AFEX
Paxta yostiqchalari (vatniy disk) ishlab chiqarish uskunasi
Qog`ozni qayta ishlash

Paxta yostiqchalari (vatniy disk) ishlab chiqarish uskunasi

Paxta yostiqchalari terini parvarish qilishda ajralmas aksessuardir. Yumshoq paxta materialidan tayyorlangan, ular kosmetikani olib tashlash, kosmetik vositalarni qo'llash yoki yuz terisini tozalash uchun ishlatiladi. Teshikchali tuzilishi tufayli ular suyuqliklarni samarali singdiradi va terini shikastlamasdan mayin tozalaydi. Foydalanish uchun qulay va turli o'lchamlarda mavjud bo'lgan paxta yostiqchalari har kuni terining salomatligi va go'zalligini saqlashga yordam beradi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Kuchlanish380V
Quvvati8 kw
Motor quvvati2.2 kw
Ishlab chiqarish tezligi500-800 dona/daq (material qalinligi va o’lchamiga bog’liq)
Xomashyo ruloni diametri600 mm
Kesish qatorlari soni4 qator
Boshqaruv paneliPLC ekran
Uskuna o’lchami4360x990x1710 mm
Bosh sxemalar boshqaruv qutisi1 dona
Quvvat kommutatori1 dona
2,2 kVt asosiy motor1 dona
Elektor konvertor (Преобразователь)1 dona
0,75 kVt servo motor1 dona
PLC boshqaruv paneli1 dona
Qolip1 to’plam
Haroratni nazorat qilish tizimi2 to’plam

Tavsif

Ishlash printsipi

Uskuna rulon shaklidagi tayyor xomashyodan pardoz uchun qo’llaniladigan paxta yostiqchalarini avtomatik ravishda ishlab chiqaradi. Rulon shaklidagi xomashyo yetkazish qismidan val qismiga o’tadi, val xomashyoga maxsus naqsh bosadi. So'ngra xomasyo qolip qismiga o’tadi. Qolip qizdirish yordamida rulonni kerakli o’lchamda paxta yostiqchlarga kesib beradi. So'ngi bosqichda yostiqchalar 4 qator bo'lib yig'iladi.  

Texnik xususiyatlari

 

Uskunada o’rnatilgan qurilma va mexanizmlar

Val naqshining turlari

https://youtu.be/Oi8zQfA7f7M

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish