AFEX
PE / PP chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash liniyasi
Plastikni qayta ishlash

PE / PP chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash liniyasi

Zamonaviy dunyoda ishlab chiqarish sohasi rivojlanib borar ekan, undan ortgan chiqindilarni qayta ishlash sohasiga ham e`tibor tobora kuchayib bormoqda. Hozirda barcha rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlash sohasi mamlakat ekologik iqtisodiyotida salmoqli o`rin egallaydi va xalqaro hamjamiyatlar ham shuni ta`lab qilmoqda. Shu o`rinda yurtimizda ham so`nggi yillarda ushbu sohaga investitsiyalar miqdori oshib bormoqda. Shu sababli ham AFEX-GROUP kompaniyasi a`zolari tadbirkorlarga yurtimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga o`z hissasini qo`shishga yordam berish maqsadida, turli xil qayta ishlab chiqarish uskunalarini taklif qilishda favom etamiz. Navbat esa polietilen va polipropilen selofan mahsulotlarni qayta ishlashga mo`ljallangan uskunalarimizga.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Motor quvvati37kw
Statsionar pichoqlar soni4 ta
Aylanuvchi pichoqlar soni6 ta
Pichoq materialiSKD 11
Shpindel tezligi650rpm
Umumiy o’lchamlari2300*1250*1400mm
Uskuna og’irligi1,75T
Motor quvvati11kw
Aylanish tezligi500r/min
Ishlash o’lchamlari380*3500mm
MaterialCarbon metal
Og’irligi1,1T
Motor quvvati1,5kw
O’lchamlari4000*1000*400mm
Og’irligi380kg
Motor quvvati30kw
Shpindel aylanish tezligi1400rpm
Umumiy o’lchamlari2,25*1,5*1,6m
Sig’imi500kg
MaterialCarbon(ichki qismi SS304)
Og’irligi1000kg
Shnek diametric250mm
Shnek uzunligi3.6metr
Shnek materiali40Cr
Motor quvvati90kw(inverter)
Elektromagnit isitish quvvati240kw(80kw*3)
Shnek diametric200mm
Shnek uzunligi1,6metr
Motor quvvati45kw
Isitish quvvati20kw
Ishlash quvvati10kw
Sovutish tanker o’lchamlari2500*350mm
Motor quvvati5,5kw
Shpindel aylanish tezligi1450r/min
Uskuna o’lchamlari1200*1150*1800mm
MaterialZanglamas metall
Motor quvvati3 kw
MaterialZanglamas metal
Hajmi3 metr/kub

Tavsif

Umumiy ma`lumotlar

Xom-ashyolar: PE va PP selofan, paket va plastik mahsulotlar Qayta ishlab chiqarish hajmi: 400-500 kg/soat Umumiy quvvati: 210 kw/soat Suv iste`moli: 5 tonna/soat Ishchilar soni: 4-5 ta Umumiy kerakli maydon: 150 metr/kvadrat Yakuniy mahsulot holati: granula

Uskunalar ro`yxati

Keling endi qayta ishlash liniyasidagi barcha uskunalar ro`yxati bilan tanishib chiqsak. Liniya umumiy ikki qismdan iborat: maydalash-yuvish, granula holatiga keltirish.

Maydalash-yuvish

  1. Konveyor
  2. Maydalash uskunasi
  3. Yuvish uskunalari
  4. Yuvish hovuzlari
  5. Maxsus cho`kindi konveyor
  6. Yetkazuvchi uskuna
  7. Qurituvchi uskuna
  8. Boshqaruv punkti

Granulaga maydalash

9. Konveyor 10. Ekstruder 11. Quritish uskunasi 12. Vibrator 13. Boshqaruv punkti

Qayta ishlash jarayoni

Yuvish-maydalash

Keling endi barcha bosqichlarni yaqindan ko`rib chiqsak.

Birinchi bosqich

Demak, barcha chiqindi va xom-ashyolarni maxsus konveyorga solamiz. Bu konveyor o`z yo`nalishida keyingi maydalash uskunasiga yetkazib beradi. Uskunada 1,5 kwlik motor joylashtirilgan bo`lib, ishlash uzunligi umumiy hisobda 6m ga teng.

Ikkinchi bosqich

Bu qismdagi asosiy uskunalardan biri bu drobilka uskunasidir. U barcha xom-ashyolarni kerakli o`lchamda maydalab beradi.
  1. Yangi pichoqlar dizayni, ishlab chiqarishni ko'paytiradi.
  2. Yuqori tezlikdagi dinamik muvozanat. Shovqin eski avlod uskunalariga nisbatan kam tovush hosil qiladi va maydalagichning uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun zarbni yutish tizimi bilan jihozlangan.
 

Uchinchi bosqich

Navbatdagi uskunada maydalangan paketlar, selofanlar qattiq moddalardan tozalanadi. Uskunaning vazifasi ularni ushlab qolib, keyingi yuvish uskunasiga yetqazib berishdan iborat.  

To`rtinchi bosqich

Ushbu yuvish uskunasida esa faqatgina suv orqali eriydigan mahsulotlarni chiqindidan tozalaymiz. Qum, tosh va pvx ga o`xshash qattiq moddalar esa yuvish tankerining ostki qismiga cho`kadi. Cho`kindilar sa maxsus shnekli transportyor orqali chiqarib tashlanadi.

Beshinchi bosqich

Qayta ishlash jarayonining eng oxirgi bosqichida paketlar yana bir bor yuvib olinadi.    

Oltinchi bosqich

Birinchi yuvish-maydalash qismining eng so`nggi bosqichida maydalangan mahsulotlar quritib olinadi. Barcha jarayonlar boshqaruv punkti orqali tartibga solinib turadi.    

Granula holatiga keltirish

Birinchi bosqich

Quritilgan-maydalangan chiqindilar bu bosqichda yana bir bor maydalanib granula holatiga keltiriladi. Buning uchun bizga yuqorida rasmdagi barcha uskunalar kerak bo`ladi. Uskunalar to`plamidan 2 ta ekstruder ham o`rin olgan.      

Ikkinchi bosqich

Bu uskuna yordamida granulalar kesib olinadi. Kesish jarayonida ham suv bilan yuvilib-sovutiladi.  

Uchinchi bosqich

Eng so`nggi bosqichda yuvilgan granulalarimizni quritib olamiz. Quritib olganimizdan keyin esa ular sotuvga tayyor holatda bo`ladi.   So`ngida esa tayyor mahsulotlarni saqolash uchun vibratsiyali silo kerak bo`ladi. Uskunalarni boshqarish uchun boshqaruv punkti orqali boshqarilib turiladi.

Ishalsh jarayonidan video lavha

https://youtu.be/px6JXG4Yr8c    

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish