AFEX
Avtomatik muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasi
Oziq ovqat

Avtomatik muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasi

Muzqaymoq butun dunyo bo`ylab keng tarqalgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Yer sharining istalgan qismida ushbu mahsulotning turli xil turlarini topish mumkin. Misol uchun 2021-yilning birinchi yarmida yurtimizga 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari 11ta mamlakatdan import qilingan. Shu statistikaning o`zigina O`zbekistondagi talab yuqori ekanligini ko`rsatadi.

AFEX-GROUP kompaniyasi O`zbekistondagi tadbirkorlarga yuqori daromadli bizneslardan biri bo`lgan - avtomatik muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasini taklif qiladi. Liniya yordamida turli xil muzqaymoqlarni - shokoladli, 3 qavatli, mevali va boshqa ko`plab turdagi muzqaymoqlarni chiqarsangiz bo`ladi. Quyida ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida umumiy ma`lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarish sig`imi6000 dona/soat
Ishlab chiqarish quvvati150 kw/soat
Kerakli maydon o`lchami170-200 kv. metr
Ishchilar soni6-7 ta
Qoliplar soniBuyurtmaga asosan
Tezligi6000 dona/soat
Qolip qatorlari165 ta
Qatordagi qoliplar soni6ta
Qolipning maks ichki o`lchamlari:160*58*32 mm (uzunlik*eni*qalinligi)
Muzlatish quvvati100 KW
Bug` sig`imi60 kg/soat
Joylashish o`lchamlari13,5*2,2*2,4m (uzunlik*kengligi*balandligi)
Umumiy og`irligi8 tonna
RefrigerantR404A
Bug`lantirish harorati40°C
Kondensitsiyalash harorati-45 °C
Quvvati51,8 kw
Umumiy o`lchamlari3,5,*2,1*1,85 m (uzunlik*kengligi*balandligi)
Og`irligi3 T
Maks paket kengligi450 mm
Maks paketni kesish uzunligi95-350 mm
Mahsulot uzunligi20-130 mm
Quvvati380V 4 kw
Og`irligi1000 kg
O`lchamlari5050*960*1550 mm
Tezligi30-180 ta/min

Tavsif

Umumiy ma`lumotlar

Uskunalar ro`yxati

  1. XGJ-6 Muzqaymoq ishlab chiqarish uskunalar to`plami
  2. Muzlatish uskunalari
  3. Suvni saqlab turish uskunalari
  4. Qadoqlash uskunalari

XGJ-6 Muzqaymoq ishlab chiqarish uskunalar to`plami

Uskunalarning umumiy texnik parametrlari:

To`plam ichiga quyidagi uskunalarni oladi:

1. Zanglamas po'latdan (SUS 304) asosiy uskuna korpusi ramkasi

2. Muzli suvni to'ldirish moslamasi

3. Vakuum nasosi va sut nasosi bilan muzli suvni assimilyatsiya qilish moslamasi;

4. Murabbo/jem/sirop to'ldirish stansiyasi

5. Muzqaymoq to'ldirish moslamasi, muzqaymoq uchun mo'ljallangan idish bilan

6. Avtomatik muzqaymoq cho`pagini qo'yish stansiyasi

7. Suv tankerlari 3 dona (ikkitasu tozalash uchun, bittasi muzlatish uchun)

8. Shokolad tankeri nasosi bilan (200L)

9. Zanglamas po'latdan yasalgan qoliplar, qoliplar plitasi SS304 va SS316

10. PLC va sensorli ekran tomonidan boshqariladigan muzqaymoq cho`paklar uchun ichki ekstraktor

11. Shokoladga botirish uskunasi

12. PLC va sensorli ekranni boshqarish (Siemens)

13. Elektr qismlari (Schneider)

14. FESTO pnevmatik klapan

15. FESTO markali silindr

Muzlatish qismi

Ushbu qism 2 ta asosiy uskunadan tashkli topgan. Birinchisi 75 HP Bitzer kompressoridir (suv bilan sovutiladigan). Shu jumladan 40C gacha bo`lgan kondensator ham mavjud. Ikkinchisi esa sho`r suv tankeri (nasos va vallari bilan).

Qadoqlash uskunasi

https://youtu.be/MQR0GqqIeC4

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish