AFEX
Belkurak (lopatka) ishlab chiqarish liniyasi
Metallga ishlov berish

Belkurak (lopatka) ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60a345850bd70c20b3270ac4
Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Xalqimizda bir maqol bor: "Ish quroling soz bo`lsa, mashaqqating oz bo`lur". Bu maqol naqadar to`g`ri ekanligini butun umrimiz davomida ham ko`rishimiz mumkin. Yurtimizga bahor kirib kelgani tufayli, ushbu faslda xalqimiz tomonidan eng ko`p ishlatiladigan ish qurollaridan biri bo`lgan belkurak (lopatka) ishlab chiqarish to`g`risida sizlarga ma`lumot bermoqchimiz. Quyida siz ishlab chiqarish uchun kerak bo`ladigan uskunalar to`plami, ishlab chiqarish jarayonlaridan lavhalar va belkurakning eskizlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Nominal bosim1600KN
Maks gidravlik bosim25mpa
Ish stoli o’lchami720*620mm
Asosiy quvvati11kw
Uskuna o’lchamlari2800*1500*3400mm
Kuchlanish380V50Hz
Asosiy motor quvvati4kw
Qo’shimcha motor quvvati0,75kw
Pichoqlar soni2 ta
Ishlab chiqarish tezligi5m/min
Yog’och diametric20-60mm
Min yog’och uzunligi500mm
Uskuna o’lchamlari1470*590*1000mm
Og’irligi520kg
Asosiy motor quvvati2,2kw
Qo’shimcha motor quvvati0,44kw
Ishlash tezligi5-10m/min
Silliqlash diametric10-60m/min
Umumiy o’lchamlari800*700*1350mm
Og’irligi210kg
Ishlash diametr oralig’i20-40mm
Shpindel tezligi5000r/min
Motor quvvati1,5kw
Umumiy o’lchamlari720*560*820mm
Sof og’irligi130kg

Tavsif

Umumiy ma`lumotlar

  1. Ishlab chiqarish nomi: Belkurak ishlab chiqarish
  2. Ishlab chiqarish hajmi: 40ta/soat o`rtacha (o`lchamlarga bog`liq)
  3. Ishlab chiqarish quvvati: 40kw/soat
  4. Kerakli maydon: 60 metr kvadrat
  5. Maxsus talablar: Suv va changdan himoyalanganligi, o`rnatish manzilida 380V kuchlanishli elektr toki mavjud bo`lishi
  6. Ishchilar soni: 2ta

Uskunalar to`plami

Komplekt to`plamga quyidagi uskunalar kiradi:
  1. Avtomatik press uskunasi
  2. Maxsus qoliplar
  3. Yog`ochni dumaloq qilib berish uskunasi
  4. Dastakni sayqallash uskunasi
  5. Dastakni oval qilib berish uskunasi

Avtomatik press uskunasi

Demak, bizga eng birinchi o`rinda kerak bo`ladigan uskuna- bu avtomatik presslab berish uskunasi. Uskuna yordamida siz maxsus kesib olingan metall qismlarini qoliplar yordamida turli xil shakllarga keltirishingiz mumkin. Shu o`rinda bir ma`lumotga e`tibor qaratish lozim. Uskunada 3 xil qolipni ishlatish mumkin.   Birinchi qolipning vazifasi- to`rtburchak metallardan belkurak qismini kesib olish. Kesib olingandan so`ng metall quyidagi ko`rinishga keladi. Ikkinchi qolip yordamida endi biz kesib olingan metallarni bukib olamiz. https://youtu.be/ko8t8k4a-MY Uchinchi qolip yordamida metall qismning dastak kirish uchi mahkamlanadi. Shu bilan belkuragimizning metall qismi tayyor holatga keldi. E`tibor bergan bo`lsangiz ishlab chiqarish jarayonida biz bitta press uskunadan foydalandik, faqatgina qoliplarni almashtirdik. Agarda ishlab chiqarish hajmini oshirishni istasangiz 3ta qolip uchun 3ta press uskuna olganingiz ma`qul. Quyidagi chizmalarda siz turli xil shakldagi belkuraklar ishlab chiqaris uchun chizmalarni ko`rishingiz mumkin.

Yog`ochni dumaloq qilib berish uskunasi

Demak, bizga yog`ochga ishlov berish uchun eng birinchi navbatda yuqoridagi uskuna kerak bo`ladi. Ushbu uskunaning vazifasi to`rtburchak shaklidagi yog`ochlarni bizga kerakli bo`lgan diametrlarga keltirib berishdan iborat. Keling uskunaning texnik ko`rsatkichlarini ko`rib chiqsak:   Ishlab chiqarish jarayonidan lavhalar quyidagi videoda ko`rishingiz mumkin: https://youtu.be/1gajy3NsVfw

Dastakni sayqallash uskunasi

Navbatdagi bosqichda esa biz dastaklarni ustki qismiga ishlov beramiz, ya`ni sayqallaymiz. Sayqallash yordamida biz dastaklarimizga chiroy beramiz, ularni ushlash uchun oson qilamiz va har-xil jarohatlarning oldini olgan hisoblanamiz (zirapchlarni olib tashlaydi). Ishlab chiqarish jarayonidan lavha     https://youtu.be/7hwVhlkbZ8g

Dastak uchini oval shaklga keltirish uskunasi

Belkuragimiz bilan ishlash qulay bo`lishi uchun va ishlagan paytda qo`lga zarar, noqulayliklar tug`dirmasligi maqsadida belkurak dastaklarini oval shakliga keltirishimiz lozim. Oval shaklga keltirish uchun ham alohida uskuna talab qilinadi.     https://youtu.be/NOhLsounK18      

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish