AFEX
Oqqand ishlab chiqarish liniyasi AF-L33
Oziq ovqat

Oqqand ishlab chiqarish liniyasi AF-L33

Oqqand xalqimiz va boshqa xalqlar tomonidan uzoq yillardan beri iste'mol qilinib keladigan Mahsulotlar sirasiga kiradi. Har bir yo'nalishga kirgani kabi oqqand ishlab chiqarish biznesiga ham zamonaviylik kirib keldi. Endilikda siz bolalar uchun sevimli bo'lgan oqqandli boshqa shakllarda va hatto rangli qilib chiqarish imkoniga ega bo'lasiz. Shuningdek ushbu uskuna yordamida siz presslangan kofe tabletkasi, tabletka shaklida osh tuzi va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi. Shuni alohida aytish joizki ushbu uskuna ishlab chiqarish tezligining yuqori ekanligi va kam joy talab qilishi bilan ajralib turadi. Siz an'anaviy uskunalarda e'tibor bersangiz uzun quritish tunneliga ko'zingiz tushgan va endi bizning liniyada oqqandni quritishga xojat yo'q, chunki unga suv qo'shilmaydi va yuqori bosim ostida shaklga keltiriladi. Shu sababdan ishlab chiqarish xarajatlari elektr tejamkorligi evaziga bir muncha past.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqaruvchiXitoy
Sig'imi60L
Energiya turiElektr
Kuchlanish380 V
Elektr energiya sarfi1,5Kw/soat
O'lchami600*600*900mm
Presslash tezligi9600-18000 dona/soat
Elektr energiya sarfi2,2Kw/soat
Bosim40 / 60KN
Maksimal qalinligi6mm
Maksimal diametr16-20mm
O'lchami640*480*1100mm
MaterialZanglamas metal 304
Og'irligi260kg
ModelAF-SCM
Elektr energiya sarfi2,5Kw/soat
Og'irligi500 Kg
XomashyoShakar, Oziq ovqat uchun rang, kofe, quruq sut va boshqa kukunli mahsulotlar
MaterialZanglamas metal sus304
O'lchami1100*800*1600mm
Mator turiInvertor
Elektrodvigatel1,5 kw 1500rpm
Ishlash tezligi15000-27000 dona/soat

Tavsif

SHAKAR MAYDALASH UCHUN DROBILKA

Uskuna to'liq zanglamas metalldan ishlangan bo'lib, oziq ovqat talablariga to'liq javob beradi. Uskuna ishlash jarayoni juda sodda ishlangan bo'lib, bu sizdan ortiqcha maxsus bilim talab etilmaydi. Uskuna ichidagi to'rli plastinkani almashtirish orqali chiquvchi mahsulot o'lchamini o'zgartirish mumkin.  

Texnik xususiyatlari

 

SHAKAR KUKUNI UCHUN MIKSER

Agar siz shakar kukuniga hech nima qo'shish niyatingiz bo'lmasa u holda sizga mikserning keragi yo'q. Mikser asosan oqqandga Kofe, quruq sut, rang yoki boshqa qo'shimchalar qo'shish uchun kerak bo'ladi. Mikser sig'imi 60L bo'lganligi sababli uni doimiy ishlatish zarurati bo'lmaydi. Uskuna to'liq gigienik talablarga mos keladi va zanglamas metalldan ishlangan. Metal qalinligi uning ishlash davomida tebranmasligini ta'minlab beradi.

OQQAND FORMALASH USKUNASI

Formalash uskunasiga kukun holiga keltirlgan shakarni yoki unga aralashtirilgan boshqa kukunsimon qo'shimcha qo'shilgan aralashmani kerakli shaklda presslab beradi. Uskunani buyurtma berish jarayonida AFEX-GROUP kompaniya xodimlari bilan qoliplar ko'rinishini kelishib olishingiz lozim. Uskunaga mijoz so'ragan ko'rinishdagi bir komplekt qolip bepul beriladi va qo'shimcha qoliplar pullik. Uskuna servo motor bilan jihozlangan va tezlik regulyatori sifatida invertordan foydalanilgan.

Texnik xususiyatlari

Umumiy ma'lumotlar

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish