AFEX
o'simlik yog'i ishlab chiqarish liniyasi (sutkasiga 6-8T xomashyo) AF-L026
Yog' moy uskunalari

o'simlik yog'i ishlab chiqarish liniyasi (sutkasiga 6-8T xomashyo) AF-L026

SKU: 60b1dfbb0bd70c2ed7369c5d

Yurtimizda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlardan ruhlangan holda siz tadbirkorlarga AFEX-GROUP kompaniyasi navbatdagi paxta chigitidan ixcham o'simlik yog'i shlab chiqarish liniyasini tavsiya etmoqda. Shu kungacha paxta yog'i ishlab chiqarish "O‘zpaxtayog‘" AJ ga tegishli bo'lib, xususiy tadbirkorlarga paxta yog'i ishlab chiqarishga ruxsat yo'q edi. Prezidentimizning 2018 yil 17 yanvardagi qaroriga ko‘ra, endilikda monopolist korxonalar tomonidan 27 nomdagi yuqori likvidli mahsulotlar bozor tamoyillari asosida faqat birja savdosi orqali sotiladi. Bu mahsulotlar orasida chigit mahsulotining ham borligi kishini quvontiradi. Biz bugun sizlar uchun yurtimizda eng xaridorgir mahsulotlardan biri salangan paxta yog'i ishlab chiqarish liniyasi haqida ma'lumot berishga harakat qilamiz. Sizlarga quyida tavsiya etadigan liniyamizda siz iste'mol uchun yaroqli bo'lgan paxta yog'i ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi.

Xaridorlar talabiga ko'ra qo'shimcha haq evaziga Ekstraksiya va Deporafinatsiya qismlarini ham qo'shishimiz mumkin. Ushbu tavsiya etiladigan liniyamiz orqali siz boshqa turdagi xomashyolardan ham jumladan: kungaboqar pistasi, bodom. kunjut va boshqalardan sifatli yog' olishingiz mumkin bo'ladi

 
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
Kuchlanish220V50hz
Quvvat sarfi1,1kw
MaterialSS208 zanglamas metal
Truba diametric110mm
Og’irligi190kg
Ko’tarib berish balandligi2,5m
Ishlab chiqarish hajmi300kg/soat
Quvvati1.5Kv
Elektr isitish30*1300w
Og’irligi410kg
O’lchami2420*1200*1300mm
Ishlab chiqarganXitoy
Kuchlanish380v50hz
Quvvat sarfi15kw
MaterialCarbon metal va SS208 zanglamas metal
Modeli110
Og’irligi680kg
Ishlab chiqarish hajmi250-300kg/soat
Quvvat sarfi3kw
MaterialCarbon metal
ModeliCPF-10
Og’irligi320kg
Ishlab chiqarish hajmi300-400L/soat
Ishlash temperaturasi0-150C
Quvvat sarfi59,55kw/soat
MaterialSS zanglamas metal
ModeliHLX-500L
Og’irligi2320kg
Ishlab chiqarish hajmi500L/bir martada(8-10 soat)
O’lchami5200mm*1300*1450mm
Kuchlanish220v50hz
Quvvat sarfi500w/soat
Material304 SS zanglamas metal
Og’irligi30kg
Ishlab chiqarish hajmi500L/soat
Ishlash temperaturasi5-60C
Quvvat sarfi4kw/soat
MaterialCarbonmetall
Og’irligi140kg
Havo chiqarish hajmi826L/min
O’lchami159*59*98cm
Quvvat sarfi2kw/soat
MaterialCarbon metal va zanglamas metal
Og’irligi70kg
Yog’ chiqarish hajmi1-800m3
Ishlash temperaturasi20-320C
Ko’tarish balandligi10-130m
Quvvat sarfi0,2kw/soat
MaterialABS plastic
Og’irligi12kg
Aniqlash tezligiMax 2,4 kg/min
O’lchami320*240*180mm
Ko’rsatgichlar10 1mg suv,±0.2%;1mg suv,<±0.3%
Ishlab chiqarish hajmi1000kg/24soat
Quvvati3.75 kw
Ichki hajmi500L
Idish diameteri800mm
MaterialSS 304
Kuchlanish380 V 50Hz

Tavsif

Loyiha uchun kerak bo'ladigan ishchi maydon: 150 m2

Ombor uchun tavsiya etilagigan maydon: 200 m2 va undan kattaroq

Energiya turlari: Suv va elektr toki

Umumiy quvvat sarfi: 92kw/soat

Ishchilar soni: 4 nafar

Kanalizatsiya tizimi: zarur

Keling dastavval sizlarga uskunalar ketma ketligi bilan tanishtirib chiqsak: Chigitni pressga ko'tarib beruvchi maxsus shnekli tansportyor Semechka qovurish uskunasi Chigitdan yog' olish uchun maxsus press (110 model) Vertikal bosim ostida filtrlash uskunasi Rafinatsiyalash uskunasi par berish uskunasi bilan birga (komplekt holatda sutkasiga 2,5T gacha) Yog'ni UF sterillash uskunasi Yog'ni transportatsiya qilish uchun maxsus zanglamas nasoslar 3 dona Mahsulot uchun PET idishlar shishirib berish uskunasi Yog' sifatini aniqlash uchun mini kompyuterli labaratoriya Deparafinizatsiyalash (vimorozka) uskunasi PET idishga quyib berish uskunasi PET idishga qopqoq yopish uskunasi PET idishga yarim avtomatik yopishqoq yorliq yopishtirish uskunasi Rafinatsiyalash jarayoni uchun paragenerator Havo kompressori 2 dona

Endi sizlar uchun yuqoridagi uskunalar bilan batafsil tanishtirib o'tamiz.

Chigitni pressga ko'tarib beruvchi maxsus shnekli tansportyor

Ushbu uskuna chigitni maxsus pressga chiqarib berish uchun xizmat qiladi. Uskuna ishlash jarayonida tiqilib qolmasligi uchun unga maxsus vibrator ham o'rnatilgan bo'lib, kukunli mahsulotlarda ham ishlatish mumkin.

Semechka qovurish uskunasi

Chigitdan yog' olish uchun maxsus press (110 model)

Sovuq press rejimida yog' olish uchun mo'njallangan presimiz yordamida siz chigitdagi yog'ni 90-94% gacha olish imkoniga ega bo'lasiz. Uskuna CR13 mustahkam metalldan ishlangan bo'lib, ish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladi. Ushbu press yordamida kunjut, kungaboqar pistasi, yeryong'oq, bodom va boshqa mahsulotlardan ham yog' olish mumkin.

Vertikal bosim ostida filtrlash uskunasi

Vertikal yuqori bosimda filtrlash uskunasinign ichki qismi ko'p bosqichli filtrlardan iborat bo'lib, sanoat sohasida ishlatiladigan yog' filtr hisoblanadi. Ushbu filtr yordamida siz yuqori sifatli mahsulot va yuqori unumdorlikka ega bo'lasiz. Uskuna mustahkam metalldan ishlangan bo'lib ichki qism yuqori bosimga chidamli qilib ishlangan. Shuningdek uskunaning ichki qismidagi filtrlarni almashtirish ham birmumcha qulay ishlangan. Mahsulot sifati va gigiyenik jihatdan talablarga javob berad, sababi barchasi inson omilisiz yopiq holatda amalga oshiriladi.

Rafinatsiyalash uskunasi parogenerator bilan birga (bir martada 500L)

Rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash jarayonlari bu yog'ning sifatini belgilab beruvchi asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. quyida sizlaga uskuna qanday qismlardan tashkil topganligi va vazifasini qisqacha tushuntirib o'tamiz.

  1. Rafinatsiyalash tankeri- issiq suv yordamida yog'ni degumminizatsiya qilish uchun
  2. Dioksidlash tankeri- Ishqor yordamida neytrallashtirish uchun
  3. Oqartirish tankeri- qum yordamida chokindilardan tozalash, rangini oqartirish
  4. Vibratorli filter- yog'dagi cho'kindi mahsulotlarni o'zida ushlab qoladi
  5. Dezodoratsiya tankeri- Yog'dagi noxush hidni yo'qotadi
  6. Parogenerator- dezodoratsiya jarayoni uchun tankerni qizdirish uchun
  7. Filtr- istemolga chiqishdan oldingi so'nggi filtratsiya uchun
  8. Katcher- zararli moddalarni tutib qolish uchun
  9. Issiq suv va ishqor uchun tanker
  10. Oqartirish xomashyosi va qoldiq mahsulot uchun tanker
  11. Nasos-filtrdan oqartirish tankeriga o'tkazish uchun
  12. Vakuumli nasos- Tankerda vakuum holatini hosil qilish uchun
  13. Boshqaruv paneli

Yog'ni UF sterillash uskunasi

Qadoqlashdan oldin yog'ni sterillash maqsadga muvofiq. Sovutilgan holatda qadoqlashdan oldin sterillash qismdan o'tgan holatda qadoqlash uskunasiga yo'naltiriladi.

HAVO KOMPRESSORI

Uskunaning bexato ishlashi uchun yuqori bosimli havo zaruriy qismlar uchun havo kompressori lozim bo'ladi.

YOG' UCHUN MAXSUS SENTRAFUGALI NASOS

Yog'ni quvurlar orqali transportatsiya qilish uchun bizga maxsus zanglamas nasoslar lozim bo'ladi.

YOG' UCHUN MINI LABARATORIYA USKUNASI

Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o'tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo'ladi.

Deparafinizatsiyalash (vimorozka) uskunasi

YOG' QADOQLASH UCHUN PET IDISHLAR ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

PET idishlar paxta yog'i va kungaboqar yog'i uchun asosiy qadoqlash mahsuloti bo'lib qolmoqda. PET idishlarni ishlab chiqarish uchun sizga PET kapsula kerak bo'ladi, uni esa yurtimizning turli hududlaridan topish mumkin.

YOG' IDISHGA TO'LDIRISH VA QOPQOQ YOPISH USKUNASI

Baklashkalar tayyor bo'lgach ularni yog' bilan to'dirib, qapqoq yopilib tayyor mahsulot ko'rinishiga keltiriladi. Uskuna 1l-dan 5L gacha idishlarga quyib bera oladi.

PET IDISHLARGA YORLIQ YOPISHTIRISH USKUNASI

Qadoqlash jarayoninign ajralmas qismlaridan biri bo'lgan ushbu uskuna mahsulotga o'zi yopishqoq yorliqni yopishtirib beradi. Uskuna 500ml dan 1,5l gacha hajmdagi idishlarga yorliq yopishtira oladi.

https://youtu.be/LuCh0JWJbIc

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish