AFEX
Non ishlab chiqarish liniyasi
Oziq ovqat

Non ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60dc60dc0bd70c3893591850
Xalqimiz azal-azaldan nonni ulug`lab kelgan. Non o`zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biridir. Shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, texnologiyalar va rivojlanishlar har bir sohaga kirib kelgan. Quyidagi uskunalarimiz ham aynan, non ishlab chiqarishni rivojlantirishga hissa qo`shadi degan umiddamiz.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Tavsif

Xamir qorish uskunasi

Demak, bizga eng birinchi navbatda xamir qorish uskunasi kerak bo`ladi. Biz sizga yuqorida rasmi keltirilgan xamir qorish uskunalari (mishalka)ni taklif qilishimiz mumkin. Uskunaning texnik ko`rsatkichlari quyidagi rasmda keltirilgan.

Xamir tindirish shkafi

Yurtimizda, odatda, novvoylar xamirni ochiq sharoitda tindirishadi, ya`ni hech qanday uskunalardan foydalanishmaydi. Ushbu uskunamiz esa xamirlaringizni oz fursat ichida yuqori sifatda tindirib berishga qodir. Xamir tindirish jarayoni o’rtacha 25-30 daqiqa vaqt oladi va bu vaqt davomida sizda yana xamir tayyorlab olish uchun vaqt topiladi.

Nonni press-formalash uskunasi

Ishlab chiqarish liniyamizning eng asosiy uskunasiga ham yetib keldik. Uskunaning ishlash prinsipi quyidagicha: uskunaning yuqori qismidan tayyor oshirtirilgan xamir solinadi. Uskunaning o`zi belgilab qo`yilgan og`irlikdagi xamirlarni dumaloq shaklda tashlab beradi. Keyin esa uskunadagi qolipli press xamirlarni yoyib beradi. Shu o`rinda ba`zi bir ma`lumotlarni eslatib o`tish maqsadga muvofiq. Uskuna yordamida turli xil qalinliklardagi nonlarni ishlab chiqara olasiz. Qolipga esa siz o`zingizning brendingizni yoki turli xil ma`lumotlarni (ism, telefon raqam) kiritishingiz mumkin. Bu har bir uskuna individualligini bildiradi. Uskunadagi press qoliplarni o`zgartirish mumkin. Buning uchun ko`p kuch talab etilmaydi. https://youtu.be/Gny9ikFCoYg   Shu o`rinda uskunaning bir xususiyatini ham sanab o`tish maqsadga muvofiq: Uskunaga qo`shimcha to`lov orqali boshqa qismlar qo`shsangiz siz non ichiga boshqa mahsulotlarni ham solishingiz mumkin. Misol uchun go`shtli, yalpizli nonlar tayyorlash mumkin. Yuqorida joylashtirilgan rasmlardagi qismlarning vazifasi shulardan iborat.  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish