AFEX
Ichimliklar uchun bir martalik naychalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L019

Ichimliklar uchun bir martalik naychalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L019

SKU: AF-L019

Kundalik hayotimizda har doim ishlatiladigan, talab yuqori bo'lgan bir martalik mahsulotlarni ishlab chiqarish yaxshigina daromad keltirishi barchamizga ma'lum. "AFEX-GROUP" jamoasi e'tiboringizga havola qilayotgan ichimliklar uchun bir martalik naychalar ham talab yuqori mahsulotlar sirasiga kiradi. Bunday naychalardan kafelar, barlar, restoranlar, anyiqsa fast-food tarmoqlari va uy sharoitida ham keng ko'lamda foydalaniladi. Bunday naychalar ayniqsa onajonlarimiz uchun yaxshigina yordamchi hisoblanadi. Chunki bolajonlar uchun sut mahsulotlari va sharbatlarni bunday naychalarda iste'mol qilish ularning eng sevimli mashg'ulotlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, sut mahsulotlari, sharbatlar va boshqa turdagi ichimliklarni ichishni rad etib xarxasha qilayotgan bolajonlarimizni ko'ndirishda onajonlarimizga har xil rangdagi bejirim, qulay va bolani e'tiborini tortadigan naychalar yordamga keladi.

 
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
Ishlab chiqarilgan yil2019
ModelAF-ML12
Xomashyo turiPP
Trubochka diametricF 3.0-f12mm
Trubochka qalinligi0.10-0.35mm
Mahsuldorligi400-1800 dona/minut
Kuchlanish380V50Hz
Elektr sarfi16kv/soat
O’lchami8000x1200x1600mm
Og’irligi2100kg
ModelAF-ML21-5
Mahsuldorligi250-280 dona/minut
Avtomatik sanab berish funksiyasiMavjud
Avtomatik to’xtash funksiyasiMavjud
Kuchlanish380V50hz
To’g’ri trubochka uzunligi190-260mm
Bukilgan trubochka uzunligi175-245mm
Elektr sarfi1,5kv/soat
O’lchami1200x1600mm
Og’irligi1000kg
Ishlab chiqarilgan yilXitoy
Model2019
MahsuldorligiAF-ML31
Avtomatik sanab berish funksiyasi350-450 dona/minut
KuchlanishMavjud
Qadoqlash380V50Hz
Qadoq eniQog’oz yoki paket
Elektr sarfiQog’oz 25-33,paket 25-60
O’lchami1,5kw/soat
Og’irligi600kg
Ekstruder17000$
Trubochkani bukib berish uskunasi13300$
Qadoqlash uskunasi9500$

Tavsif

Ushbu liniya quyidagi qismlardan tashkil topgan

1.EKSTRUDER

Eksturder barcha turdagi, bir va ikki rangdan iborat naychalarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. Ekstruderdagi matritsalarni almashtirish orqali naychalarning o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Shuningdek ekstruder tarkibida suv tankeri yordamida sovutish va kerakli o'lchamda kesib berish uskunasi mavjud.

  https://youtu.be/KLY85chkkGE

2. NAYCHANI BUKIB BERISH USKUNASI

Ekstruderdan chiqqan to'g`ri naychalar bukib berish uskunasi yordamida bukiladi. Naychalarni bukishdan maqsad, bunday naychalarda ichimlik ichish qulayroq. Avtomatik sanash funksiyasi mavjud.

3.QADOQLASH USKUNASI

Naychalar bukib berish uskunasida bukilgandan so'ng yuqori sifat va tezlikka ega bo'lgan qadoqlash uskunasiga qo'yiladi. Uskuna naychalarni donalab qadoqlashga mo'ljallangan. Qadoq uchun qog'oz yoki paketlardan foydalanish mumkin. Uskunada avtomatik sanash funksiyasi ham mavjud. Albatta, naychalar bir marta ishlatishga mo'ljallangan mahsulot hisoblanganligi uchun uni qadoqlash muhim hisoblanadi.

 

Ana endi bemalol mahsulotingizni bozorga olib chiqsangiz ham bo'ladi. Barakasini bersin.