
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Qog`ozni qayta ishlash
Makulaturadan hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi 0.8-1 T/kuniga
Tualet qog‘ozi ishlab chiqarish liniyasi — foydali va barqaror biznes.
Afzalliklari:
-
Ishlab chiqarish makulaturadan — arzon va mavjud xomashyo
-
Mahsulotga doimiy talab — har doim sotiladi
-
Avtomatik uskunalar — kam ishchi kuchi bilan samarali ishlab chiqarish
-
Tez qaytariladigan investitsiya
-
Ekologik toza yechim — chiqindini foydaga aylantiradi
-
Ichki va tashqi bozorga mos
Bu loyiha kichik korxona yoki ishlab chiqarish tashkilorlatlari uchun ideal variant bo‘lib, barqaror daromad keltiradi.
Narx
$59,700
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Qog’oz kengligi(mm) | 1800 |
| Ishlab chiqarish quvvati(8 soatda) | 1,2t |
| Yakuniy mahsulot diametric | F50-1800mm(kenglik va diametr o’zgaradi) |
| Ichki vtulka diametric | F30-55mm |
| Xomashyo o’ram diametric | Standart 1100mm(Boshqa o’lchamlar ham bo’laveradi) |
| Xomashyo o’ram ichki vtulka | 76mm |
| O’rash tezligi | 150-280m/min |
| Sozlash tartibi | PLC komputerli boshqaruv orqali |
| Qavatlar soni | 3 qavatli |
| Uzish chizig’ini belgilash | 2 pichoqli,150-300mm |
| Pnevmatik Sistema | 3 klapanli compressor |
| Quvvatlar sarfi | 5.5kw-15kw tezlikka qarab o’zgaradi |
| O’lchami | 6200*2600*800mm |
| Og’irligi | 5 tonna |
| Kesish uzunligi(mm) | O’zgaruvchan |
| Ishlash quvvati(tonna/sutka) | 1.5 |
| Kesish uzunligi(mm) | 3750 |
| Diametr(mm) | 1300*70*1800 |
| Og’irligi(kg) | 560 |
| Vtulkali va vtulkasiz | Ikkalasiga ham mo’ljallangan |
| Quvvat sarfi(kw) | 1.1 |
Tavsif
Umumiy texnik ma'lumotlar
- Xomashyo: Chiqindi qog‘oz (eski ishlatilgan qog‘oz)
- Mahsulot: Gigiyenik (tualet) qog‘oz
- Qog‘oz og‘irligi: 15–30 gramm har bir kvadrat metrga
- Qog‘oz eni: 1800 mm
- Silindr qolip eni: 1100 mm
- Ishlab chiqarish quvvati: Kuniga 0.8 dan 1 tonnagacha
- Loyihaviy tezligi: 50 metr/min
- Ishlaydigan tezlik: 20–40 metr/min
- Texnologiya: Elektr motor tezligi AC chastota orqali boshqariladi
Hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarishning bosqichlari
- Makulaturadan qog‘oz tayyorlash: Ishlatilgan qog‘oz (makulatura) suv bilan aralashtirilib, qog‘oz massasiga aylantiriladi. Keyin bu massa maxsus uskunada yupqa qog‘ozga aylantirilib, quritiladi va katta rulonga o‘raladi.
- Katta rulonni kichik rulonga aylantirish: Maxsus uskuna kichik rulonlarga aylantiriladi va ularning yuzasiga kesish chiziqlari (perforatsiya) tushiriladi.
- Rulonlarni kesish:Kichik rulonlar standart o‘lchamlarga kesiladi.
- Qadoqlash: Tayyor rulonlar 4, 6 yoki 12 donadan iborat bo‘lib, paketga joylanadi va qadoqlanadi.
Qog‘oz massasi tayyorlash uskunalari
Qattiq massa maydalagich
Vibratsion elak
Vazifasi: Qog‘oz massasidagi yirik axlatlarni — toshlar, mixlar, plastik, charm parchalari va shunga o‘xshash aralashmalarni elab ajratib tashlaydi. Ushbu uskuna qog‘oz massasini tebranish orqali elab, faqat mayin va ishlov berish mumkin bo‘lgan qismini o‘tkazadi, qolgan yirik chiqindilar esa chiqarib yuboriladi. Umumiy quvvati: 1.5 kw Hajmi: 0.5m3 Miqdori: 1 to’plamDiskli maydalagich (Discs refiner)
Vazifasi: Qog‘oz massasini yanada mayin holga keltirish, tolalarni yaxshilab ajratish va aralashmani bir xillikka yetkazish. Bu uskuna oldindan maydalangan va tozalangan qog‘oz massasini yana mayda qismlarga maydalaydi, shunda massa yumshoq, silliq va sifatli bo‘ladi — bu esa yaxshi qog‘oz ishlab chiqarish uchun muhim. Umumiy quvvati: 7.5 kw Miqdori: 1 to’plamAralashtirgich (Agitator)
Vazifasi: Qog‘oz massasini doimiy aralashtirib turadi, shunda massa cho‘kib qolmaydi va bir hil holatda saqlanadi. Aralashtirgich — qog‘oz massasini harakatda ushlab, cho‘kmasligi va bir xilda aralashgan holda qolishini ta'minlaydi. Umumiy quvvati: 5.5 kw Miqdori: 1 to’plamOqartirgich
Massani tashuvchi nasos (Pulp pump)
Vazifasi: Qog‘oz massasini bir uskunadan boshqasiga uzatish va aylantirib yuritish (ya’ni barcha tizimlar orasida massani tashish). Ushbu nasoslar qog‘oz massasini quvurlar orqali harakatlantiradi va butun ishlab chiqarish tizimida uzluksiz oqimini ta'minlaydi. 6 dyuymli nasos – 7.5 kVt quvvat – 1 dona 3 dyuymli nasos – 3 kVt quvvat – 3 donaQumdan tozalagich (Desander)
Vazifasi: Qog‘oz massasidagi yengil aralashmalar va qum zarralarini ajratib tashlaydi. Bu uskuna massa ichida qolgan mayda qum, tuproq va boshqa yengil chiqindilarni aylantirish orqali pastga tushiradi va massani yanada tozalaydi. Hajmi: 400L Miqdori: 2 donaGorizontal mikser
Vazifasi: pulpani suv bilan to‘liq aralashtirish, natijada ishlab chiqarilgan qog‘ozning qalinligi bir xilda bo‘lishini ta’minlash. Quvvati: 3 kw Miqdori: 2 donaMarkazdan qochiruvchi elakli uskuna (sentrofuga)
Vazifasi: Uskuna yuqori tezlikda aylanib, qog’oz massasi ichidagi qoldiqlarni (iflosliklarni) maxsus to‘r orqali ajratib tashlaydi. Toza qog’oz massasi esa elakdan o‘tib, keyingi bosqichga yuboriladi. Umumiy quvvati: 5.5 kw Hajmi: 0.35 m2 Miqdori: 1 to’plamDispersant mikser (aralashtirgich)
Vazifasi:
Bu aralashtirgich turidagi uskuna bo‘lib, suyuqlik ichida kukun, pigment yoki boshqa moddalarni mayda zarralarga ajratib, bir xil tarzda tarqatadi (dispersiya qiladi). Bu jarayon aralashmaning sifatini yaxshilaydi va uni barqaror qiladi.
Umumiy quvvati: 0.75 kw
Miqdori: 1 to’plam
Elektr boshqaruv qutisi
Miqdori: 2 to’plam
Gazda ishlovchi qozon
Vazifasi: Qaynoq bug‘ ishlab chiqaradi va bu bug‘ qog‘oz quritgichiga yuboriladi, shu orqali qog‘ozni quritish jarayoni amalga oshiriladi.
Miqdori: 1 dona
Qog‘oz ishlab chiqarish uskunasi
Uskuna tarkibi
1) Nam qog‘oz shakllantirish qismi:- Diametri 700 mm, eni 1100 mm bo‘lgan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan silindr shaklidagi qolip – 1 dona
- Diametri 200 mm, eni 1100 mm bo‘lgan siqish valigi – 1 dona, kauchuk bilan qoplangan
- Kauchukning qattiqligi: 40 daraja
- Qog‘oz tolasi suzadigan vannaga moslashtirilgan
- Diametri 1000 mm, eni 1100 mm bo‘lgan issiq qurituvchi baraban – 1 dona
- Diametri 280 mm, eni 1100 mm bo‘lgan bosuvchi valik – 1 dona
- Havo bosimi bilan siqish tizimi, qog‘ozni tozalovchi metall qirg‘ich
- Kauchuk bilan qoplangan, qattiqligi: 90 daraja
- Qurituvchi baraban uchun – 4 kilovatt quvvatga ega
- Qog‘ozni rulonga o‘rash uchun – 0.75 kilovattli motor
- Tezlikni avtomatik ravishda sozlovchi zamonaviy boshqaruv tizimi
- Har bir qism alohida boshqariladi
Asosiy qismlar
- Qog‘oz shakllantiruvchi silindr qolip
- Qog‘oz massasi solinadigan katta vanna
- Issiq qurituvchi baraban
- Qog‘ozni rulonga yig‘uvchi qurilma
- Mashinaning metall karkasi
- Tezlikni pasaytiruvchi uzatmalar
Yordamchi uskunalar
- Bosimli suv nasosi: qog‘oz tarmog‘i va filtrlovchi matoni yuvish uchun suv bosimini oshiradi
- Suv purkagich moslamasi: mato va tarmoqni tozalash uchun
- Vakuum nasosi: ho‘l qog‘ozdan ortiqcha suvni tortib oladi
- So‘rish qutisi: vakuum nasosi bilan birga ishlaydi, qog‘oz ishlab chiqarish jarayonida namlikni so‘rib olish uchun qo‘llaniladi.
- Quritish qismidagi bug‘ yig‘uvchi qopqoq: bug‘larni yig‘ib chiqaradi
- 400 mm diametrli havo chiqaruvchi ventilyator: quritish vaqtida bug‘ni chiqarib yuboradi
- Qog‘oz ishlab chiqarish tasmasi: ho‘l qog‘ozni uskunada tashish uchun
- Silindr qolip uchun maxsus tarmoq – 2 dona
Hojatxona qog’ozi ishlab chiqarish uskunalari
Katta o’ramdan kichik o’ramga o’rab berish uskunasi
Vazifasi:
Katta rulon qog‘ozni uskunaga joylashtiriladi. Uskuna bu qog‘ozni 1–3 qatlamli qilib, uzun lenta ko‘rinishida kichik rulonlarga o‘raydi. Shu bilan birga, qog‘oz yuzasiga bezak (embossing – bosma naqsh) ham tushiriladi.
Kichik o’ramni kesib berish uskunasi
Yuqoridagi uskuna hosil qilgan kichik rulonlarni ushbu arra maxsus kichik hajmga bo’lib berish uchun xizmat qiladi. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordiyu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi. Bu uskunani ichki vtulkaga ega va vtulkasiz xojatxona qog’ozlari uchun ham ishlatish mumkin.Donali qadoqlash uchun maxsus dazmollash uskunasi
Ushbu uskuna yordamida bizda hali qilinmagan va insonlarga kerakli bo’ladigan bir yoki ikki dona xojatxona qog’ozini qadoqlash mumkin. Axir har bir ishni qilishda talab hisobga olinishi lozim. Donali qadoqlangan mahsulot tog’larga yoki boshqa joylarga sayohat qilish paytlarida qo’l kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu uskun orqali siz boshqa mahsulotlarni (salfetka, konvert qilib yopiluvchi boshqa mahsulotlar) qadoqlashda ham ishlatish imkoniga ega bo’lasiz.
To’plam qilib qadoqlash uskunasi
Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo’l bilan ushlash qulay bo’lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi. Qadoqlash paketi tayyor holatda va uch tomoni yopiq holatda bo’ladi. So’ngra,unga mahsulotni qo’lda solib so’ng quyidagi uskuna yordamida tepa qismi yaxshilab yopiladi.Tayyor mahsulot
O‘xshash uskunalar

Avtomatik hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi Industrial versiyasi
$34,900

Avtomatik qo'g'oz konteynerlar ishlab chiqarish uskunasi
$33,900
Qog`ozni qayta ishlash

Qog‘oz quvurlarni kesish uskunasi
$3,800
Qog`ozni qayta ishlashOmborda mavjud

To‘liq avtomatik qog‘oz quti yasash uskunasi
$9,900
Qadoqlash
















