bu biznes orqali xalqimizni arzon va sifatli podveslar bilan ta`minlaysiz va shuning natijasida, o`zingizning daromadingizni qisqa muddat ichida katta hajmda oshirishga muvaffaq bo`lasiz. Quyida ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin. Bizga kerakli uskunalar, xom-ashyo va joy Agraf(podves) ishlab chiqarish uchun bizga quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi: 1 Metall rulonni yetkazib berish uskunasi 2 Metall rulonni tekislab beruvchi uskun 3 Mexanik press Xom-ashyo sifatida siz metalldan foydalanasiz. Buning uchun metall dumaloq rulon shaklida o`ralgan bo`lishi maqsadga muvofiq. Metall rulonni Toshkentda o`rtacha narxda 1 tonnasini 10 million so`mga topishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, bu narx o`rtacha hisobda olingan. Xom-ashyo sifati va sotib olish joyiga nisbatan narxlar o`zgarishi mumkin. Ushbu uskunalar to`plami sizdan katta maydon talab qilmaydi. Uskunalarni ketma-ket joylashtirganingizda 10m atrofida joy oladi. Shu sababli, shu o`lchamlarga nisbatan xona tayyorlashingiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Uskunadagi barcha jarayonlar avtomatlashtirilgani tufayli uskunadagi jarayonlarni, xom- ashyo va mahsulotni nazorat qilib turish maqsadida 2ta ishchi olish yetarli. Ishlab chiqarish jarayoni Keling, sizlar bilan agraf(podves) ishlab chiqarish liniyasining butun jarayoni haqida batafsil tanishib chiqsak. Metall rulonni yetkazib berish uskunasi Ushbu bosqichda biz tayyor rulon metallni yetkazib berish uskunasiga joylashtiramiz. Bu uskuna aylanishi orqali metall rulonni servo feeder(tekislab beruvchi uskuna)ga yetkazib beradi.     Yetkazib beruvchi uskunaning barcha qismlari po`latdan yasalgani tufayli og`ir metallarni ham ko`targanda qiyinchiliksiz, uzluksiz xizmat qiladi. Funksiya: Uskunada joylashtirilgan gidravlik qismlar tufayli metall rulon diametriga asoslanib uskunaga joylashuvchi qism diametrini kengaytirish, toraytirish mumkin. To`g`irlab beruvchi uskuna Navbatdagi bosqichda rulon metall yetkazib berilgandan so`ng, servo feeder uskunasi rulon metallni to`g`irlab-tekislab press mashinaga tayyor holga keltirib beradi. Uskunaga qo`shimcha sifatida displey o`rnatilgan. Zamonaviy displey orqali sozlamalarni va jarayon borishini o`zgartirishingiz va nazorat qilishingiz mumkin     https://youtu.be/ExUpnu-_Jcc To`g`irlab beruvchi uskuna quyidagi xususiyatlarga ega: 1 Turli xil qalinliklardagi va uzunliklardagi mahsulotlardan foydalanish mumkin 2 Yuqori tezlik va uzoq muddatda ishlay oladi, takomillashtirilgan tezlik va aniqlik 3 Panelli boshqaruv, oson va aniq 4 Pnevmatik jarayon, xatosiz 5  Xaridor talabiga binoan mexaniklashtirish ham mumkin 6 Eng yuqori tezligi 20m/min To`g`irlab beruvchi uskuna tuzilishi: 1 Eng so`nggi servo motor qo`llanilgan. Bu esa o`z navbatida jarayon talab qiluvchi maydon va test vaqtini minimallashtiradi 2 Yuqori sezgirlikka ega dekoder 3 Past tovush, kam moy talab qiladi 4 Motor uskuna ichida joylashgani tufayli, yetkazib berish vaqtida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan turli xil zararlanishlarning oldini oladi. 5 Uskunada YASKAWA brendli motor qo`llanilgan Mexanik Press Uskunasi So`nggi bosqichda esa, tayyor rulonni mexanik press uskuna yordamida oldindan kiritilgan o`lchamlarga asoslanib metallda tirqishlar yasab, kesib beradi. Uskuna presslash mexanizmi bo`yicha ishlaydi.        

Ishlab chiqarish jarayonidan lavha

https://youtu.be/EKphM_BKn6I Ushbu Press uskuna metall konstruksiyadan yasalgan. Og`ir vazn va maxsus dizayni tufayli uskuna 40 tonnaga bosimgacha press qila olish xususiyatiga ega. Mahsulot qalinligi: 0.3-1.0mm Mahsulot uzunligi: 300mm Ishlab chiqarish quvvati: 70-80dona/minutiga Uskuna mexanizmlari quyma po`latdan yasalgan va mexanizm tishlari ham xuddi shunday. Uskuna diski ham qattiq po`latdan yasalgan. Bu uskunadagi jarayonlar yumshoq, oson va tezkor kechishiga xizmat qiladi. Mexanik quvvat bosimi yuqori navli kastirondan tayyorlanadi va siqish ishlari uchun yetarli quvvatni saqlash va bo'shatish uchun muvozanatlangan. Yog`-moylash tizimi uskuna uchun maxsus ishlab chiqilgan bo`lib, uskunaning suriluvchi yuzaki qismlarining uzluksiz ishlashini ta`minlaydi.    

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish