AFEX
Avtomatik plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi
Plastikni qayta ishlash

Avtomatik plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60af95b80bd70c3098187fd8
Hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qarorga ko'ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan. Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalaniladigan paketlar sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi. Yuqoridagi fikrlarni o'qib ko'pchilikda plastik paketlar yo'q bo'lish arafasida degan fikr kelgan bo'lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to'g'ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo'lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o'zini oqlamaganligi bois qalinroq ya'ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Xomashyo turiPE/HDPE/LDPE ,ikkilamchi PE
Shnek diametric45mm
Ishlash kengligi100-550mm
Qalinligi0.012-0.3mm
Ekstruderning motor quvvati7,5kw
Ishlash tezligi0-50 metr/daqiqasiga
Quvvat sarfi25kw/soat
Ishlab chiqarish hajmi45kg/soat
Og’irligi2700kg
O’lchami6000x1600x3500mm
Ishlash kengligi100-500mm
Ishlash uzunligi100-3000mm
Tezligi50-100 dona/daqiqasiga
Quvvat sarfi4,3 kw
Boshqaruv paneliMikrokompyuter,PLC sensorli
Og’irligi650kg
O’lchami3000x1000x1600mm
Ishlash kengligi500mm
Ishlash uzunligi1200mm
Tezligi40-120 dona/daqiqasiga
Quvvat sarfi3kw
Qalinligi0.008-0.15mm
Og’irligi900kg
O’lchami3400x1300x1700mm
Quvvati11kw
Ishlab chiqarish hajmi1200L/daqiqasiga
Havo bosimi16 bar
Shovqin68dBA
Kuchlanish380V50Hz
Og’irligi500kg
O’lchami2100x850x1500mm

Tavsif

Liniya haqida umumiy ma`lumotlar

Kerakli bino o’lchami: 100 m2 Energiya turi: Elektr toki Kuchlanish: 380 V 50/60 Hz Elektr sarfi: 43 kw / soat Kerakli ishchilar soni: 2 nafar eng kamida

Plastik paketlar uchun 2 xil rangli rotogravyur printerli ekstruder

Biz sizga quyida tavsiya etadigan liniya yordamida siz  qalinligi 200 mikrongacha bo'lgan paketlar ishlab chiqarishingiz mumkin. Uskuna eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlangan bo'lib, unda PLC boshqaruv tizimi o'rnatilgan va TOUCH SCREEN panel orqali hammasi o'z nazoratingiz ostida bo'ladi. Biz uskunaga online 2 xil rangli rotogravyur printer o'rnatdik, bu esa sizga ish jarayonida paketlarga kerakli logotiplarni chop etish imkonini beradi. Paket uchun rotogravyur va Flexo printerlardan foydalaniladi, hamda ularni chop etish sifati ham turlicha bo'ladi. Masalan Flexo printerga tasvirni rezina valga tushirish orqali ishlaydi va bunda kichik hajmli detallar va yozuvlar ko'rinmay qolish yoki xiralashish holatlari mavjud. Rotogravyur printerlar esa so'nggi avlod metall valga lazerda tasvir tushirish yo'li bilan chop etadi. Bu jarayonda tasvir aniqligi, unda kichik shriftli yozuvlar ham aniq ko'rinishi ta'minlanadi.

Uskunaning ustunlik jihatlari

  • Rotogravyur printerdan foydalanilgan bo'lib, bir vaqtda mahsulotni ikki tomoniga tasvirni tushira oladi
  • Uskuna xomashyo sifatida PE/HDPE/LDPE/LLDPE/qayta ishlangan PE granulalardan foydalana oladi
  • Shnek material mustahkam 38CrMoAl dan foydalanilgan bo'lib 2 yillik kafolatga ega
  • Turli diametrdagi silindrdan foydalanish imkoni (75-180mm)
  • Qizdirish uchun keramik qoplamali quyma aluminiy, bunda sizga qizdirish tenlari issiqlik hosil qilish kam quvvat evaziga yuqori samaradorlikka erishadi
  • Mahsulot chiqish tezligini nazorat qilish kompyuterlashganligi
  • Turli mahsulotlar (tuz, makaron, salfetka, non va boshqalar) uchun etiketkalar tayyorlash mumkinligi
 

Avtomatik paket keshish va iz ochish uskunasi

Uskuna rulon paket shaklidagi ekstruderdan chiqqan yarim tayyor mahsulotni belgilangan o`lchamda kesish, payvandlashdan va tutqich joyini ochish uchun yuqori samaradorli uskuna hisoblanadi.
  • Uskuna to’liq avtomatik bo’lib, bir vaqtning o’zida plastik paketlarni kerakli o’lchamlarda kesib, siz xoxlagan miqdorda sanab qadoqlashga tayyor qilib beradi.
  • Uskunaning boshqaruv paneli mikrokompyuter PLC boshqaruv panelli sensor ekran bilan jihozlangan.
  • Uskuna servodvigatel bilan jihozlangan bo’lib, tezlikni bemalol nazorat qilish mumkin.
  • Past shovqin chiqaradi.
  • Uskunaning iz tushirish qolipini almashtirish orqali boshqa turdagi tutqichli paketlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.
   

Mahsulotlardan namunalar

   

Avtomatik rulon paket kesish uskunasi

Uskuna yuqori samaradorli tezlikga ega bo'lib bir vaqtni o`zida ikkita ilgichdagi yarim tayyor mahsulot bilan ishlash quvvatiga ega. 

Uskunaning ustunlik jihatlari

  • Uskunaning boshqaruv paneli mikrokompyuter PLC boshqaruv panelli sensorli ekran bilan jihozlangan.
  • Uskunaga servo motor (Taiwan) o’rnatilgan bo’lib, siz tezlikni o’ziningizga qulay qilib o’zgartirishingiz mumkin.
  • Uskunaga bir vaqtning o’zida 2 ta rulonni joylashtirishingiz mumkin.
  • Xatolik vujudga kelganda uskuna avtomatik tarzda to’xtaydi va qayerda xatolik bo’layotganligi to’g’risida sizga ma’lumot beradi.
 

Tayyor mahsulotlar

Havo kompressori

    https://youtu.be/o3YGTEcCkVU

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish