
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Oziq ovqat
Avtomatik filtrlangan gazsiz suv ishlab chiqarish liniyasi 2000 dona/soat
SKU: 66bc89379b65ea74bb21cdd7
Narx
$122,500
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Ishlab chiqarish hajmi | 2000 dona idish (500 ml) / soat |
| To’ldiruvchi material | Toza suv / gazsiz suv |
| To’ldirish turi | Oddiy bosim bilan to’ldirish turi / gravitatsiyaviy to’ldirish turi |
| To’ldirish uchun idish turi | PET idish |
| Idishga to’ldirish turi | Bo’yin tutqichli konveyer |
| Qopqoq | Standart HDPE vintli qopqoq, diametri 30/28 mm |
| To’ldirish harorati | Oddiy harorat |
| Sana markalash turi | Lazer markalash |
| Yorliq | PVX termo qisqaruvchi plyonka |
| Qadoqlash (blok) | PE plyonka |
| Konveyer rejimi | Bo’sh shisha: Havoli konveyeri To’liq shisha: Lentali konveyer |
| Ishlab chiqarish quvvati | 3000 dona/soat |
| Idish hajmi | 500 ml |
| Idish og’irligi | 17 gr |
| Idish turi | Dumaloq idish |
| Maksimal isitish quvvati | 66 KW |
| Barcha elektr mashinalarni o'rnatish quvvati | 72 KW |
| Haqiqiy iste’mol qilinish quvvat | 50 KW |
| Ishchi bosim | 7-9 kg/sm2 |
| Past bosimli gaz sarfi | 1000 l/min |
| Idish puflash bosimi | 25-35 kg/sm2 |
| Yuqori bosimli gaz iste’moli | 1500 l/min |
| Sovuq suv oqimi | 30l/min |
| Uskuna o‘lchami | 3100x18002300 mm |
| Uskkuna og’irligi | 3 tonna |
| Havo chiqishi | 2.4 m3 / min |
| Bosim | 3.0 Mpa |
| Dvigatel quvvati | 18 kVt |
| Tanker | 150l |
| Tezlik | 620 r.p. m |
| Og'irligi | 1000 kg |
| O’lchami | 2400 x1300x1300mm |
| Sovutish quritgichi | 1.0/30H |
| Unumdorligi | 1,0 m3/min |
| Ish bosimi | 3,0 Mpa |
| Kirish harorati | 80 ℃ |
| Quvvat | 0,75 HP |
| Og'irligi | 110 kg |
| O’lchami | 950x600x1100 mm |
| Havo filtr | 1,0/30 |
| Samaradorligi | 1,0 m3/min |
| Og'irligi | 15 kg |
| O’lchami | 650x250x250 mm |
| Ishlab chiq;arish quvvati | 4400 Kkal/soat |
| Kompressor quvvati | 1,5 kVt |
| Sovutgich | R22 |
| Maksimal sovutilgan suv oqimi | 90 L / min |
| Suv oqimi uchun kirish va chiqish trubkasi | 1' |
| Sovutish fanining quvvati | 0,1 kVt |
| Ichki o'lchamlari | 680 x 460 x 840 mm |
| Suv idishining hajmi | 20 l |
| Og'irligi | 35 kg |
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Ishchi bosimi | 0.5-2 Mpa |
| Ishlash quvvati | 2000L/soat |
| Filtrlash bosqichlari | 8 bosqichli |
| Material | SUS 304 Zanglamas metal |
| OSMOS membranasi | 4040 |
| Quvvat sarfi | 5.2 kw/soat |
| Suv ishlatish samaradorligi | 50% |
Tavsif
Avtomatik filtrlangan gazsiz suv ishlab chiqarish liniyasi loyihasi
Lohiya haqida
- Ishlab chiqarish hajmi: 2000 dona idish (500 ml) / soat
- Liniya to'liq avtomatik, ishlab chiqarish miqdori idish hajmiga bog'liq
- Ishchi kuchi miqdori: 5-6 ishchi
- Kerakli maydon: 38 x 25 metr
- Elektr ta’minoti: 380V 50/60 Hz
- Suv ta’minoti: artizan suv, toza oqava suv
(ushbu rasm liniya haqida tasavvur berish uchun taqdim etilgan)
Liniya texnik xususiyatlari haqida ma’lumot
Loyihaning tavsifi
- PET idish puflash tizimi
- Suvni tozalash tizimi
- To'ldirish va qadoqlash tizimi
1 - Avtomatik PET idish shakllantirish uskunasi
PET kapsulani qizdirish va shakllantirish uskunasi konveyer bilan birga
Xususiyatlari- PLC boshqaruv paneli yordamida barqaror ishlash.
- Konveyer yordamida preformlarni avtomatik tashish.
- Idish infraqizil isitgich ichida o‘z o‘qi atrofida aylanishi va bir vaqtning o‘zida relslarda harakatlanishi natijasida issiqlik yaxshi tarqaladi va tez o‘tadi.
- Oldindan isitish zonasida yorug‘lik lampasini va aks ettiruvchi plastinka uzunligini sozlash orqali blankalarni oldindan isitish imkoniyati va avtomatik termostat yordamida isitgich ichidagi haroratni doimiy ushlab turish imkoniyati.
- Yuqori xavfsizlik: har bir mexanik harakatda avtomatik bloklovchi qurilma mavjud, bu esa qaysidir jarayonda nosozlik yuz bersa, uskunani xavfsiz holatga o‘tkazadi.
- Ifloslanish yo‘qligi va past shovqin darajasi: harakatni boshqarishda havo tsilindridan foydalaniladi, bu esa moy nasosidan foydalanishni bartaraf etadi.
- Havo bosimi diagrammasida havo puflash va mexanik harakatni uch qismga ajratish orqali turli atmosfera bosimlariga moslashish imkoniyati.
- Yuqori bosim va ikkita krank mexanizmi bilan qolipni mustahkam siqib ushlab turish.
- Ikkita boshqaruv rejimi: avtomatik va qo‘lda boshqarish.
- Xavfsiz, ishonchli va noyob klapan holati konstruktsiyasi, bu esa havo bosimi diagrammasini aniq va tushunarli qiladi.
- Arzon xarajat, yuqori samaradorlik, foydalanishning qulayligi, texnik xizmat ko‘rsatishning soddaligi va avtomatlashtirilgan jarayon.
- Shishaning ifloslanishi butunlay yo‘q qilinadi.
- Sovutish tizimi yordamida mukammal sovutish natijasi.
- Oson o‘rnatish va ishga tushirish.
- Noto‘g‘ri ishlash darajasi juda past: 0,3 foizdan kam.
Yuqori sifatli PET idish qoliplari
Havo kompressori
Texnik XususiyatlariSovutish uskunasi (PET idishlarni quritish uchun)
Ushbu uskuna kompressor bilan birga ishlaydi
Havo filtr
Suv sovutgich (chiller)
Havo saqlash tanki 1000 L
2 - Suvni tozalash tizimi
8 bosqichli teskari osmosli suvni filtrlash uskunasi 2000 L/soat
Texnik xususiyatlari
Filtrlash bosqichlari
- Kvars qumi filtri
- Faollashgan uglerod filtri
- Natriy ion almashtirgichi
- Regeneratsiya bloki
- Aniq (himoya) filtri
- Teskari osmos
- Ozon generatori
- UV tizimi
Ozon generatori
Ozon oksidlovchi dezinfektsiyalashda xlorga qaraganda ancha kuchli. U nafaqat yaxshilab sterilizatsiya va dezinfektsiyalashi mumkin, balki suv tarkibidagi zararli tarkibiy qismlarni zararsizlantirishi, temir, marganets, sulfid, benzol, fenol, organofosfor, organoxlorin, siyanid va boshqalar kabi og’ir metal ionlarini va boshqa aralashmalarni oli b tashlashi mumkin. Xlorli dezinfektsiyalash va ultrabinafsha zararsizlantirishdan ko’ra germitsidning samaradorligi yaxshiroqdir. Xlordan farqli o’laroq, qoldiq ozon kislorodga parchalanishi mumkin va ikkinchi marta ifloslanishiga olib kelmaydi. Ozonli qayta ishlashdan so’ng, suv rangsiz va hidsiz, ta’mi yaxshi bo’ladi. Bu ichimlik suvining sifatini belgilab beruvchi asosiy me’zonlardan biridir.
Suv saqlovchi tanker 2t
3 - To'ldirish va qadoqlash tizimi
3 in 1 Monoblok avtomatik toza suv to’ldirish uskunasi
Texnik xususiyatlari
Yuvish stantsiyasi
- Barcha chayqash boshlari 304 zanglamaydigan po'latdan yasalgan, suv purkagich konstruksiyali, uskuna suv sarfida ancha tejamkor
- Plastik ichki qismli 304 zanglamas po'latdan yasalgan tutqich yuvish paytida shishaning minimal to'qnashuvini ta'minlaydi
- 304 zanglamaydigan po'latdan yasalgan yuvish nasoslari
To'ldirish stantsiyasi
- Yuqori aniqlikdagi to'ldirish nasadkasi, PLC nazorati, yuqori to'ldirish aniqligi va barqaror to'ldirishni ta'minlaydi,
- Barcha aloqa qismlari va suyuqlik rezervuari 304 zanglamaydigan po'latdan yasalgan, nozik silliqlangan, tozalash oson
- Idish yetib kelishi to’xtagan holatda to’ldirish avtomatik to’xtaydi
Qopqoq yopish stantsiyasi
- O'rnatish va yopish tizimi, yukni kamaytirish funktsiyasiga ega elektromagnit qopqoq yopish boshlari, qopqoq yopish paytida shishaning minimal to'qnashuvini ta'minlaydi.
- Barcha konstruktsiya 304 zanglamaydigan po'latdan yasalgan
- Idish yetib kelishi to’xtagan holatda qopqoq yopish avtomatik to’xtaydi
Xususiyatlari
- Ushbu uskuna havo konveyer lentasi bilan uyg'un ishlaydi. U idishlarni bo'ynidan ushlab turadi va shu bilan tashish jarayonida idishlarning tushib ketishi ehtimolini kamaytiradi.
- Ushbu uskuna PET idishlarni suv quyish uchun ishlatiladi va qopqoq yopish funksiyasiga ega.
- Ushbu uskuna uchta funktsiyani birlashtiradi:
- Bo'sh PET idishlarni chayish.
- Yuvilgan PET idishlarni to'ldirish.
- To'ldirilgan idishlarni yopish.
Havo konveyeri (bo'sh idishlar uchun)
Elektron komponentlar
Elektron komponentlar uchun Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Tayvan davlarida ishlab chiqarilgan SIEMENS, OMRON, Schneider, CNP kabi brendlarining detal va qismlaridan foydalanilgan.
Qopqoq yuklash uskunasi
Yorug’likda tekshirish uskunasi
Quritish uskunasi
Ushbu uskuna to'ldirish uskunasidan keyin o'rnatiladi. Tashqi tomonida suv tomchilari bo'lgan idishlarni quritish uchun ishlatiladi.
Avtomatik tortiluvchan PVC yorliqlash bloki
Ushbu uskuna PVX issiqlik qisqaradigan material uchun qo'llaniladi.
Rulon shaklidagi yorliqlar bilan ishlaydi.
Uskuna qismlari
Uskuna qismlari uchun Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Tayvan davlarida ishlab chiqarilgan Panasonic, Delta, Schneider, Lijiali kabi brendlarining detal va qismlaridan foydalanilgan.
Parli termo tunnel
1) Parli termo tunnel turli xil va nostandart shisha turlariga, masalan, yumaloq, kvadrat tekis shishalarga qo'llanilishi mumkin. Ushbu tunnel choksiz yorliq yopishtirib beradi
2) Bug ' nayzasi uchta sozlanishi segmentga bo'lingan; har bir segmentning balandligi, holati va bug ' chiqishi mos ravishda sozlanishi mumkin; bu mukammal qisqarish effektini kafolatlaydi.
3) Butun uskuna issiqlikni saqlaydigan zanglamaydigan po'latdan yasalgan bo'lib, u nafaqat energiyani tejaydi, balki xalqaro xavfsizlik standartiga ham javob beradi. Reduktor qutisi va tashish lentasi Spirax Sarco tomonidan ishlab chiqarilgan. Butun uskuna oson ishlatish va texnik xizmat ko'rsatish uchun suv o'tkazmaydigan konstruksiyasiga ega.
Texnik xususiyatlari
Bug ' generatori (parogenerator)
Texnik xususiyatlari
Lazerli markalash uskunasi CO2 50w
Texnik xususiyatlari
Qopqoq ustiga data matrix markirovka yopishtirish uskunasi
Avtomatik bloklab qadoqlash uskunasi
Suv mahsulotlarini bloklash va qadoqlash jarayonini samarali boshqarish uchun ishlab chiqilgan avtomatik bloklash tizimi yuqori samaradorlikka ega. 220V-380V kuchlanishda ishlaydi va quvvat sarfi 15-18 kVt/soatni tashkil etadi, har daqiqada 0 dan 8 gacha blokni suvni qadoqlash imkoniyatiga ega. Ushbu uskuna o‘rta va katta hajmdagi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ideal echim bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Bloklash qismi
Termo tunnel
Lentali konveyer (to'ldirilgan idishlar uchun)














