
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Yengil sanoat
8-avlod Paypoq to`qish uskunasi robotli texnologiya AFX-8FTP
SKU: 60b094bd0bd70c22552fd796
Paypoq ishlab chiqarish uskunalarini tanlab olish ishlab chiqarish jarayonida futboldagi birinchi pasga o'xshaydi. Futbolchining trayektoriyasiga va ishonchiga qarab, qolgan barcha natijalar yakuniy hisobga olib boradi. Sizga paypoq ishlab chiqarish uchun uskunalarni ikki xil versiyasini taklif etadi: 7-avlod va 8-avlod to'qish uskunalari.
Narx
$14,900
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Ishlab chiqarilgan | Taiwan |
| Kuchlanish | 380v50hz(220v50hz buyurtma asosida) |
| Quvvat sarfi | 4,5 kw/soat |
| Funksiyalari | Yozgi,qishki,ayollar,erkaklar,bolalar,kalta paypoq,uzun paypoq,kalgotki |
| Silindr dyumi | 3,75 |
| Ignalar soni | 96;120;144;156;168;200 dona(xaridor talabiga binoan tanlanadi) |
| Motor | Servo Turbo(3,0 generation)with brake sustem |
| Avtomatik yog’lash tizimi | Mavjud |
| Uchki qismini avtomatik tikish | Mavjud |
| Tanlangan qismni o’zgartirish | Mavjud |
| Ranglar tanlash | Erkin holda 16 tagcag tanlash mumkin |
Tavsif
AFEX-GROUP kompaniyasi ko'p yillar davomida ishlab chiqaruvchilar bozoriga yangi kirib kelgan tadbirkorlar bilan ishlaydi. Tajribali yetkazib beruvchi sifatida aytishimiz mumkin: to'quv uskunalarini noto'g'ri tanlanganligi sababli ko'pchilik fabrikalar tez orada yopiladi.
Masalan, biz uzoq vaqtdan beri potentsial xaridorga paypoq ishlab chiqarish nima ekanligini, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qanday uskunalar kerakligini, paypoq ishlab chiqarish uchun qanday uskunalar mavjudligini, ushbu uskunani kim ishlab chiqarayotganini, qanday nuanslar paydo bo'lishi mumkinligini aytib beradigan holatlar bilan batafsil tanishitirib o'tmoqdamiz.
Bizning kompaniyamiz eng avvalo sizni boshqa sotuvchilarning chiroyli so'zlariga aldanib qolmaslikka o'rgatadi. Bo'lajak tadbirkor sotib olayotgan tovarini original tovar va ko'rinishi shunga o'xshash bo'lgan tovardan farqlay olishi zarur deb hisoblaymiz. Masalan ishlab chiqarishni boshlash niyatida bo'lgan tadbirkorlar bozorda bizning 7-avlod uskunalarimizga o'xshash uskunalar 8-avlod; 9-avlod hatto 10-avlod deb sotilayotganligiga ham guvoh bo'lishingiz mumkin. Aslida esa biz sizni bugun 8-avlod uskunasining funksiyalari bilan tanishtiramiz va uning boshqa uskunalar bilan almashtirib bo'lmaydigan farqlari haqida ma'lumotlar berishga harakat qilamiz.
Paypoq mashinalarining eng taniqli ishlab chiqaruvchilari Italiya va Chexiyadan ekanligi ko'pchilikka sir emas. Bular LONATI, MATEC, IRMAC, RUMI, SANGIACOMO, COLOSIO, UNIPLET, BUSI GIOVANNI kabi kompaniyalar hisoblanadi. Yuqoridagi barcha ishlab chiqaruvchilar ilm-fan, yangi texnologiyalar, ko'p yillik tajriba va yuqori sifatning kombinatsiyasidir.
Ammo ular orasida biz o'z segmentida eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan bir nechta kompaniyalarni aytib o'tmoqchimiz:
Bular, avvalambor, ayollar uchun to'qish mashinalari ishlab chiqarish bo'yicha so'zsiz yetakchi LONATI va paypoq assortimenti uchun to'qish mashinalari ishlab chiqaruvchisi BUSI GIOVANNI.
Bizning uskunamiz komplektida To'qish uskunasi (avtomatik uchki qismini tikish funksiyasi bilan), shovqinsiz havo kompressori va havo tortish moslamasi (uskunaga o'rnatilgan) hamda dazmol mavjud.
Uskuna yuqori texnologik yechim bilan ishlab chiqarilgan bo'lib, ba'zi qo'shimcha funksiyalar hatto Italiya uskunasida ham mavjud emas.
Uskunamizning asosiy afzalliklari haqida to'xtaladigan bo'lsak sizga ko'plab yangi qirralari ochiladi:- To'liq avtomatik ishlab chiqarish jarayoni (dizayn tanlash, ranglar tanlash, paypoqni to'qish);
- Ichki o'zgaruvchan silindr- bu tizim sizga mahsulotingiz zichligini nazorat qilish imkonini beradi. Standart 3,75 dyumli silindrlar yordamida siz keng assortimentli paypoqlar ishlab chiqara olasiz.
- Rangli touch screen paneli display real time funksiyasi bilan siz ushbu tizimda paypoq to'qish qaysi bosqichda ekanligini kuzatib turasiz.
- 16 xil rang va turdagi iplardan foydalana olish imkoniyati.
- Bir vaqtda o'ng va chap oyoqlar uchun paypoq to'qish imkoniyati.
- Import pnevmatik klapanlar va silindrlardan foydalanilgan (Airtag)
- Density changer funksiyasi zichlikni o'z nazoratida ushlab motorga qadamma qadam buyruq bera oladi. Bu paypoqlaringiz sifatini oshirishga xizmat qiladi.
- Uchki qismini avtomatik tikish (bunda paypoq zichligini hisobga olgan holatda har bir chokni alohida o'tkazish funksiyasi).
- Paypoq dazmollashga qulay bo'lishi uchun o'ng holatda chiqarish (boshqa uskunalar teskari chiqarganligi sababli ishchi kuchi talab qiladi).
- Ip uzilganda, havo bosimi pasayganda, havo tortish susayganda, ignalar singanda, yog'lash tizimi ishlamaganda yoki yog' tugaganda, uskunaga mos kelmaydigan ip o'rnatilganda va boshqa 45 turdagi xatoliklarni avtomatik aniqlaydi va sizning ekraningizda xatolikni ko'rsatib beradi.
- Uskuna 24 soatda 300 juftdan 350 juftgacha paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega,
Paypoq ishlab chiqarish uskunasi sizga yuqori sifatli paypoqni nafaqat paxtadan, balki bambuk iplardan ham ishlab chiqara oladi. Quyida siz paypoqlarning e'tiborli qismlari bilan tanishasiz.
Ishlash jarayonidan video lavha
https://youtu.be/g7OD1a5WksgNa'munalar





