AFEX
Metall eshiklar ishlab chiqarish liniyasi

Metall eshiklar ishlab chiqarish liniyasi

Eshiklar- shu jumladan po'lat eshiklar va darvozalar, har doim talab bo'lib kelinayotgan tovarlardir. Zamonaviy pardozlangan po'lat eshiklar va darvozalar har doim kerak bo'ladigan uy-joy komponentini ifodalaydi. Shuning uchun po'lat eshiklarni ishlab chiqarish dunyo bozorida, bu faoliyat turi istiqbolli biznes g'oyadir, garchi bu sohada raqobat nisbatan yuqori bo'lsa xam. Deyarli har bir kishi bu faoliyatni tashkil qilishi mumkin, chunki eshiklarni ishlab chiqarish texnologik jihatdan qiyin faoliyat emas.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Xususiyatlar2500T
Maks list qalinligiMetall 2.2mm
KuchiZanglamas metal 1.6mm alyuminiy 1.8mm
Ochilish balandligi25000KN
Qaytish kuchi500mm
Ish stoli o’lchami630x2KN
Tushish tezligi1500x2500mm
Ishlash tezligi120mm/s
Qaytish tezligi5-10mm/s
Qaytish tezligi80mm/s
Quvvati22x2kw
Hajmi3400*2800*4800mm
Vazni40T
Maksimal kesish qalinligi4mm
Maksimal kesish uzunligi3200mm
Kesish burchagi(sozlanishi)30-1 30
Kesish hajmi500mm gacha
Kesish tezligi14-35 min
Kesish tigi uzunligi1100*3 mm
Kesish tigi miqdori3(yuqori)+3(pastda) dona
Motor quvvati5.5 kw
Hajmi3840x1600x1620mm
Vazni4500kg
Nominal bosim1000KN
Maks bukish(egish uzunligi)3200mm
Maks ochilish balandligi370mm
Motor quvvati7,5kw
Hajmi3200x1600x2600mm
Vazni5600kg
Nominal bosim300-500KN
Motor quvvati4kw
Kuchlanish380V
Hajmi3865x2140x2350mm
Nominal bosim400KN
Zarb tezligi45ta/min
Vertikal ustunlar uzunligi340mm
Slayder markazi va uskuna orasidagi masofa250mm
Ish stoli qalinligi65mm
Motor quvvati5.5kw
Vazni3600kg
List qalinligi0.3-1.5mm
Bukish burchagi60
Ishlov berish uzunligi2500mm
Hajmi3680x800x1590mm
Elektr tok sozlamasi25-270A
Elektr tok kuchlanish sozlamasi15-27.5V
Himoya darajasiIP21
Hajmi580x290x550mm
Vazni28.5 kg
Qatlamlar soni10
Silindrlarning soni4
Bosish quvvati100KN
Qatlamlar orasidagi masofa110mm
Bosish harorati85 C
Yopishtirish vaqti15-30min
Hajmi2860x1260x2910mm
Vazni12500kg
Ishlash harorati240C
Ish stoli hajmi2400x1400mm
Samarali bosma maydoni2200x1200mm

Tavsif

"AFEX-GROUP" -Ushbu sohada faoliyat boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarlarimiz uchun zamonaviy va yuqori sifatli texnologiyani taklif etadi. Bu uskunalar yordamida nafaqat matal eshiklar balki boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga kerakli detallar ishlab chiqarishingiz mumkin. Bugungi kunda yurtimizda po'lat eshiklar ishlab chiqarish daromadli ammo raqobatbardosh biznesga aylanib ulgurgani yoq. Albatta, bu sohada raqobatchilar xam bor lekin talab darajasi xam talaygina. Bu sohada raqobatni yengib o'tish yo'llari oson g'ayrioddiy dizayn, nostandart shakl va o'lchamlar bilan yangilik qilishni o'zi yetarli. Yurtimizda qurilish ishlari 4 fasl davomida davom etayotgani, talab darajasini doimiyligini ta'minlab beradi.

Bu faoliyatni yirik xaridorlari;

*Xususiy ishlab chiquvchilar. *Qurilish kompaniyalari. *Yangi binolarda kvartira egalari. *Axoli honadonlari. So'ngi yillarda yurtimizda ko'p qavatli uylar qurilishi sezilarli darajada o'sishda davom etmoqda, siz bizdan ushbu uskunalarni harid qilib, qurilish korxonalari bilan temir eshik yetkazib berishda shartnoma qilib o'z faolyatizni boshlasangiz, tez orada uskunalarni tan narxini qoplab, foydaga kirishingiz mumkin. Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar; Kerakli maydon; shift balandligi 6 metr (press uskunasiga), 200 m² dan kam bo'lmasligi kerak. Elektr energiya; 110 KW/380 V. Ishchilar soni; 8-10 kishi.

Liniya tarkibidagi uskuna va qurilmalar;

1.Shakllantiruvchi Press uskunasi. 2.Kesuvchi uskuna 3.Shakllantirish uskunasi  4.Teshuvchi uskuna  5.Mexanik Press Uskunasi  6.Bukuvchi uskuna  7.Payvandlash uskunasi 8.Issiq presslash uskunasi  9.Vakuumli print  Dastlab shakllantiruvchi press uskunasi ishlash mexanizmi va tarkibidagi qurilmalar bilan qisqacha tanishtirib o'tamiz. Shakllantiruvchi Press uskunasi- Yuqori bosimli gidravlik press uskunasi 2500 tanna kuch bilan 2,2 mm qalinlikdagi, ish stoli 1500x2500mm o'lchamdagi metall listlarni shkllantirish imkoniyatlari mavjud. Uskuna zamonaviy va yuqori sifatli qurilmalar bilan jihozlangan.

Gidravlik tizim

Gidravlik tizim pressning o'ng tomonida joylashgan bo'lib, unda moy baki, yuqori bosimli nasos, motor, klapan kartridji va boshqa komponentlardan iborat.

Tizimning kartridj klapani

Uskunada suyuqlik oqib ketishni oldini olish uchun, kartridjli klapan tizimi o'rnatilgan. Uskunaga barcha moy bilan ta'minlash quvurlari kombinatsiyalangan prokladkadan foydalanilgan, ichki tomondan kauchuk bilan, tashqi tomondan ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan mis bilan qoplangan, boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlatiladigan temir bilan taqqoslaganda, afzalliklari quyidagilardir: *Qizil misning egiluvchanligi kuchli, bog'lanishni mustahkam; *Yuqori bosimli yuvish jarayonida mis kauchuk terini sinishdan samarali himoya qiladi.

Gidravlik stansiya sxemasi

Gidravlik stansiyasida boshqa nasoslardan farqli tashaqi gorizantal moy nasosidan foydalanilgan, moy tortish jarayonida chiqadigon issiqni kamaytirish uchun. Moy tizimda sekin ko'tariladi, harorat esa 55 daraja atrofida bo'ladi, bu esa uskuna doim bir xilda ishlashiga va uzoq muddat xizmat qilishiga dalolatdir.     Uskuna shakllantirish qoliplarini mijoz o'z talabiga qarab sotib olishi mumkin. Qoliplar narxlari shakllar turlariga qarab belgilanadi. Presslash uskunasida shakllantirilgan metal listlar keyingi bo'sqichlarga eshiklar tayyorlash uchun yuboriladi. Kesuvchi uskuna- ANSYS dasturi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u kesishda ishonchlik va aniqlik bilan ishlaydigan zamonaviy uskunadir. Uskunaga kesish uchun kerakli o'lcham belgilanadi. Orqa panel ushbu o'lchamga avtomatik sozlanadi. U E21 S tizim boshqaruvi tomonidan dasturlash va 40 tagacha dasturni o'zida saqlash mumkin. Uskunada 0.05 mm yuqori aniqlik darajadagi kesishni imkoniyatlari mavjud. Kesish burchagini yani kesuvchi pichoqlar orasini motor yordamida sozlash mumkin. Barcha jarayonlar CNC dasturi yordamida bajariladi. Favqulodda holat yuz berganda oyoq tugmasi yordamida uskunani darhol to'xtatish mumkin.   Shakllantirish uskunasi- ushbu uskuna ANSYS dasturi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u eshik ramalarini bukishda kerakli shakllar yaratishda ishonchlik va aniqlik bilan ishlaydigan zamonaviy uskunadir.     Teshuvchi uskuna- ushbu uskunada kerakli o'lchamlarda qulf uchun teshiklar xosil qilish,qirqish va bukish ishlarini olib borishda foydalinadi. Har bir silinderni mustaqil ishlashini ta'minlangan, silindrlarning soni individual, xaridor talabi yani eshik ramkasi va eshik uslubiga bog'liq.   Mexanik Press Uskunasi- Bu bosqichda esa, eshik ramalarini bukishdan oldin chetlarini mexanik press uskuna yordamida oldindan kiritilgan o'lchamlarga asoslanib kesib olinadi. Uskuna presslash va kesish mexanizmi bo'yicha ishlaydi.   Bukuvchi uskuna- ushbu uskuna eshiklarni past va tepa qismlarini bukib berish uchun ishlatiladi.   Payvandlash uskunasi- Elekrt toki yordamida kontakt uslubda payvandlash ishlarini olib borish uchun samarali uskunadir. Liniya tarkibida 1 dona panvandlash uskunasi nazarda tutilgan. Mijoz o'z talabiga muofiq qo'shimcha sotib olishi mumkin.       Issiq presslash uskunasi- Uskuna maxsus yog' bilan 85 C gacha issiqlikda eshiklarga surtilgan yelimni quritish va eshiklar balansini tekislash uchun foydalinadi. Uskuna belgilangan vaqtda avtomatik ochilib-yopilishi mumkin.       Vakuumli print- Vakuum mexanizmiga asoslangan uskuna. Bu uskunaga tayyorlangan eshiklarni yani bo'yoqlangan xolatda keltiriladi so'ng kerakli gul qog'oz bilan yuza qismi birlashtirilib uskunaga kirgiziladi. Uskuna 240C gacha bo'lgan haroratda ma'lum vaqt qizdiradi va vakuumli so'rilishdan so'ng gul qog'oz strukturasi eshik yuzasida namoyon bo'ladi.