
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Plastikni qayta ishlash
Plastik paketlar uchun 2 xil rangli rotogravyur printerli ekstruder
SKU: 60b07bfc0bd70c1806779651
Biz sizga quyida tavsiya etadigan liniya yordamida siz qalinligi 200 mikrongacha bo’lgan paketlar ishlab chiqarishingiz mumkin. Uskuna eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlangan bo’lib, unda PLC boshqaruv tizimi o’rnatilgan va TOUCH SCREEN panel orqali hammasi o’z nazoratingiz ostida bo’ladi. Biz uskunaga online 2 xil rangli rotogravyur printer o’rnatdik, bu esa sizga ish jarayonida paketlarga kerakli logotiplarni chop etish imkonini beradi. Paket uchun rotogravyur va Flexo printerlardan foydalaniladi, hamda ularni chop etish sifati ham turlicha bo’ladi. Masalan Flexo printerga tasvirni rezina valga tushirish orqali ishlaydi va bunda kichik hajmli detallar va yozuvlar ko’rinmay qolish yoki xiralashish holatlari mavjud. Rotogravyur printerlar esa so’nggi avlod metall valga lazerda tasvir tushirish yo’li bilan chop etadi. Bu jarayonda tasvir aniqligi, unda kichik shriftli yozuvlar ham aniq ko’rinishi ta’minlanadi.
Narx
$29,000
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Xomashyo turi | PE/HDPE/LDPE.ikkilamchi PE |
| Shnek diametric | 45mm |
| Ishlash kengligi | 100-550mm |
| Qalinligi | 0.012-0.3mm |
| Ekstruderning motor quvvati | 7,5kw |
| Ishlash tezligi | 0-50 metr/daqiqasiga |
| Quvvat sarfi | 25kw/soat |
| Ishlab chiqarish hajmi | 45kg/soat |
| Og’irligi | 2700kg |
| O’lchami | 6000x1600x3500mm |
Tavsif
Uskunaning ustunlik jihatlari
- Rotogravyur printerdan foydalanilgan bo’lib, bir vaqtda mahsulotni ikki tomoniga tasvirni tushira oladi
- Uskuna xomashyo sifatida PE/HDPE/LDPE/LLDPE/qayta ishlangan PE granulalardan foydalana oladi
- Shnek material mustahkam 38CrMoAl dan foydalanilgan bo’lib 2 yillik kafolatga ega
- Turli diametrdagi silindrdan foydalanish imkoni (75-180mm)
- Qizdirish uchun keramik qoplamali quyma aluminiy, bunda sizga qizdirish tenlari issiqlik hosil qilish kam quvvat evaziga yuqori samaradorlikka erishadi
- Mahsulot chiqish tezligini nazorat qilish kompyuterlashganligi
- Turli mahsulotlar (tuz, makaron, salfetka, non va boshqalar) uchun etiketkalar tayyorlash mumkinligi





