
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik 6 qatorli nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (30-120 donalik)
SKU: 6232fe116be6274211065959
Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.
Narx
$68,900
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Kuchlanish | 380V 50 Hz |
| Quvvat sarfi | 15 KvT/soat |
| Nam salfetka buklanish uslubi | N cross |
| Xomashyo zichligi | 40-80 gsm |
| Ishlab chiqarish tezligi | 1800-2100 dona/daqiqa (120talik qadoqdan 16-17ta) |
| Nam salfetka bukulmagandagi o’lchami | Uzunligi 120-200mm, kengligi 170-220mm |
| Nam salfetka bukulgandagi o’lchami | Uzunligi 110-200mm, kengligi 90-110mm |
| Uskuna o’lchami | 4300*2500*2040mm |
| Uskuna og’irligi | 1100kg |
| Kuchlanish | 220 V 50Hz |
| Quvvat sarfi | 3 KvT/soat |
| Qadoqlash tezligi | 30-70ta/daqiqa |
| Qadoq uzunligi | 150-400mm |
| Qadoq kengligi | 100-145mm |
| Qadoq balandligi | 110mm maksimal |
| Uskuna og’irligi | 600kg |
| Quvvat sarfi | 2,5 KvT/soat |
| Ishlash tempuraturasi | 20-250 C |
| Ishlash kengligi | 400mm |
| Ishlash tezligi | 20-40ta qopqoq/daqiqa |
| Uskuna o’lchami | 606*390*565mm |
| Uskuna og’irligi | 48 kg |
| Quvvat sarfi | 2 KvT/soat |
| Ishlash tezligi | 0-80ta/daqiqa |
| Yorliq yopishtirsh kengligi | 10-180mm |
| Yorliq yopishtirish uzunligi | 20-300mm |
| Material | Zanglamas metall |
| Quvvat sarfi | 0.75 KvT/soat |
| Suvni filtrlash tezligi | 250 litr/soat |
| Material | Zanglamas metal |
| Uskuna o’lchami | 1450*900*1820mm |
| Uskuna og’irligi | 300kg |
| Namlanturuvchi va hid beruvchi suyuqlik tayyorlash idishi | 2400$ |
| 6 qatorli nam salfetka kesish va formalash uskunasi | 37200$ |
| Qadoqlash uskunasi | 18600$ |
| Plastik qopqoqlarni kleylash uskunasi | 1200$ |
| Plastik qopqoqlarga yorliq yopishtirish uskunasi | 5700$ |
| Sakkiz bosqichli teskari osmosli suvni filtirlash uskunasi | 3800$ |
| Jami | 68 900$ |
Tavsif
Liniya haqiqa umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarish maydoni: 170-200 kvadrat metr Mahsulot ishlab chiqarish hajmi: 1400-1800 qadoq/soat (120 donalik salfetka) Energiya turi: Elektr Kuchlanish: 380V Ishchilar: 3-4 kishi Suv ta’minoti: zarurNamlantiruvchi va hid beruvchi suyuqlik tayyorlash maxsus idishi
Jarayon nam salfetka uchun ajralmas bosqichlardan biri bo’lgan maxsus hidli suyuqlik tayyorlashdan boshlanadi, suyuqlikni katta qismi filtrlangan suv va maxsus formula asosida hidlanturuvchi vositalardan iborat bo’ladi. Suyuqlik tayyorlash idishimiz hajmi sizning kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos keladi. Idishda ishlatilgandan ortiqcha qolgan suyuqlik maxsus nasos yordamida yana qaytib tushadi
6 qatorli nam salfetka kesish va formalash uskunasi
Yuqori samaradorlikga ega 6 qatorli xomashyo yetkazib berish va formalash uskunasi. Uskuna eng ommabob uslubda yani N CROSS uslubida salfetkalarni formalab namlatirib sanab kerakli hajmida qadoqlash uskunasiga yetkazib beradi. Uskuna yordamida 30-120 donagacha bo’lgan nam salfetka mahuslotlarini ishlab chiqarish mumkin. Uskuna bir daqiqada 1800-2100 dona salfetka ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Formalash qismi
Namlash qismi
Avtomatik qadoqlash uskunasi
Qadoqlash jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Qadoqlash uskunasi yuqori injenerlik mahorati yordamida yaratilgan bo’lib, qadoqlovchi materil ichiga mahsulot joylanadi, avval qadoqda salfetkani olish uchun teshikchalar ochiladi, teshik o’rni ustiga maxsus yopishqoq plyonka yopishtiriladi va shu tarzda qadoqlash davom etadi. Uskuna yordamida har xil o’lchamli mahsulotlar tayyorlash mumkin. Uskunamiz qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan. Biz liniyamiz narxi qimmatlab ketmasligi uchun plastik qismli ochib yopiladigan qismlarni kleylashni ishchilarga qoldiramiz. Sababi ushbu qism uchun robot boshqaruvli uskuna zarur bo’lib, narxi boshlang’ich tadbirkorlar uchun qimmatlik qilishi mumkin.
Uskuna qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan.
Plastik qopqoqlarni kleylash uskunasi
Plastik qopqoplarga yorliq yopishtirish uskunasi
Tayyor mahsulotdan na'munalar
Ishlash jarayonidan video lavha
https://youtu.be/Fjzad7bD_XI?si=eJpGOCCoj8LZEXE7Sakkiz bosqichli teskari osmosli suvni filtirlash uskunasi
Uskunalar narxi
O‘xshash uskunalar

Avtomatik hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi Industrial versiyasi
$34,900

Avtomatik qo'g'oz konteynerlar ishlab chiqarish uskunasi
$33,900
Qog`ozni qayta ishlash

Qog‘oz quvurlarni kesish uskunasi
$3,800
Qog`ozni qayta ishlashOmborda mavjud

To‘liq avtomatik qog‘oz quti yasash uskunasi
$9,900
Qadoqlash

