AFEX
Alyumin folga idish tayyorlash uskunasi

Alyumin folga idish tayyorlash uskunasi

Alyumin folgadan oziq-ovqat mahsulotlari uchun idish ishlab chiqaruvchi uskuna — bu avtomatlashtirilgan uskuna bo‘lib, bir martalik ishlatiladigan alyumin idishlarni qolip yordamida yuqori aniqlikda va tezlikda ishlab chiqaradi. Uskuna oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi: pishirilgan mahsulotlar, yarim tayyor ovqatlar va tayyor taomlar uchun idish tayyorlashda ideal yechim hisoblanadi. Asosiy afzalliklari:
  • Gigiyenik va xavfsiz mahsulot tayyorlash — oziq-ovqat bilan bevosita aloqada bo‘lishga mos materiallar bilan ishlaydi.
  • Avtomatik ishlash 
  • Moslashuvchanlik — turli o‘lcham va shakldagi qoliplarni o‘rnatish mumkin.
  • Energiya samaradorligi va past xizmat ko‘rsatish xarajatlari bilan ajralib turadi.
Mazkur uskuna kichik va o‘rta ishlab chiqarish korxonalari uchun qulay bo‘lib, yuqori unumdorlikni ta'minlaydi.  
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqaruvchiXitoy
Xomashyo material kengligi900 mm
Xomashyo material qalinligi0,03 – 0,2 mm
Xomaysho yetkazish tezligi20 metr/daq
Xomaysho yetkazish uzunligi0,1 dan 9999 mm gacha
Shakllantirish tezligi50–70 dona/minut
Umumiy quvvati1,5 kVt
Og‘irligi580 kg
Kuchlanish380V
Quvvati5.5 kw
Slayder yurish masofasi250 mm
Presslash og’irligi45 tonna
Forma o‘rnatish balandligi500 mm
Pastki forma balandligi250 mm
Ish stoli o‘lchamiChap-o‘ng: 1000 mm, Old-orqa: 1000 mm
Kuchlanish220V
Quvvati0.75 KW
Ishlash tezligi20 metr/daq
Uskuna o’lchami2610x1430x1550 mm

Tavsif

Liniya tarkibidagi uskunalar

  1. Avtomatik xomashyo yetkazish  va moylash uskunasi
  2. Presslash uskunasi
  3. Press qolipi
  4. Taxlash uskunasi

Ishlab chiqarish liniyasi ish tartibi (jarayoni)

  1. Avtomatik xomashyo yetkazish  va moylash:
    Ish jarayoni folga rulonini uskuna ichiga joylashtirishdan boshlanadi. Avtomatik yediruvchi qurilma folgani belgilangan tezlikda uzluksiz tarzda qolip tomon yo‘naltiradi. Shu bosqichda folga maxsus moy bilan qoplanadi, bu esa qolipda silliq shakllanish va uzoq xizmat muddati uchun zarur.

  2. Qolipda shakllantirish:
    Folga press ostiga uzatiladi va bu yerda qolip yordamida aniq shaklga keltiriladi. Ushbu bosqichda idishning o‘lchami, chuqurligi va chetlari shakllanadi. Presslash jarayoni yuqori aniqlik va tezlikda amalga oshiriladi (50–70 dona/min).

  3. Tayyor mahsulotni yig‘ish :
    Shakllangan idishlar avtomatik yig‘ish moslamasi orqali tartib bilan ustma-ust taxlanadi. Bu jarayon mehnat xarajatlarini kamaytiradi va mahsulotni keyingi qadoqlash bosqichiga tayyorlaydi.

Avtomatik xomashyo yetkazish va moylash uskunasi

 

Qolipda shakllantirish uskunasi

 

Press qolipi

Qolip DC53 materialidan tayyorlangan bo‘lib, u uzoq xizmat muddati (yiliga chidamli) va arzon narxi bilan ajralib turadi.

Taxlash uskunasi