
Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasi AF-L017
Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste'mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a'zolariga birdek manzur bo'ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o'sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma'lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko'proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so'nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o'sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.
Texnik xususiyatlar
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220V 50Hz |
| Tezlik boshqaruvi | 2 bosqichda |
| Quvvat sarfi | 3kw/soat |
| Sig’imi | 60L |
| Qozon materiali | SS308 zanglamas metal |
| Xamir qorish tezligi | 12 daqiqa |
| Un sig’imi | 25kg |
| XAmir sig’imi | 35 kg |
| O’lchami | 910x570x1090mm |
| Og’irligi | 180kg |
| Kuchlanish | 220V 50 Hz |
| Quvvat sarfi | 1,5kw/soat |
| Tezligi | 1400r/daqiqa |
| O’lchami | 554x382x740mm |
| Og’irligi | 45kg |
| Qiymalash hajmi | 2000kg/soat |
| Kuchlanish | 220v 50 Hz |
| Tezligi | 750r/daqiqa |
| O’lchami | 870x520x830mm |
| Og’irligi | 130 kg |
| Hajmi | 60L |
| Kuchlanish | 220V/380V 50Hz |
| Tezligi | 4800-6000 dona/soat |
| Uskuna o’lchami | 1100x530x1000mm |
| Og’irligi | 190kg |
| Qoliplar soni | 2 xil |
| Qo’shimcha qolip buyurtma qilish | Mumkin (qolip shakliga ko’ra narxlanadi) |
| Quvvat sarfi | 1,8kw/soat |
| Temperatura | -35; -40C |
| Uskuna o’lchami | 840x850x1660mm |
| Og’irligi | 150kg |
| Podnoslar soni | 10 dona |
| Freon turi | R404a |
| Ishlatilish sohasi | Meva, sabzavotlar, baliq, go’sht mahsulotlari, chuchvara, manti ba boshqa shu turdagi mahsulotlar |
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Quvvat sarfi | 1,4kw/soat |
| Dazmollash tezligi | 0-12m/daqiqa |
| O’lchami | 1020x480x1065mm |
| Og’irligi | 84kg |
| Plyonka maksimal qalinligi | 0.08mm |
| Gaz turi | Azot |
| Ishlatilish sohasi | Havoni so’rib, azot gazi bilan to’ldiradi va qadoqlaydi. Oziq ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt sifatli saqlanishiga olib keladi |
Tavsif

Chuchvara tayyorlash uchun ishni dastlab yaxshilab elab olingan undan xamir tayyorlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Biz sizlarga yuqori intellektual boshqaruv tizimiga ega bo'lgan, PLC boshqaruvli xamir qorish uskunalarini keng assortimentda taqdim eta olamiz. Bu ishlar sizga kelgusida mahsulotingiz sifatli chiqishi, xamirning sifatli qorilishiga olib keladi.
XAMIR QORISH USKUNASI

GO'SHT QIYMALASH USKUNASI
Chuchvara ichiga siz xaridor talabidan kelib chiqib: qovoqdan, rayhondan va go'shtdan tayyorlashingiz mumkin. Bunda sizga go'sht qiymalagich lozim bo'ladi. Sizga taqdim qiladigan go'sht qiymalagich yordamida siz parrak qilib yoki qiymalangan holatda chiqarish imkoniga egasiz.

QIYMA UCHUN MIKSER USKUNASI
Qiyma uchun kerakli bo'lgan ziravorlar va boshqa qo'shimchalar bilan yaxshilab aralashtirilishi lozim. Bu jarayonni esa to'la zanglamas metalldan ishlangan quyidagi uskuna yordamida bajaramiz.

CHUCHVARA FORMALASH USKUNASI
Tayyor bo'lgan xamir hamda yaxshilab aralashtirib tayyorlangan qiymani formalash uskunasiga joylaymiz. Xaridor chuchvara shaklini va uning o'lchamini buyurtma vaqtida tanlaydi. Bir dona chuchvara o'rtacha og'irligi 8-10gr ni tashkil qiladi. Agar xaridorlar Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan formalash uskunasini xarid qilish istagida bo'lsalar, biz Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan uskunalarni ham olib kelish imkoniga egamiz.



SHOK MUZLATISH USKUNASI
Ushbu uskuna ko'pchilikka notanish bo'lishi mumkin, lekin sizning mahsulotingiz sifatini belgilovchi asosiy uskunalardan biri sanaladi. Uskunaning vazifasi siz unga joylagan chuchvaralarni tez fursatda -40C gacha muzlatib berishdan iborat. Tezda muzlatilgan holatda mahsulot o'z shaklini va uni ichidagi foydali mikroelementlarni yo'qotmaydi.
AZOT GAZLI QADOQLASH USKUNASI
Mahsulotingizni shok muzlatgichdan olgach uni qadolash lozim bo'ladi. Ba'zi ishlab chiqaruvchilar avval qadoqlab keyin muzlatish lozim deb hisoblaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, muzlatmasdan qadoqlansa uni shakli deformatsiyaga uchraydi va xaridorlaringiz ishonchini yo'qolishiga olib kelinishi mumkin.







