AFEX
PP, PS plyonkalar ishlab chiqarish liniyasi
Plastikni qayta ishlash

PP, PS plyonkalar ishlab chiqarish liniyasi

So'nggi o'n yil ichida qadoqlashga bo'lgan talablarning oshishi, yirik chakana sotuvchilarning paydo bo'lishi, turli xil tarkibi va xususiyatlariga ega yangi turdagi plyonkalarni ishlab chiqarishni talab etadi. Polimer plyonkalarning ko'p turlari mavjud, har yili qadoqlash bozori yaxshilangan xususiyatlarga ega yangi modifikatsiyalarni taklif qiladi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

ModelTJB-1100
Sig`imi125 kg
Ishlab chiqarish500 kg/soat
Bunker1100 mm
Kuchlanish380V 50Hz
Quvvati2,2 kw
Umumiy o`lchamlari1100*1100*1050 mm
Og`irligi125 kg
ModelZD-2000
Tezligi2000 kg/soat
Nominal quvvat2,3 kw
Quvvatlanish manbai380V 50Hz
Umumiy o`lchamlari900*900*700 mm
Zanglamas metal quvur o`lchamiL1400*133 mm
ModelTJ-670
Xom-ashyoPP, PS
Maks list kengligi670 mm
List qalinlik diapazoni0,3-2,0 mm
Vint sterjn diametri110 mm
Asosiy motor45 kw
Ishlab chiqarish tezligi150-200 kg/soat
Nominal quvvat110 kw
Quvvatlantirish manbaiAC 380V 50Hz
HajmiL11000*2000*1800 mm
Og`irligi5,8 T
Balandligi2300 mm
Diametri1800 mm
Motor quvvati1,1 kw
Og`irligi100 kg
ModelTP-650
Tezligi300 kg/soat
Diametri10,5 mm
Burama tishlari6ta
Motor quvvati15 kw
Umumiy o`lchamlari1600*1200*2000 mm
Og`irligi500 kg

Tavsif

"AFEX-GROUP" - Yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi loyiha va texnologiyalni taqdim etishda davom etadi. PP, PS polimer plyonkalar ishlab chiqarish biznesi; Bu faoliyat qanchalik daromadli ekanligini, yurtimiz bozorlari ushbu mahsulotga bo'lgan talab yuqoriligi, chet davlatlardan ko'plab miqdorda import bo'lib kirayotgan mahsulotlar misolida ko'rishingiz mumkin.

PP, PS polimer plyonkalar, asosan bir marta ishlatiladigan idishlar va qadoqlarni termoformatsiyalash uchun ishlatiladi. PP, PS polimer plyonka mahsulotlariga oid qisqacha ma'lumotlar va bir biridan farqlari xaqida to'xtalib o'tamiz.

Iste'molchi va ishlab chiqaruvchi uchun kerakli, plastik raqamlash

Polipropilen (PP) - eng zamonaviy, ekologik toza, yuqori darajada qayta ishlanadigan termoformlovchi material.Yuqori va past haroratga chidamlik, engil va ishlab chiqarishga yaroqli. Polipropilen - shaffof, yaltiroq yuzasi, yog'ga chidamliligi, polietilendan xam past haroratga chidamliligi bilan ajralib turadi. Kerakli xususiyatlarga qarab, uning xususiyatlarini mos qo'shimchalar qo'shib sozlash mumkin. Polipropilen plyonka issiq ichimliklar,oziq-ovqat va sut mahsulotlari, tuxum idishlar, ko'chatlar va gullar tuvaglari, turli xil pishiriq va shirinliklar,qandolat, qadoqlash uchun ishlatiladi.

Iste'molchi va ishlab chiqaruvchi uchun kerakli, plastik raqamlash

Polistiroll (PS) plyonka- Materialning afzalliklari shaffoflik, qattiqlik va o'lchovli barqarorlikdan tashqari, uning arzonligidir. Mahsulotning mashhurligiga uning og'irligi pastligi, ishlov berish qulayligi, yuqori sifati, past harorat va agressiv muhitga chidamliligi alohida o'rin tutadi. Polistiroll plyonka issiq bo'lmagan ichimliklar, oziq -ovqat va sut mahsulotlari, tuxum idishlar, ko'chatlar va gullar tuvaglari, turli xil pishiriq va shirinliklar,qandolat, qadoqlash uchun ishlatiladi.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar

Kerakli maydon; 12 x 3 metr, 36 m² dan kam bo'lmasligi kerak.

Elektr energiya; 140 KW/380 V.

Ishchilar soni; 1-2 kishi.

Barcha ishlab chiqarish sanoatini asosiy manbayi suv xam talab etiladi.

Liniya tarkibidagi uskunalar ro'xati

1.Xom ashyo mikseri.

2.Vitli konveyr.

3.Ekstruder.

4.Kalendar (3 rolik)

5.Haroratni ushlab turuvchi tizim.

6.O'rovchi uskuna.

7.Suv minorasi.

8.Plastik maydalagich.

Liniya ishlab chiqarish tehnologiyasi xaqida, quyidagi rasmda bilib olishingiz mumkin.

Ushbu liniya imkoniyatlari soatiga 150-200 kg mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Liniya mahsulotlarni ishlab chiqarish boshqichlarini, liniya tarkibidagi uskunalar yordamida qisqacha tushintirib o'tamiz.

Mikser-Zanglamas metaldan (nerjaveyka) yasalgan. Dastlab mikser yordamida rangli plyonka ishlab chiqarishda, ikki va undan ortiq rangli xom ashyolarni aralashtirib beradi.

Vintli konveyr- bu qurilma Ekstruderni yuqori oziqlanuvchi qismiga, xom ashyolarni etkazib beruvchi vazifasini bajaradi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda Ekstruzion liniya tarkibi; Ekstruder,kalendarlash,haroratni ushlab turuvchi tizim,chiqindilarni o'rovchi va rulon plyonkalarni o'rovchi qismlaridan iborat. Ekstruder PP, PS turdagi plastik xom ashyolar yuklangandan so'ng yuqori haroratda eritiladi.Eritilgan granulalar shnek yordamida,shakllanish eni 670 mm bo'lgan va qalinligi 0,3-2 mm gacha bo'lgan qalinlikda siqib chiqaradi. Shakllangan plyonkalar 3 rolikli kalendarlash qismida muayyan o'lchamga solinadi. Keyin haroratni ushlab turuvchi tizimdan o'tib, belgilangan o'lchamlardan o'rtgan plyonka ikki chetidagi chiqindi yuqori qismi o'rab olinadi. So'ngra belgilangan o'lchamdagi plyonkalar avtomatik tarzda rulon xolatida o'raladi. Uskunalar kompyuterlashgan PLC boshqaruv paneli yordamida boshqariladi. Suv minorasi- Nasos orqali uskunalar ishlash uchun, suv haroratini sovitishda va motadilligini ta'minlashda yordamchi qurilma. Plastik maydalagich - plastik chiqindilarni qayta ishlash uchun maydalab beradi. https://youtu.be/lmUKAQTIlNo

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish