AFEX
Kalbasa va sosiskalar ishlab chiqarish liniyasi
Oziq ovqat

Kalbasa va sosiskalar ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60dc58a60bd70c486e3781a6
Ma'lumki kolbasa va sosiska mahsulotlari doim sevib iste'mol qilinadi. Ularni deyarli har bir oila dasturxonida uchratish mumkin. Ham to'yimli, ham mazali! Ortiqcha "pishir-kuydir"ga ham hojat yo'q! Bu mahsulotga talab tech qachon kamaymaydi. Bu esa kolbasa va sosiska mahsulotlarini bemalol, qo'rqmasdan ishlab chiqarish mumkin degani. Bunday imkoniyatni esa sizga "AFEX Group" kompaniyasi beradi.Shu sababli ham, ishlab chiqaruvchilar hamda iste'molchlar talablarini inobatga olgan holda Ushbu biznesni, yani KOLBASA VA SOSISKA ISHLAB CHIQARISH LINIYASINI sizlarga taqdim etishga qaror qildik. Yana bir narsani unutmang!  Bizning uskunalarda kolbasalar go'shtdan ishlab chiqariladi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ish hajmi(kg)300-500kg/soat
Umumiy quvvat5.5 kvt
Tashqi o’lchamlari950*550*900mm
Og’irligi190kg
Ish hajmi(kg)30 kg/bir vaqtda
Umumiy quvvat4 kvt
Qiymalagichlar soni3 dona
Tashqi o’lchamlari1100*830*1080mm
Og’irligi300kg
Ish hajmi(kg)100 kg/bir vaqtda
Umumiy quvvat2.2 Kvt
Tashqi o’lchamlari940*700*1160mm
Og’irligi200 kg
Bunker sig’imi30L
Kolbasa(sosiska) to’ldirish diametri10-48mm
Tashqi o’lchamlari1150*700*1680mm
Ish hajmi(kg)200-300kg/soat
Ish hajmi(kg)10-100 dasta/bir vaqtda
Umumiy quvvat1 Kvt
Kolbasa(sosiska) diametri9-40mm
Tashqi o’lchamlari1080*520*980mm
Umumiy quvvat5 Kvt
Tashqi o’lchamlari1200*1120*2000mm
Og’irligi400 kg
Go’sht maydalash uskunasi2 400$
Qiymalash uskunasi3 600$
Aralashtirish uskunasi2 900$
Kolbasa to’ldirish uskunasi3 900$
Bog’lash uskunasi3 700$
Avtomatik dudlash uskunasi8 700$
Jami uskunalar narxi(QQSsiz Toshkent shahriga yetib kelishi)25 200$

Tavsif

Endi esa liniya haqida to'liqroq ma'lumot berib o'tsak. Kolbasa ishlab chiqarish liniyasi quyidagi bosqichlardan va uskunalardan iborat:

1.GO'SHT MAYDALASH USKUNASI

2. QIYMALASH USKUNASI

Ushbu uskunada maydalangan go'sht qaytadan qiymalanadi. Go'shtni maydalashning o'zi yetarli bo'lmaganli sababli, Ushbu bosqichda go'sht yana qiymalanadi va juda mayda qorishma holigan keladi.

3. ARALASHTIRISH USKUNASI

Bilamizki, Kolbasa mahsulotlari faqatgina go'shtdan tayyorlanmaydi. Unga qo'shimcha ravishda tuxum, sut mahsulotlari, ziravorlar kabi yordamchi mahsulotlar qo'shiladi. Ushbu uskunada ularning barchasi aralashtirilib, bir xil massaga keltiriladi.

4. IKKI TOMONLAMA KOLBASA (SOSISKA) TO'LDIRIB BERISH USKUNASI

Tayyorlangan qorishma bunker orqali kolbasa qobig'iga to'ldiriladi. Bunda esa bizga yuqoridagi to'ldirish uskunasi yordam beradi.

   

5. KOLBASA (SOSISKA) BOG'LAB BERISH USKUNASI

Deyarli tayyor bo'lgan kolbasa va sosiska mahsulotlari Bog'lash uskunasi orqali maxsus iplar bilan bog'lanadi.

6. AVTOMATIK DUDLASH USKUNASI

Va nihoyat so'nggi bosqichda tayyor bo'lgan mahsulotlar dudlash uskunasiga solinadi va u yerda tutun berish orqali dudlanadi. Dudlash muhim jarayonlardan biri bo'lib, ushbu jarayonda mahsulot tarkibida bo'lishi mumkin bo'lgan mikro-organizmlar yo'qotiladi hamda dudlangan mahsulotlarning uzoqroq vaqt saqlanishiga xizmat qiladi.

    https://youtu.be/zMawvolpV4A

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish