AFEX
Paxta va kungaboqar yog'i ishlab chiqarish liniyasi (8-10T/sutkasiga xomashyodan)
Yog' moy uskunalari

Paxta va kungaboqar yog'i ishlab chiqarish liniyasi (8-10T/sutkasiga xomashyodan)

SKU: 60b1de8f0bd70c56676721e6
Yurtimizda yog' ishlab chiqarishni yangi sifat bosqichiga ko'tarish va ishlab chiqaruvchilarni to'liq siklda ishni tashkil etishlarini nazorat qilish maqsadida Prezidentimizning PF-6094 27.10.2020 sonli farmoni e'lon qilindi. Undagi asosiy o'zgarishni quyidagicha:  
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqaruvchiXitoy
ModelDCM500
Energiya turiElektr
Kuchlanish380V
Elektr energiya sarfi7,5kw/soat
Og’irligi110kg
XomashyoChigit
O’lchami1300*600*1200mm
MaterialCR38metall
Ishlash tezligi sutkasiga450-500kg/soat chigit
ModelAFX Separator 500mm
Kuchlanish380 V 50hz
Elektr energiya sarfi11kw/soat
Og’irligi940kg
Ishlash quvvati800-1000 kg soat
O’lchami1200*900*1600mm
MaterialKarbon metall
ModelAFX FLAKER 500mm
Kuchlanish380V 50hz
Ishlash quvvati800-1000kg soat
ModelAFX COOKER 3 P
Kuchlanish380V50hz
Elektr energiya sarfi3 kw/soat
Og’irligi1140kg
Par bosimi10BAR(1Mpa 100 kg/soat_
O’lchami1200*1200*2400mm
MaterialKarbon metal
Qizdirish usuliPar yordamida
Model6YL-130
Elektr energiya sarfi18,5 Kw/soat
Og’irligi580 kg
XomashyoChigit,kungaboqar pistasi,kunjut,masxar va boshqa dukkakli mahsulotlar
Ishlay olish harorat oralig’i20C-150C
O’lchami1710*700*1650
MaterialCR38 metall
Elektrodvigatel18,5 kw 1500 rpm xaridor tomonidan alohida olinadi
Ishlash tezligi sutkasiga8 T chigit
ModelAX-3000
Elektr energiya sarfi5,5 kw/soat
Og’irligi140kg
Par bosimi10 Bar(1 Mpa 200kg/soat)
O’lchami5000*700*2400mm
MaterialSUS304 zanglamas metal
ErituvchiEtanol95%,Geksan,Ekstraksiya benzini
ModelTD-26
Elektr energiya sarfi1,5kw/soat
Og’irligi160kg
XomashyoPaxta yog’I,kungaboqar yog’I,kunjut yog’I,masxar va boshqa dukkakli mahsulotlar yog’lari uchun
Ishlay olish harorat oralig’i20C-70C
O’lchami1200*800*1050
Elektrodvigatel1,5kw 1500rpm qo’shib beriladi
Ishlash tezligi300-350L/soat
ModelGL-2000
Elektr energiya sarfi54kw/soat(Parogenerator bilan birga)
Og’irligi1180kg
XomashyoChigit,kungaboqar,kunjut yoki soya yog’i
O’lchami6000*1500*2400mm
Ishlash tezligi sutkasiga2000L gachayog’ni qayta ishlay oladi
Ishlab chiqarilganXitoy
Kuchlanish220v 50hz

Tavsif

“paxta texnik chigiti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar paxta texnik chigitini to‘liq texnologik sikl (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)da qayta ishlab olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga. Bunda, tayyor paxta moyi ishlab chiqarishga gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlarini olish uchun paxta texnik chigiti tuman yoki shahar hokimining foydalanishga topshirish dalolatnomasi asosida mulkchilik shaklidan qat’i nazar mahalliy korxonalarga 5 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan paxta texnik chigitini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. Shundan kelib chiqqan holda bizning kompaniyamizga ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Siz tadbirkorlarni manfaatlarini o'ylagan holda jamoamiz bilan maxsus buyurtma asosida Xitoy zavodlarida tayyorlangan to'liq siklda ishlovchi ixcham liniyani tavsiya etmoqdamiz.

MAHSULOT YETKAZIB BERUVCHI ELEVATOR  (4 dona)

Elevatorlarning asosiy vazifasi mahsulotni bir bosqichdan boshqa bosqichga yetkazishdir. Elevator balandligini sizning binongiz balandligi bilan moslashtirish mumkin. Biz sizga taklif qiladigan liniya uchun 4 dona elevator zarur bo'ladi. Mijoz talabiga ko'ra elevatorni shnekli elevatorga ham almashtirish mumkin.

CHIGITNI DISKLI CHAQIB BERISH USKUNASI

Chigitdan yog' olish uchun qo'yilgan talabga ko'ra uni avval chaqib olish zarur bo'ladi. Chaqish uchun diskli chaqish uskunasidan foydalaniladi. Chaqilgan mahsulot chigit po'sti (shulxa) va mag'ziga ajratib olish uchun keyingi bosqich ya'ni aylana elakka o'tqiziladi.  

CHIGITNI PO'STINI (SHULXA) VA MAG'ZINI AJRATIB BERUVCHI 2 BOSQICHLI SEPARATOR

Chaqib beruvchi uskunadan chiqqan chigit magzidan ajratib olish uchun maxsus 2 bosqichli elash jarayonidan o'tadi. Ushbu uskuna chigit mag'zini 93-97 foizgacha ajratib bera oladi. Bu siz ishlatadigan chigitning tuklilik darjasiga bog'liq. Uskunada 2 ta chiqish joyi bo'lib biridan chigit po'sti ya'ni shulxa hamda 2 chisidan chigit mag'zi chiqadi. Chigit mag'zi keyingi bosqichga o'tadi.  

CHIGIT MAG'ZINI YANCHIB BERISH USKUNASI

Chigit mag'zini yanchish uskunasi chigitni maydalab beradi. Bunda chigitdan yog' ajralib chiqishi osonlashadi. Chigit mag'zi ikkita silliq val orasidan o'tib, yoyib beriladi. Sizga kerakli hajmga qadar siqish imkoniyati mavjud.  

CHIGIT MAG'ZIGA GIDROTERMIK ISHLOV BERISH USKUNASI (3 Bo'lmali)

 

YOG' OLISH UCHUN MAXSUS PRESS (AX-130M)

Press uskunasi sizning mahsulotingizdan yog' siqib olish uchun ishlatiladi. O'rtacha yog' ning yemda qoldiq miqdori 5-5,5% ni tashkil qiladi. Masalan chigitdan yog'ni olish foizi 16% gacha tashkil qilinadi. Uskuna komplektida zavodda ishlab chiqarilgan maxsus 22kw lik mator bilan jihozlangan.  

EKSTRAKTSIYALASH USKUNASI

Yog' presslash uskunasidan yog' va kunjara chiqadi. Kunjarada qolgan 5-6% miqdoridagi yog'ni olish uchun ekstraksiyalash uskunasi ishlatiladi. Ekstraksiyalash jarayoni Geksan yoki Etanol 95% li yordamida eritiladi. Mitselladan yog' qizidirish va vakuum yordamida olinadi. Hosil bo'lgan shrotda 0,5-1% miqdorida yog' qoladi. Ekstraksiya jarayoni Etil spirti yordamida bajarilgani uchun undan olingan yog'ni rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash orqali iste'mol qilish mumkin. Etil spirti yog' tarkibidan tez va to'liq uchib ketadi. Uskuna to'liq portlashga qarshi shitlar va matorlar bilan jihozlangan. Ekstraksiyalash uskunasi uchun xaridor tomonidan qilinishi lozim bo'lgan ishlar:
  • Erituvchi (Geksan yoi Etanol 95% dan yuqori) saqlash uchun idish va montaj trubalari
  • Sovutish uchun suv va kondensatsiyalash uchun sovutish minorasi yoki chiller
  • Suv uchun nasos
  • Beton konstruksiya va alohida ishlar uchun talab asosida maxsus joy
 

YOG' UCHUN PLASTINKALI RAMALI FILTR (350 model)

 

MAXSUS NASOS (3 dona)

Maxsus nasoslar yog'ni filtrdan chiqqach keyingi bosqichga va undan so'ng qadoqlash uchun transportirovka qilish maqsadida ishlatiladi. Ushbu nasoslar 380v 50 hz kuchlanishda ishlaydi va quvvat sarfi 3kw/soat ni tashkil qiladi.

YOG’ RAFINATSIYALASH,NEYTRALIZATOR, OQARTIRISH VA DEZODORATSIYALASH USKUNASI GL-2000

Rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash jarayonlari bu yog'ning sifatini belgilab beruvchi asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. quyida sizlaga uskuna qanday qismlardan tashkil topganligi va vazifasini qisqacha tushuntirib o'tamiz
  1. Rafinatsiyalash tankeri- issiq suv yordamida yog'ni degumminizatsiya qilish uchun
  2. Dioksidlash Neytralizator tankeri- Ishqor yordamida neytrallashtirish uchun
  3. Oqartirish tankeri- qum yordamida chokindilardan tozalash, rangini oqartirish
  4. Filter- yog'dagi cho'kindi mahsulotlarni o'zida ushlab qoladi
  5. Dezodoratsiya tankeri- Yog'dagi noxush hidni yo'qotadi
  6. Parogenerator- dezodoratsiya jarayoni uchun tankerni qizdirish uchun
  7. Filtr- istemolga chiqishdan oldingi so'nggi filtratsiya uchun
  8. Katcher- zararli moddalarni tutib qolish uchun
  9. Issiq suv va ishqor uchun tanker
  10. Oqartirish xomashyosi va qoldiq mahsulot uchun tanker
  11. Nasos-filtrdan oqartirish tankeriga o'tkazish uchun
  12. Vakuumli nasos- Tankerda vakuum holatini hosil qilish uchun
  13. Boshqaruv paneli
  14. Nazoratni osonlashtirish uchun zinapoyalar va platforma
 

Yog'ni UF sterillash uskunasi

Qadoqlashdan oldin yog'ni sterillash maqsadga muvofiq. Sovutilgan holatda qadoqlashdan oldin sterillash qismdan o'tgan holatda qadoqlash uskunasiga yo'naltiriladi.  

YOG' UCHUN MINI LABARATORIYA USKUNASI

Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o'tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo'ladi.  

YOG' QADOQLASH UCHUN PET IDISHLAR ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

PET idishlar paxta yog'i va kungaboqar yog'i uchun asosiy qadoqlash mahsuloti bo'lib qolmoqda. PET idishlarni ishlab chiqarish uchun sizga PET kapsula kerak bo'ladi, uni esa yurtimizning turli hududlaridan topish mumkin.  

YUQORI BOSIMLI MAXSUS KOMPRESSOR

 

YOG' IDISHGA TO'LDIRISH VA QOPQOQ YOPISH USKUNASI

Baklashkalar tayyor bo'lgach ularni yog' bilan to'dirib, qapqoq yopilib tayyor mahsulot ko'rinishiga keltiriladi. Uskuna 1l-dan 5L gacha idishlarga quyib bera oladi  

PARAGENERATOR (BUG' QOZONI)

Bug' qozoni asosan Ekstraksiya uskunasi hamda chigit mag'ziga gidrotermik ishlov berish uskunasi uchun bug' yetkazib beradi.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish