
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Qog`ozni qayta ishlash
Ixcham qog'oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi
SKU: 2Omborda mavjud
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zarurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
Narx
$6,700
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220V |
| Elektr sarfi | 4.2 kw |
| O’lchami | 3200x1050x1700 mm |
| Ishlab chiqarish tezligi | 0-520 dona/daq |
| Material | Zanglamas metal S208 |
| Qadoqlash usuli | Qizdirish yordamida |
Tavsif

“AFEX-GROUP” kompaniyasi sizga ana shunday salfetklarni ishlab chiqarish uskunasini taqdim etadi. Uskuna to’g’risidagi ma’lumotlarga qo’shimchalar lozim bo’lgan hollarda siz bemalol ofisimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Uskuna avtomatik bo’lib, tayyor xomashyo (selluloza) rulondan kerakli o`lchamda kesib, sanab, qadoqlash uchun tayyor holga keltirib beradi.
Xaridor talabiga binoan uskuna valiga o’yma naqsh yoki brend tushurib beriladi.
Mahsulot uchun qadoqlash uskunasini malakali texnologlarimiz tomonidan yasab beriladi. (ushbu qurilma uskuna narxiga kirmaydi)
Uskuna uchun 6m*3m o’lchamdan kichik bo’lmagan xona kifoya.
Uskunaning texnik xususiyatlari
Uskunaning qismlari
- Xomashyo yuklash qismi
- Naqshli val
- Taxlab beruvchi vallar
- Kesish pichog'i
- Boshqaruv paneli
Tayyor mahsulotni qadoqlash uskunasi
https://youtu.be/1mTqmU1Av_YO‘xshash uskunalar

Avtomatik hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi Industrial versiyasi
$34,900

Avtomatik qo'g'oz konteynerlar ishlab chiqarish uskunasi
$33,900
Qog`ozni qayta ishlash

Qog‘oz quvurlarni kesish uskunasi
$3,800
Qog`ozni qayta ishlashOmborda mavjud

To‘liq avtomatik qog‘oz quti yasash uskunasi
$9,900
Qadoqlash

