AFEX
Kotlet va naggetslar ishlab chiqarish uskunasi
Oziq ovqat

Kotlet va naggetslar ishlab chiqarish uskunasi

To‘liq avtomatik: to‘ldirish, shakllantirish va chiqarish jarayonlarini bajaradi. Ushbu uskuna gamburger kotleti, tovuq naggetsi va shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Mahsulotingiz uchun cheksiz shakllar yaratilishi mumkin: dumaloq, kvadrat, ellips, uchburchak, yurakcha, multfilm qahramonlari, yulduzcha va boshqa dizaynlar. Xomashyolarning buzilishi (yo‘qolishi) minimal darajada bo‘ladi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Kuchlanish220V, 60 Hz, bir fazali
Motor quvvati0.55 kVt
Bunker sig‘imi30 litr
Ishlab chiqarish tezligi35 dona / daqiqa
Lenta materialiZanglamaydigan po‘lat 304 (food grade)
Lenta kengligi130 mm
Mashina materialiZanglamaydigan po‘lat 304
Kotlet og‘irligi aniqligi≤1% (±2g mumkin)
Namuna Kotlet og‘irligi265 g
Kotlet diametri30–120 mm
Kotlet qalinligi6–18 mm
Mashina o‘lchami860 × 600 × 1400 mm
Og‘irligi100 kg
Kuchlanish220V, 50 Hz, bir fazali
Quvvat0.82 kVt
Tasma kengligi200 mm
Mashina o‘lchami1300 × 600 × 1700 mm
Mashina og‘irligi200 kg
Kuchlanish manbai220V / 50Hz
Quvvat1.37 kVt
MaterialZanglamaydigan po‘lat SS304
Tasma tezligiTezlik chastota orqali sozlanadi
Mashina o‘lchami1800 × 600 × 1700 mm

Tavsif

Qo‘llanilishi

Kichik biznes, oziq-ovqat fabrikalari, uy sharoitidagi ishlab chiqaruvchilar uchun

Ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotlar

  • Go'shtli kotletlar
  • Tovuqli kotletlar
  • Har xil shakldagi tovuqli naggetslar

 

Xususiyatlari va talablari

  • Yuqori darajadagi avtomatlashtirish
  • Ishlab chiqarish quvvati: 100 kg/soat
  • Kuchlanish: 380/220V 50Hz
  • Kerakli maydon: 25 kv.m va undan kattaroq
  • Xona tasnifi: Gigeyenik talablarga mos bo’lishi shart
  • Har xil shakldagi qoliplar
  • Kichik o‘lcham, katta unumdorlik
  • Oson boshqaruv
  • Oson tozalash imkoniyati

Liniya tarkibidagi uskunalar

  1. Avtomatik kotlet ishlab chiqarish uskunasi
  2. Namlash va xamir bilan qoplash uskunasi
  3. Non yoki un bilan qoplash uskunasi
 

Avtomatik kotlet ishlab chiqarish uskunasi

Texnik xususiyatlari  

Namlash va xamir bilan qoplash uskunasi

  Ushbu uskuna tovuq, mol go‘shti, boshqa go‘shtlar va dengiz mahsulotlarini xamir (batter) bilan teng va bir xil qoplash imkonini beradi.
Mahsulot ustki qismidan maxsus xamir pardasi orqali, pastki qismidan esa suyuq xamirga botirish orqali ishlov beriladi.
Ortiqcha xamirni olib tashlash uchun havo purkagich (blower) tizimi o‘rnatilgan, bu keyingi bosqichlarga keraksiz xamir o‘tishining oldini oladi.
Ushbu mashina non qoplash (breading) yoki oldindan un sepish (predusting) jarayonidan oldingi ishlov uchun juda mos keladi. Texnik xususiyatlari  

Non yoki un bilan qoplash uskunasi

Uskuna tovuq, mol go‘shti va boshqa go‘sht turlari va dengiz mahsulotlarini teng va bir xil non (quritilgan non bo‘lagi, ya’ni crumb) bilan qoplab beradi. Mahsulot konveyer tasmasi orqali harakatlanganda, yuqoridagi bunker  orqali non bo‘laklari ustidan to‘kiladi. Pastki tasmada esa mahsulot osti uchun maxsus non qatlami mavjud. Qo‘shimcha ravishda, mahsulot yuzasiga nonni mahkam bosib beruvchi press-roller tizimi mavjud bo‘lib, bu orqali nonning qoplama qalinligini sozlash mumkin. Asosiy xususiyatlari
  • Yupqa va qo‘pol non bo‘laklari uchun mos
  • Foydalanish va tozalash oson
  • Kuchli shamollatgich (blower) va vibrator ortiqcha non yoki unni osonlik bilan tozalab tashlaydi
Texnik xususiyatlari   https://youtu.be/5400nw119gw

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish