AFEX
Avtomatik yopishqoq toshli qozg'oz ko'chirish uskunasi
To'quv uskunalari

Avtomatik yopishqoq toshli qozg'oz ko'chirish uskunasi

Omborda mavjud
Agar siz tadbirkorlik boshlash yoki ishlab chiqarishni kengaytirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, ushbu avtomatik ypishqoq toshli qog'oz ishlab chiqazish mashinasi siz uchun ajoyib imkoniyat. Bu uskuna yordamida qisqa vaqt ichida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliy bozorda o‘z o‘rningizni topish mumkin.       Minimal mehnat bilan maksimal daromad       O‘zbekistonda hali keng tarqalmagan innovatsion biznes       Buyurtmalarni tez va sifatli bajarish
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlash kuchlanishiAC220V 50/60 Hz
Quvvat sarfi300W
Boshqaruv turiElektr motor
Ishlash tezligi1-10 m/minutiga
Tosh o’lchami2mm – 7.5mm (ixtiyoriy)
Ish maydoni380mm/580mm
Tosh ranglar soni1-3 rang
Uskuna og’irligi800 kg

Tavsif

Ushbu avtomatik uskuna bir vaqtning o‘zida 3 xil (rangdagi) rhinestone (yelimli tosh)ni joylashtirish imkonini beradi, bu esa yarim avtomatik mashinalarga nisbatan ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshiradi. Zamonaviy texnologiya toshlarning aniq joylashishini ta’minlaydi. Maksimal tezligi daqiqasiga 10 metrga yetadi, bu esa ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi.                                                     Yarim avtomatik yoki qo‘lda ishlaydigan mashinalarga nisbatan bu uskuna samaradorlikni bir necha barobar oshiradi, chunki u inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan holda aniq va tez ishlaydi. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiya yelimli toshlarning aniq joylashishini ta’minlaydi va buyurtmalarni tez bajara olish imkoniyatini yaratadi.   Uskuna texnik parametrlari: O‘zbekistonda ushbu uskuna bilan qanday biznes qilish mumkin? O‘zbekistonda tekstil va hunarmandchilik sohasi juda rivojlangan. Kiyim-kechak ishlab chiqarish, sumka, poyabzal, sharf, bosh kiyim, pardalar va boshqa bezakbop mahsulotlarga yelimli toshlar (rhinestone) orqali naqsh berishning bozordagi talabi katta.   Ushbu uskuna orqali daromad topishning bir necha yo‘li:    To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish: • O‘z brendingiz ostida dizaynlangan kiyim-kechak va aksessuarlarni ishlab chiqarish. • Xususan, kelinlik liboslari, zamonaviy milliy liboslar va sport kiyimlariga toshli dizayn yaratish.   Boshqa fabrikalar uchun xizmat ko‘rsatish: • Mahalliy kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilar va dizaynerlar uchun buyurtma asosida rhinestone naqsh bosish. • Ko‘p ishlab chiqaruvchi fabrikalar hali bu uskunaga ega emas, shuning uchun siz ularning buyurtmalarini bajarib, daromad olishingiz mumkin.   Reklama va brend aksessuarlari tayyorlash: • Yelimli toshlar yordamida brend logotiplari tushirilgan futbolkalar, kepkalar va sumkalar ishlab chiqarish. • Turli tadbirlar, festivallar va korporativ brendlangan mahsulotlar bozoriga kirish.   Hunarmandchilik biznesi uchun: • Qo‘l mehnati talab qilinadigan mahsulotlarni tez va sifatli ishlab chiqarish, xususan, milliy bezakli kiyim-kechaklar va aksessuarlar yaratish.   Eksporni yo‘lga qo‘yish: • O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan rhinestone dizaynli mahsulotlarni chet el bozorlariga (Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Yevropa davlatlari) eksport qilish.                                                                         Uskunaning asosiy afzalliklari:       Yuqori tezlik va aniqlik – Daqiqasiga 10 metr tezlikda ishlaydi, toshlar aniq joylashadi.       Qo‘lda ishlashga qaraganda tezroq va samaraliroq – Ishlab chiqarish quvvati oshadi.       Xarajatlarni kamaytiradi – Mehnat xarajatlarini qisqartirish va ko‘p ishchilar yollash zaruratini yo‘q qiladi.       Ko‘p turdagi mahsulotlarga mos – Kiyim-kechak, sumkalar, sharf va boshqa aksessuarlarga qo‘llash mumkin.       Oson boshqarish va sozlash – Zamonaviy texnologiya tufayli oson ishlaydi.   Namunalar:  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish