AFEX
Poyabzal tag qismini ishlab chiqarish
Boshqa uskunalar

Poyabzal tag qismini ishlab chiqarish

Dunyo bozori turli-xil, xom-ashyolardan tayyorlangan poyabzallar ishlab chiqarishdadavom etmoqda. Albatta mahsulot turli xildaligi mijozga tanlash imkonini beradi.Bozorlarimizga chet-eldan kirib kelayotgan poyabzallar yurtimizdagi bu soha egalariniyanada izlanishga majbur qilmoqda. Albatta yurtimizda xam poyabzal ishlab chiqarishsanoati endi rivojlanib bormoqda ammo ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyaqilish talab etiladi. Bu yo'l bilan import miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

ModelTG-LB-20x22
XomashyoTPR/PVC/TPU
Vint diametric75mm
Vintni aylanish tezligi0-160r/min
Uzunligi va diametric nisbati20:01
Stansiyalarning soni20
Maksimal in’ektsiya hajmi660 sm3
Plastifikatsiya40 g/s
In’ektsiya bosimi5 Mpa
Disk bosimi3 Mpa
Qolip ramkasini o’lchami340x180x60mm
Umumiy quvvat35,5 kw
Poyabzal chuqurligi70mm
Poyabzal uzunligi210-260mm
Hajmi6290x6150x1955mm
Og’irligi12300kg
Maksimal bosim8 bar
Kuchlanishi220V/50Hz
Quvvat3 kw
Hajmi900*360*735mm
Vazni68kg

Tavsif

"AFEX-GROUP" -ushbu muammolarni bartaraf etishda, tadbirkorlarimiz uchun zamonaviy texnologiyalarni taklif etadi. Kompaniyaniyamiz tomonidan ushbu uskunalarni sotib olgan mijozlar uchun amaliy yordam beriladi. Ushbu uskunalar poyabzal ishlab chiqarishda, yangi kirib kelayotgan tadbirkorlarimiz uchun xam qulay va murakkab bo'lmagan texnologik uskunalardir. Yani uskuna qoliplariga teri, mato, sun'iy teri va boshqa turdagi poyabzal yuza qismini joylashtirish bilan taglik qismini in'ektsiya yordamida birlashtiriladi. Ushbu uskunalar sifat va son tezligi bilan boshqa turdagi uskunalardan tubdan farq qiladi.

Uskunalar narxlari:

BIR RANGLI

12 stansiya 35700$ 16 stansiya 40800$ 20 stansiya 45900$

IKKI RANGLI

20 stansiya 90 600$ *Ushbu narxlar qoliplarni o'z ichiga oladi! Qo'shimcha qoliplar 2000$-3100$/Juft (qolip turlariga bog'liq) Uskunalar quyidagi xom ashyolar bilan ishlay olish imkoniyatiga ega: PVX,TPR,TPU Ushbu xom ashyolardan tayyorlangan poyabzal tagliklari xaqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Poyafzal tagligi- poyabzalning eng muhim qismlaridan biri bo'lib, ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar atrof -muhit ta'siriga imkon qadar chidamli bo'lishi kerak. Polivinilxlorid (PVX) -poyabzal tagliklari bahor va kuz fasli poyabzallari uchun foydalanish maqsada muofiqdir. PVX poyabzal tagligi- uzoq muddatga bardoshli, agressiv muhitga chidamli va ishlab chiqarish oson. Ular ko'pincha uy va bolalar poyafzallarida ishlatiladi va ilgari ular xavfsizlik poyabzali uchun keng qo'llanilgan, chunki kauchuk bilan aralashtirilganda PVX moy va benzinga qarshilik kabi xususiyatlarga ega bo'ladi. PVX- faqat kuz yoki bahor uchun oddiy poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladi, chunki bu material katta massaga ega va sovuqqa chidamliligi past, -20 C darajadan past haroratga chidamaydi. Bundan tashqari, PVX taglik teri ustki qismiga yaxshi yopishmaydi, shuning uchun PVX taglikli sifatli charm poyabzal ishlab chiqarish qiyin va qimmat. Termoplastik kauchuk (TPR)-poyabzal tagliklari, tufli va qishki etiklar uchun foydalaniladi. Termoplastik kauchuk - bu sintetik kauchukdan yasalgan poyabzal kauchukidir, u tabiiy kauchukdan kuchliroq, lekin elastikligidan kam emas. Zamonaviy texnologiyalar uning moslashuvchanligini oshirish uchun turli qo'shimchalardan foydalanishga imkon beradi.Termoplastik kauchuk past zichlikka ega va shunga mos ravishda boshqa materiallarga qaraganda kamroq og'irlikka ega. U pastki qismida teshiklar yo'q, shuning uchun namlik o'tmaydi. Albatta nam va sovuq havoda termoplastik kauchuk taglik juda silliq bo'ladi. Termopoliuretan (TPU)-Qish fasli poyabzallar uchun foydalinadi. Termopoliuretan- yetarlicha yuqori zichlikka ega, shuning uchun uni zo'r tortishni ta'minlaydigan chuqur taglik ishlab chiqarishda ishlatish mumkin. Shuningdek, TPU -ning afzalliklari yuqori bardoshli va deformatsiyaga qarshilik qila olishidir.Termopoliuretanning yuqori zichligi tagligining og'irligi kattaligidan dalolatdir, elastikligi va issiqlik izolatsiyasi xususiyatlarni yaxshilash uchun TPU ko'pincha poliuretan bilan birlashtiriladi va shu bilan taglikning og'irligi kamayadi, uning issiqlik izolatsiyasi va elastikligi oshadi. Bu usul ikki kompozitsion qoliplama deb ataladi va uni tanib olish juda oddiy: bu texnologiya yordamida tayyorlangan taglik ikki qatlamdan iborat, yuqori qatlam poliuretandan (PU), pastki qismi esa- termopoliuretandan qilingan bo'ladi. Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar; Kerakli maydon: 80 m² dan kam bo'lmasligi kerak. Elektr energiya: 40 KW/380 V. Ishchilar soni: 6-10 kishi. Barcha ishlab chiqarish sanoatini asosiy manbayi suv ham talab etiladi. Ushbu chizmada 2 rangli (ekstruder), 20 stansiyaga ega bo'lgan uskunani ko'rishingiz mumkin, uskunalar uchun kerakli maydoni 6,5 x 6 metr talab etiladi. Agarda siz 1 rangli (ekstruder) 20 stansiyaga ega bo'lgan uskunani sotib olmoqchi bo'lsangiz, uskunalar o'rtanish uchun kerakli maydon 6,5 x 4 metr talab etiladi. Poyabzal ishlab chiqarish uskunalarini umumiy tasnifi: Uskunalarni umumiy jamlanmasi tarkibida ikkita- diamerti 75 mm bo'lgan ekstruder va bitta- 20 qoliplashga moslashtirilgan aylana xarakatli maxsus uskuna bor. Maxsus aylana stolida ish faoliyatni olib borish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. PLC boshqaruv panelida to'liq gidravlik bosim va sikl bilan boshqariladi. * Plastifikatsiyalash harorati oldindan tanlash orqali avtomatik tarzda boshqarilishi mumkin. * Uskunalar 20 o'lchash nuqtasida har bir qolip talablariga muvofiq in'ektsiya hajmini tanlash mumkin. * Bo'sh qolipda ishlashni osonlashtirish uchun qulay sig'imli joy ta'minlangan. * Parallel qolipni yopish mexanizmi mavjud. * Uskuna ikki marotaba in'ektsion qoliplama tizimi va qolib yopish tartibini tanlash uchun spazmlar bilan jihozlangan. * Maxsus aylana stoli harakatini sozlash mumkin.   Chiller-Havo yordamida suvni sovitib beruvchi qurilma. Havo kompressori-Uskunani maxsus aylana stolida ish faoliyatni olib borishida, yani qoliplash (pnevmatik slindr) uchun yordamchi qurilma hisoblanadi.  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish