AFEX
Charm kamar (remen) ishlab chiqarish liniyasi
Metallga ishlov berish

Charm kamar (remen) ishlab chiqarish liniyasi

Charm kamarlarning katta qismi import mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham sizlarga ushbu mahsulotni yurtimiz hududida ishlab chiqarish yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Bizga dastavval mahsulot ishlab chiqarish uchun oshlangan toza teri yoki uning o'rnini bosuvchi mahsulot zarur bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayonida 10 turdagi uskuna ishtirok etadi va bizning kompaniyamiz sizga ushbu uskunalarni eng maqbul narxlarda tavsiya etadi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Remen kengligi350mm gacha
Remen uzunligiChegaralanmagan
Uskuna o’lchamlari750*450*1400mm
Og’irligi150kg
Motor quvvati550w
Kengligi15-50 mm
Uskuna o’lchamlari1120*450*1300mm
Og’irligi180kg
Motor quvvati7502
Ishlash eni4-15mm
Uskuna o’lchami1000*500*1100mm
Og’irligi80kg
Motor quvvati750w
Kuchlanish220V
Uskuna o’lchami840*725*1300mm
Og’irligi165kg
Motor quvvati1200w
Uskuna o’lchami1200*610*1650mm
Og’irligi140kg
Motor quvvati1500w
Ishlash eni4-50mm
Uskuna o’lchami480*500*1200mm
Og’irligi90kg
Motor quvvati120w
TuriQo’lda
Og’irligi220kg
Tezligi800ta/soat
Kuchlanish220V50Hz
Uskuna o’lchamlari430*400*470mm
Og’irligi41kg
Energiya turiElektr
O’lchamlari580*460*1140mm
Og’irligi100kg
Kuchlanish380V50Hz
Quvvati0,37kw
Og’irligi350kg
Uskuna o’lchamlari760*450*1650mm

Tavsif

Charm mahsulotlariga talab har doim ham yuqori bo'lib kelgan. Bunga asosiy sabab dunyo xalqlari ham sifatga, ham uzoq muddat xizmat qiladigan mahsulotlarga qiziqib kelishgan. Yurtimizda chorvachilik yaxshi rivojlanganligi sababli xomashyo topish muammo bo'lmaydi. Charm mahsulotlariga ishlov berish yurtimizda tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda va yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahon yuzini ko'rib, boshqa davlatlarga ham eksport bo`lib kelmoqda. Ichki bozorga ham xaridorgir bo'lgan mahsulotlardan biri bu charm kamarlardir. Charm kamarlarning katta qismi import mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham sizlarga ushbu mahsulotni yurtimiz hududida ishlab chiqarish yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Bizga dastavval mahsulot ishlab chiqarish uchun oshlangan toza teri yoki uning o'rnini bosuvchi mahsulot zarur bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayonida 10 turdagi uskuna ishtirok etadi va bizning kompaniyamiz sizga ushbu uskunalarni eng maqbul narxlarda tavsiya etadi.

Terini kamar o`lchamida kesib beruvchi uskuna

Ushbu uskuna yordamida siz har xil o'lchamga ega bo'lgan terilardan bir xilda kesilgan yarim tayyor mahsulotni tayyorlashingiz mumkin. Ushbu uskuna terini birdaniga bir nechta bo'lakka ajratib beradi va ishchi ularni uzun kesilganlarini olib, keyingi bosqichga o'tish uchun yuboradi. Ushbu uskuna yordamida siz tabiiy teri, sun'iy teri, rezina, qattiq mato, yumshoq plastik va boshqa xomashyolarni ham kesishda qo'llanilishi mumkin.  

Kamar chetini ovalsimon shaklga keltirib kerakli o`lchamda kesib beruvchi uskuna

Sizga ma'lumki yuqoridagi uskuna terini chetlarini to'g'ri burchak ostida kesib berdi, endi esa ularni biroz oval shaklga keltirib, bizga kerakli uzunlikda qirqib olish lozim bo'ladi. Buning uchun esa quyidagi uskuna bizga yordam beradi.      

Kamarni kerakli qalinlikka tayyorlash uskunasi

Biz har xil terilar ishlatishimiz mumkin va har xil turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz. Shunday holatda bizga ba'zida ularni qalinligini kamaytirishga to`g`ri kelishi mumkin. Shuning uchun qalinligini bir xilda qilib berish uchun bizga quyidagi uskuna yordamga keladi. Bir so'z bilan qisqa qilib ushbu uskunani teri uchun "randa" deb atasak ham bo'ladi.  

Kamarga rolikli naqsh bosish dastgohi

Har kuni yangicha naqshlar bilan bezatilgan yangi ko'rinishdagi kamarlarga ko'zimiz tushadi. Kimlardir silliq yuzali hech qanday naqshsiz kamarlarni hush ko'rsa, yana boshqalarga turli naqshlar hosil qilingan kamarlar yoqadi. Biz esa sizga har qanday mijoz talabiga mos keluvchi uskunalrni taklif qilmoqdamiz. Siz uskunadagi metall rolikni o'zgartirish orqali kamarga bosiladigan naqsh turini o'zgartira olasiz.

Kamarni ikki tomonini sayqallash uskunasi

Mahsulotingiz yetarli darajada silliq yuzaga ega bo'lishi bu bo'yash jarayonida sizga juda qo'l keladi, ya'ni mashaqqat anchagina kamayadi.    

Kamarga teshiklar ochib hamda kamar oxirini kesib beruvchi press uskuna

Ushbu pressni qoliplarini o'zgartirish orqali siz teshik shaklini uning oraliq masofasini o'zgartirishingiz mumkin bo'ladi.        

Kamar chetini bo`yab berish uskunasi

E'tibor bergan bo'lsangiz kamaringizni pichoq yoki boshqa o'tkir jism yordamida kesganingizda uni kesilgan joyining rangi och rangda bo'lib qoladi va bu mahsulot dizayniga salbiy taasir ko'rsatadi. shuning uchun ham kesilgan joylarni bo'yab qoyish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bo'yalgan chet qismlar xuddi yuza qismi bilan uyg'unlikda yaxlit kompozitsiyani saqlaydi.  

Kamarga folgali logo bosish uskunasi

 

Rolikli pressli silliqlash uskunasi

  Kamar uchun belbog` yasash uskunasi     https://www.youtube.com/watch?v=PJLlBCFiX3g

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish