AFEX
Keks va qiyomli pishiriqlar ishlab chiqarish liniyasi
Oziq ovqat

Keks va qiyomli pishiriqlar ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60dc5ae40bd70c716c04bceb
Assalomu alaykum qadrli AFEX-GROUP mijozlari. Sizlarga bir-biridan foydali va serdaromad biznes uskunalarini taklif qilishni davom etamiz. Navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz ham xuddi shunday uskunalar sirasiga kiradi. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasining uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan. Keling, avvalambor, ishlab chiqarish liniyasi haqida umumiy ma`lumotlarga ega bo`lib olsak.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Qozon sig’imi60L
Sig’imi100kg/soat
Kuchlanish380V50Hz
Quvvati3KW
Aylanish tezligi74,141,277
Og’irligi420 kg
Umumiy o’lchamlari610*650*1360mm
Quyib berish og’irligi5 g-100g
Tezligi10-20 marta/minut 9600-14400 ta/soat
Quvvati1,5 KW
Qolip podnos o’lchami400*640mm
Og’irligi400kg
Umumiy o’lchamlari2400*980*1460mm
Pishirish davomiyligi15-30 daqiqa
Harorat oralig’i20-300 C
Kuchlanish380V
Quvvati56kw
Og’irligi100kg
Umumiy o’lchamlari2400*1800*2500mm
To’ldirish og’irligi3-15g
Kuchlanish220V
Quvvati1,5kw
Qolip podnos o’lchami400*600mm
Og’irligi380kg
Kuchlanish220V50Hz
Quvvati0,75kw
Og’irligi350kg
Umumiy o’lchamlari10000*750*900mm
Ishlash tezligi40-230 ta/daqiqa
Kuchlanish220V 50Hz
Quvvati1,7 KW
Mahsulot balandligi70m
Qadoqning uzunligi90-230mm yoki 180-1350mm
Qadoqning kengligi40-175mm
O’lchami3770*670*1459mm
Og’irligi550kg
Mikser$4 600
Quyib beruvchi uskuna$9 700
Rotatsion pech$10 400
To’ldirib beruvchi uskuna$9 700
Sovutish va sterilizatsiya uskunasi$6 900
Qadoqlash uskunasi$6 700
Qoliplar$2 000
Jami$50 000

Tavsif

Umumiy ma`lumotlar

Ishlab chiqarish hajmi: 100-200 kg/soat Mahsulot og`irligi: 10g - 100g Qoliplar: Talabga binoan 100 ta Ishchilar soni: 2 ta Kuchlanish: 380V 50Hz Umumiy quvvati: 70 kw/soat

Uskunalar ro`yxati

  1. Xamir tayyorlash uchun mikser
  2. Quyib beruvchi uskuna
  3. Rotatsion pech
  4. Ich qismiga to`ldirib berish uskunasi
  5. Sovutish va sterilizatsiya uskunasi
  6. Qadoqlash uskunasi

Ishlab chiqarish jarayoni

Keling endi uskunalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan birma-bir tanishib chiqsak.

Mikser uskunasi

Avvalambor, ishni boshlash uchun xamirni va karamell qismlarni tayyorlab olish uchun mikser uskunasi kerak bo`ladi. Ushbu liniya tarkibidagi mikser uskunamiz zanglamas metalldan yasalgan bo`lib, turli sohalarda-maqsadlarda qo`llanilishi mumkin.  

Quyib beruvchi uskuna

  Navbat eng asosiy bosqichga keldi. Ushbu uskuna shirinlik qoliplariga tayyorlab olgan xamirimizni quyib beradi. Uskunada tezlikni va quyish miqdorini sozlash funksiyalari mavjud.   Uskunada turli xil qoliplar mavjud. Xaridor talabiga binoan maxsus qoliplar ham yasab beriladi.

Rotatsion pech

  Rotatsion pech har qanday qandolat mahsulotlarini yuqori haroratda va bir maromda pishirib berishga xizmat qiladi. Uskunaning ichiga joylashtirilgan mahsulotlar aylanish orqali barcha qismlariga issiqlik yaxshi yetib boradi va kutilgan natijani beradi.  

Ich qismiga to`ldirish uskunasi

Ushbu uskuna pishiriqlarning ichiga maxsus karamel, krem, shokolad, jemlarni to`ldirib berishga xizmat qiladi. Uskunada avtomatik kompyuter boshqaruv tizimi jarayonni to`liq nazoratda ushlashga va sozlamalarni o`zgartirishni qulaylashtiradi.  

Sovutish va sterilizatsiya uskunasi

Sterilizatsiya - bu ixcham tuzilishga, tez harakatlanishga, qulay foydalanishga va boshqa o'ziga xos xususiyatlarga ega pishiriq ishlab chiqarish liniyasining asosiy vositalaridan biridir. Keksni to'ldirgandan so'ng, sterilizatsiya bakteriyalar yo`q qilinsa kafolati uzaytirilishi mumkin. Keyin esa mahsulotni qadoqlash uchun paketga tashiladi. Ikkala uskuna ham zanglamaydigan po'latdan yasalgan.  

Qadoqlash uskunasi

Qadoqlash yordamida tayyor bo`lgan mahsulotlarimizni sotuvga tayyorlab olamiz. Uskunada turli xildagi plyonkalardan foydalanishimiz mumkin. Paket o`lchamlarini ham o`zgartirish mumkin.   Shu bilan ishlab chiqarish jarayonlari o`z nihoyasiga yetadi. Mahsulotlarimiz sotuvga tayyor.

Namunalar

Narxlar

   

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish