AFEX
Kabellarni himoyalovchi gofra shlang ishlab chiqarish liniyasi AF-L021
Qurilish uskunalari

Kabellarni himoyalovchi gofra shlang ishlab chiqarish liniyasi AF-L021

SKU: 60e2ae370bd70c4658477005

Barchamizga ma'lumki, arxitektorlar va quruvchilar uy-joylar, turli xildagi bino va inshootlarning qurilishida eng birinchi navbatda asosiy e'tiborni binolarning har tomonlama xavfsiz bo'lishiga qaratadi. Hozirgi kunda binolarni ekeltro-montaj qilish ishlarida kabellarni himoyalovchi gofra shlanglardan keng miqyosda foydalanilmoqda. Chunki bunday turdagi gofralar yong'in xavfsizligidan himoya qilishda, elektr tarmog`idagi qisqa tutashuvlarni oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. PVX dan yasalgan bunday gofra shlanglar elastik va egiluvchan xususiyatga ega bo'lib montaj ishlarida hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Shuning uchun ham bu turdagi gofralarga talab yuqori hisoblanadi. "AFEX-GROUP" jamoasi e'tiboringizga kabellarni himoyalovchi gofra shlanglarni ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.

Ushbu liniya orqali siz 16, 20, 25 va 32 mm o'lchamdagi gofra shlanglar ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi. Liniyani joylashtirish uchun sizga eng kamida 10x3 metr o'lchamdagi, 3 fazali elektri toki o'tkazilgan xona kerak bo'ladi.

Kabellarni himoyalovchi gofra shlanglar ishlab chiqarish liniyasi quyidagi uskunalardan tashkil topgan.

A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
Ishlab chiqarilgan yil2019
ModelAF-200
Yetkazib berish quvvati200kg/soat
Quvvati1,1kw
Bunker sig’imi100L
Qizdirish quvvati4 kw
Kuchlanish380V50Hz
Motor quvvati18,5kw Siemens
Shnek diametric65mm
Ishlab chiqarish quvvati50-80kg/soat
Motor quvvati2,2 kw
Mahsulot o’lchamlari16,20,25,32 mm
Tezligi0-16m/minut
Qoliplar soni50 juft
Motor quvvati2,2kw
O’rab berish barabanlar soni2 dona
O’rash tezligi4-40m/minut

Tavsif

1.XOMASHYONI YETKAZIB BERUVCHI USKUNA

Ushbu ixchamgina uskuna ta'minlovchi vazifasini bajarib, mahsulot xomashyosi bo'lmish PVX granulalarini ekstruderga yetkazib berishdan iborat. Uskuna soatiga 200 kilogramgacha xomashyoni yetkazib berish quvvatiga ega.

2.BUNKERLI QURITISH USKUNASI

Bunkerli quritish uskunasi liniyaning asosiy qismi hisoblangan ekstruderga ulanadi. Uskunaning asosiy vazifasi PVX granulalarini quritib berishdan iborat. Ushbu bunkerda quritilgan PVX granulalarga ektruderda ishlov berish ishni anchagina samarali bo'lishini ta'minlaydi

3. BIR SHNEKLI EKSTRUDER

Bir shnekli ekstruder liniyaning asosiy qismi hisoblanadi. Ekstruderga Germaniyaning Siemens motori bilan jihozlangan. Boshqaruv paneli elektron bo'lib, jarayonni nazorat qilish siz uchun anchagina qulay. Ektruderdagi qoliplarni o'zgartirish orqali siz 16, 20, 25 va 32 mm o'lchamdagi gofra shlanglarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Ektstruder soatiga 50~80 kilogramgacha xomashyoni mahsulotga aylantirish quvvatiga ega.

4. FORMALASH USKUNASI

Ekstruderdan chiqqan shlanglar formalash uskunasi yordamida gofra shakliga keltiriladi.

Gofra shlanglar orasidan kabellarni o'tkazishni osonlashtirish uchun shlanglar orasiga sim o'tkazib berish qismi ham mavjud.

5. MAHSULOTNI O'RAB BERISH USKUNASI

Ishlab chiqarilgan gofra shlanglar tashish va joylashtirishda qulay bo'lishi uchun o'rab berish uskunasida o`raladi.

33900 $

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish