AFEX
Mix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011
Metallga ishlov berish

Mix ishlab chiqarish uskunalari AF-L011

SKU: AF-L011

Ko'pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

 
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
ModelAPL560/APL480
Kiruvchi sim diametric(MAX)6,5mm
Chiquvchi sim diametric(MIN)1,2mm
Quvvat sarfi88kw/soat
Ishlash tezligi50-60m/min
Mator turiInvertor
Boshqaruv paneliPLC+buttom
ModelHF2000
Ichki temperature950C
Ishchi temperature850C
Quvvat sarfi120kw/soat
Issiqlik saqlovchi qism uchun35kw/soat
Qizdirish vaqti2-3 soat
Boshqaruv panelPLC+buttom
Ishlab chiqarish hajmi2 tonna/bir martada
ModelTR6
Kuchlanish380v50hz
Quvvat sarfi3kw/soat
Sim diametri6,5-2mm
ModelDH 6.5
Og’irligi150kg
Quvvat sarfi10kw/soat
Sim diametric6,5-2mm
ModelAF-1C
Og’irligi560kg
Quvvat sarfi1,5kw/soat
Sim diametric(MIN)0.9mm
Sim diametric(MAX)1,6mm
O’lchami1440*1040*1270mm
Ishlash tezligi450 dona/min
ModelAF-2C
Og’irligi1200kg
Quvvat sarfi2,2kw/soat
Sim diametric(MIN)1.2mm
Sim diametric(MAX)2.8mm
O’lchami1640*1215*1370mm
Ishlash tezligi350 dona/min
Mixning uzunligi20-60mm
ModelAF-3C
Og’irligi1400kg
Sim diametric(MIN)1.8mm
Sim diametric(MAX)3.8mm
O’lchami1990*1200*1250mm
Ishlash tezligi300 dona/min
Mixning uzunligi25-85mm
ModelAF-4C
Og’irligi1700kg
Quvvat sarfi4kw/soat
O’lchami2200*1400*1350mm
Ishlash tezligi190 dona/min
Mixning uzunligi30-110mm
ModelAF-5C
Og’irligi1900kg
Quvvat sarfi5,5kw/soat
Sim diametric(MIN)3mm
Sim diametric(MAX)6mm
O’lchami2800*1500*1550mm
Ishlash tezligi170 dona/min
Mixning uzunligi70-170mm

Tavsif

SIM CHO'ZISH USKUNASI

Mix ishlab chiqarish biznesidan ko'proq daromad olishni istagan tadbirkorlar diametri 5,5mm lik sim sotib olishadi va uni o'zlariga kerakli diametrda cho'zib olishadi. Ushbu jarayonda simning massasi oshib yoki kamayib qolmaydi. Bu liniyada siz har xil diamterdagi simlarni sotish orqali ham daromad ko'rsangiz bo'ladi, diametri qalin sim bilan diametri qalin bo'lmagan sim narxlari o'rtasida tafovvut mavjud. Sizga tavsiya etadigan sim cho'zish liniyasi 5,5mm dan 1,2 mm ga qadar cho'zib bera oladi. Sim cho'zish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda 2 mm gacha cho'zib beriladi.

SIM QIZDIRISH PECHI

2 mm gacha cho'zib olingan simlar qizdirish pechiga tiqiladi va 850 C haroratda 2-3 soat ushlab turiladi. Ushbu jarayon simning cho'ziluvchanligini oshirib berish uchun xizmat qiladi. Ushbu jarayonni yakunlashda siz yana sim cho'zish uskunasi orqali 1,2 mm gacha bo'lgan diametrgacha cho'za olasiz.

TIP ROLLER

Tip roller uskunasi sim uchini cho'zish uskunasiga tayyorlab beradi, ya'ni uch qismini yapaloq shaklga keltirib uni barabanda yaxshi aylanadigan holatga olib kelib beradi.

 

SIM PAYVANDLASH USKUNASI

Sim payvandlash uskunasi ham sim cho'zish jarayonida ishtirok etadi. Ushbu uskuna sim o'ramida sim kamaygan paytda uni yangi sim o'ramidagi simning uchiga payvandlash orqali ulab beradi. Shundan so'ng sim uzilgan bo'lib qolmaydi.

MIX CHIQARISH USKUNALARI

Tayyor bo'lgan sim g'altaklari mix chiqarish uskunasiga qo'yiladi. Sizga qanday o'lchamda mix kerakligiga qarab mix chiqarish uskunasini tanlashingiz mumkin. Hamma turdagi mixlarni chiqarish istagida bo'lsangiz u holda quyida tavsiya etiladigan uskunalarni xarid qilishingiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

SAYQALLASH USKUNASI

Mix chiqarish uskunasidan mix chiqqach u yaxshilab sayqallanadi. Sayqallash jarayonida sizning mixlaringiz yarqiroq holatga kelib, mijozlar uchun ortiqcha savollar tug'ilishi oldi olinadi. Sayqallash jarayonida shuningdek mix ishlab chiqarish jarayonida pichoq tezligi oqibatida yuz berigan xatolik ya'ni uch qismini yaxshi ochilmay qolishi kabi muammolar bartaraf etiladi.

CHARXLASH USKUNASI

Mix uskunasi metall bilan muntazam ishlash natijasida unga o'rnatilgan pichoqlarni tez-tez charxlab turish zarurati tug'iladi. Pichoqlar o'ziga xos turga ega bo'lganligi uchun ularni maxsus charx yordamida charxlash tavsiya etiladi.

Yuqorida tavsiya etilayotgan liniya yordamida siz har qanday o'lchamdagi mixlar va simlarni chiqarish imkoniga ega bo'lasiz. Mix ishlab chiqarish yaxshi daromadli soha ekanligini anglagan holda biz sizga malakali texnolog hamda ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo simlarni topishda ko'maklashamiz. Albatta yuqoridagi liniyani sotib olish uchun ba'zi tadbirkorlarimizda boshlang'ich mablag' yetarli bo'lmasligi mumkin, ana shunday hollarda sizlarga mix chiqaradigan uskuna, sayqallash uskunasi va charx olishni maslahat beramiz. Sizga kerakli diametrdagi simlarni esa biz ushbu liniyani to'liq sotgan joylarimizdan arzon narxlarda shartnomalar tuzib berishni o'z zimmamizga olamiz.

Yuqoridagi liniya uchun quyidagi talablarni xaridor bajarishi lozim bo'ladi:

  • 150 m2 dan kam bo'lmagan yopiq joy
  • 2 nafar ishchi
  • 380 v 50 hz kuchlanishli xona ichida joylashga tarmoq shiti
  • Injener texnolog talab qilgan boshqa kichik talablar

Kichik liniya haqida video rolik

https://youtu.be/idYZTQ3s2OM

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish