AFEX
Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari AF-L025

Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari AF-L025

SKU: 617ce03a23e41002114665a2
Metallga turli xil naqshinkor bezakli qilib ishlov berish san'ati bir necha asrlardan beri rivojlanib kelayotgan sohalardan sanaladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bizning AFEX-GROUP kompaniyasi tomonidan tavsiya etilayotgan uskunalar yordamida o'z ishingizni yengillatib, mijozlaringizga betakror mahsulotlar qilib berishingizga ishonamiz. Metallga naqshinkor ishlov berish asosan panjalar, darvozalar va hovli uchun zarur bo'lgan boshqa ko'plab buyumlarda ishlatladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki biz sizlarga eng ko'p foydalaniladigan asosiy uskunalarni tavsiya etishga harakat qildik, sizning buyurtmangizga ko'ra boshqa turdagi uskunalarni ham olib kelishimiz mumkin.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Kuchlanish380v
Motor quvvati5,5kw
Ishlash tezligi380metr/soat
Tavsiya etiladigan profil60x60mm
Truba diametr o’lchami60mm
Og’irligi1050kg
O’lchami1980x710x1500mm
Kuchlanish380v50hz
Quvvat sarfi5-20kw
Ishlash tezligiMahsulot uchun 5-7 sekund
Tavsiya etiladigan prut35mm gacha
Yumaloq prut<F16mm
Tekis temir<10x50mm
Og’irligi230kg
O’lchami1250x620X1100mm
Quvvat sarfi2,2kw
Ishlash tezligiMahsulot uchun 5-9 sekund
Tekis temir<8x50mm
Og’irligi550 kg
O’lchami1000x700x1200mm
Og’irligi380kg
O’lchami1250x620x1100m
Quvvat sarfi1,1kw
Ishlash tezligiMahsulot uchun 10-18 sekund
Tavsiya etiladigan prut15mm 70mm gacha
Yumaloq prut<76mm
Og’irligi400kg
Quvvat sarfi3 kw
Ishlash tezligi3-5 sekundda bir mahsulot
Presslash kuchi25T
List qalinligi<2mm gacha
Og’irligi950kg
O’lchami1100*750*2050mm
Profil va tekis yuzali metallga naqsh bosish uskunasi(AX-M1)9300$
Metall prutlar qizdirish uchun pech(AX-M2)3300$
Metallga gidravlik gorizontal press yordamida ishlov berish uskunasi(AX-M3)3700$
Metallga egib aylana ishlov berish uskunasi(AX-M4)3700$
Metallni dekorativ bukish uskunasi(AX-M5)2900$
Qizdirilgan metal bosh qismiga pressli iz tushirish uskunasi(AX-M6)1700$
Profil hamda metal trubalarniu arkali bukib berish uskunasi(AX-M7)1450$
Umumiy narxi(QQS narxga qo’shilmagan Toshkentgacha yetkazib beriladi)31750$

Tavsif

PROFIL VA TEKIS YUZALI METALLGA NAQSH BOSISH USKUNASI (AX-M1)

Ushbu uskuna yordamida hosil qilingan narqshlar xuddi quyilgan naqshlar kabi ko'rinishga ega bo'ladi, ya'ni detaldan bo'rtib chiqib turishi bilan odamni o'ziga jalb etadi.

Siz mahsulot ko'rinishiuni o'zgartirish uchun undagi rolikli qolipni oz'zgartirishingiz kerak bo'ladi. Sizga kompaniyamiz tomonidan 15 xildagi qoliplar uskuna bepul qo'shib beriladi. Bu uskuna yordamida siz ko'plab mahsulotlarni bejirim ko'rinishda qilib ishlashingiz mumkin. Ayniqsa dabdabali darvozalar qilishda ushbu uskunadan qilingan ihslar anchagina foyda keltiradi.

https://youtu.be/Vs21AV1DDuc

METALL PRUTLAR QIZDIRISH UCHUN PECH (AX-M2)

Ushbu uskuna birmuncha qulay ishlangan bo'lib, o'zining oldingi avlodlaridan tezkorligi, tabiiy gaz o'rniga elektr tokidan foydalanishi bilan ajralib turadi. Qizdirib turib metallga shakl berish uchun yana qo'shimcha uskuna kerak bo'ladi, lekin eng muhimi siz ushbu uskuna bilan yuqori sifatli va juda tezkor holatda mahsulot chiqara olasiz. Ishlash jarayonida qizdirish temperaturasini nazorat qilishingiz. uskunani pedal yordamida boshqarishingiz mumkin.

https://youtu.be/1i5Cz01Va5g

METALLGA GIDRAVLIK GORIZONTAL PRESS YORDAMIDA ISHLOV BERISH USKUNASI (AX-M3)

https://youtu.be/N166sNyCI1c

METALLGA EGIB AYLANA ISHLOV BERISH USKUNASI (AX-M4)

Ushbu uskunamiz sizga asosan bezakli mahsulotlar yasashda qo'l keladi. Unda yasalgan bezaklarni siz asosan zinalar uchun va birir bir qismlarni o'rashda ishlatiladigan panjaralarda ishlatganingiz maqsadga muvofiq va bu sizning fantaziyangizga ko'proq bog'liq. Uskuna uchun 4 xil turdagi mahsulotlar uchun mo'njallangan qoliplar taqdim etiladi. Ushbu qoliplar bilan ham aylana ham to'rtburchak shaklli mahsulotlarni ishlatgan holda bejirim bezaklar ishlab chiqarish mumkin.

https://youtu.be/ylwfxbxzVpA

METALLNI DEKORATIV BUKISH USKUNASI (AX-M5)

Dekorativ bukish uskunasi ham asosiy uskunalardan hisoblanadi. Sababi siz gorizontal gidravlik bukish uskunasida qilingan mahsulotlarni o'rta qismlariga ya'ni ularni o'zaro birlashtirish uchun ushbu uskunada qilingan mahsulotlar sizga qo'l keladi. Bundan tashqari ushbu uskunaning o'zida chiqarilgan va bukilish burchaklari turlicha bo'lgan qismlarni birlashtirish orqali ham ajoyib naqshinkor bezaklar hosil qilishingiz mumkin. Sizga har xil diametrli bukishlarni amalga oshira olishingiz uchun uskunaga 4 xil qolip bepul qo'shib beriladi.

QIZDIRILGAN METALL BOSH QISMIGA PRESSLI IZ TUSHIRISH USKUNASI (AX-M6)

Qizdirilgan metallga hozirgi kunda eng mashhur bo'lgan baliqning dum qismi ko'rinishiga o'xshash iz tushirib berish uchun ushbu uskuna sizga zarur bo'ladi. Uskuna o'ziga o'rnatilgan mustahkam reduktor yordamida markazdan qochma kuch orqali bir biriga qarab harakatlanuvchi ikkita mustahkam val yordamida iz tushiriladi. Ishlash jarayon videosini kuzatish orqali siz ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz.

       

PROFIL HAMDA METALL TRUBALARNI ARKALI BUKIB BERISH USKUNASI (AX-M7)

Hozirgi kunda turli xildagi murakkab bezaklar uchun har xil arkali shakllar kerak bo'lmoqda. Arkali shakllarni hosil qilish uchun biz sizga quyidagi ixcham uskunani tavsiya etamiz. Ishlash uslubi yarim avtomatik bo'lgan ushbu uskunaga 9 xildagi qoliplar qo'shib beriladi. Ushbu uskuna yordamida truba hamda profillar uchun ishlatish mumkin bo'ladi.

   

PRESSLI SHTAMPLASH ORQALI DEKORATIV BEZAKLI MAHSULOTLAR CHIQARISH USKUNASI (AX-M8)

Turli xildagi gullar va barglarni metalldan hosil qilish uchun shtampli presslash uskunasi ishlatiladi. Shtampli presslashda har bir detal uchun alohida qolip yasaladi. Qoliplar narxlari uning murakkabligidan kelib chiqqan holatda 400$ dan 1500$ gacha bo'lishi mumkin.

Biz sizlarga yuqorida tavsiya etgan uskunalar yordamida o'z biznesingizni bemalol boshlashingiz mumkin. Imkon qadar sizlarga uskunalarni to'liq holda tavsiya etishga harakat qildik. Agar sizda boshqa qo'shimcha mahsulotlar uchun uskunalar zarur bo'lsa, biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin.