AFEX
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012

MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012

SKU: AF-L012

Avvallari qo'li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o'z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o'z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko'rishda murakkab ko'ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo'lib, boshlang'ich ko'nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo'yamiz. Yog'och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo'lga qo'yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o'lchamda kesib olib, unga mijozga ma'qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o'rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko'ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo'lmagan mebellar yasashni ham yo'lga qo'yishingiz mumkin.

A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

ModeliAFX-MJ6132YII
Hajm o’lchami3200x3150x900mm
Stol o’lchami3200x375mm
Tig’ va to’siq kesuvchi arra kengligi1250mm
Kesish balandligi80mm(45 Max 55mm)
Arra diskining diametric305mm
Arrali diskning tezligi4000/6000 ob/min
Asosiy tig’ning tezligi8000 ob/min
Quvvati5.5kw
Og’irligi850/950kg
ModeliAF-1325CNC
Boshqaruv paneliAlohida panel
Ish maydoni o’lchami1300x2500x220mm
Mator turiSpindel 3 kw/soat
Sovutish tizimiSuv bilan sovutish
Driver turiLeadshine 882
TransmissiyaX,Y,Z
Invertor3,7kw
O’lchami3150x2120x1950
Og’irligi1000kg
Ishlash dasturiType#ARTcam/Ucancam
ModeliHPM 214*6
Press kuchi1000KN/100T
Qavatlar soni1 qavat
Max temperature120C
Isitish tizimiElektrik isitish(termik moy bilan)
Umumiy quvvat sarfi28,5 kw/soat
Kuchlanish380v50hz
Ish stoli(Mylar qoplamali)2500x1300x42mm
O’lchami3600x1710x2080mm
Og’irligi7600kg
ModeliM9020
So’rish kuchi3150m3/h
Shamol tezligi35-40m/sekund
Mator tezligi2900R/min
Umumiy quvvat sarfi3 kw/soat
Qop o’lchamiO470x2
Og’irligi70kg
ModeliLD2400
Kuchlanish220v50hz
Max teshish tezligi2000mm/min
BoshqaruvQo’lda,yarim Avtomat
Umumiy quvvat sarfi550w/soat
Og’irligi5 kg
Rover uskunasi7 400$
Gidravlik issiq yuzali press(100T)16 800$
Chang tortish moslamasi400$
Qulf o’rnini ochuvchi uskuna1 300$
Ikki arrali kesish uskunasi3 500$
Umumiy narxi29 400$

Tavsif

Dastavval biz ishni MDF panelni kerakli o'lchamda kesishdan boshlaymiz. Bu biz uchun buyurtma qilgan yoki xaridorlar talabidan kelib chiqqan holda ishni bajaramiz va har bir viloyat xaridorlarida o'lchamlar turlicha bo'ladi. Buning uchun bizga ikki arrali kesish uskunasi kerak bo'ladi. Ikki arrali kesish uskunasi mahsulotni chetini uchirmasdan, bir xil tekislikda kesib beradi, buning uchun oldingi kichik arra tezligi yuqori bo'lganligi uchun mahsulot sifatli chiqadi.

MDF panelimizni eshik uchun kerakli bo'lgan o'lchamda kesib olgandan so'ng, ularga turli xildagi mijoz talabiga mos naqshlar bilan bezashga to'g'ri keladi. Agar mijozingiz oynali eshiklarni xoxlashsa, ularni ham qilishni imkoni bor. Rover uskunasini ishlatadigan ustadan asosiy talab u AutoCAD dasturidan foydalanish bo'yicha ko'nikmaga ega bo'lgani yaxshi.

https://youtu.be/C-2gla6mteQ

MDF eshik uchun asos yasaladi, so'ng shu asosning ikki yuzasi MDF bilan qoplanadi va asos bilan tutashgan qismlar yaxshilab yelimlangach issiq yuzali gidravlik presslash uskunasi yordamida mustahkamlanadi. Bu jarayonda hech qanday mix va boshqa mustahkamlovchi vositalardan foydalanilmaydi, shu sababli mahsulotimiz sifatli bo'lib chiqadi.

Ushbu yordamchi uskuna ishlab chiqarish seximizga ortiqcha chiqindilar chiqishidan hamda uskunalarimiz bexato ishlashi uchun zarur hisoblanadi. Uskunani ishlash jarayoni birmucha sodda ishlangan bolib maxsus qoplarga chiqindini yig'adi, ish yakunlangach uni tozalab qayta qo'yasiz.

Biz sizga taklif qiladigan ushbu uskunamiz juda qulay hisoblanadi, hattoki uni eshik xonadonga o'rnatilgandan keyin ham ishlatish mumkin. Vertikal hamda gorizontal holatda ham ishlayveradi. Ishlatish birmuncha sodda ishlangan bo'lib, ustalar ishlatish jarayonida xatoga yo'l qo'ymaslik ehtimoli yuqori.

https://youtu.be/6buYDNViTzM

Ishlar yakuniga yetgach eshiklarimizni bo'yoq hamda laklar yordamida yaxshilab bo'yab olish lozim bo'ladi. Bu jarayonda sizga havo kompressori zarur bo'ladi. Kompressorlarni mahalliy bozordan topish qiyin bo'lmaganligi sababli uni liniya tarkibiga kiritmadik.