
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Plastikni qayta ishlash
PVX dekor panellar ishlab chiqarish liniyasi
Kerakli uskunalar ro’yhati:
- Yetkazib berish uskunasi 3 dona
- PVX mikser
- Vibratsion elak
- Portativ bunker (silos) 2 dona
- Ekstruder uskunasi
- Vakuum kalibrlash uskunasi
- PVX panellarni tog’irlash va keyingi bosqichga yetkazish uskunasi
- Laminatlash va shtamplash uskunasi
- Kesish uskunasi
- Tayyor mahsulotni yig'uvchi uskuna
- PVX plyonkalarni kesish uskunasi
- PVX maydalash drobilka uskunasi
- PVX uchun maxsus pulverizator (tegirmon)
- Qoliplar
Narx
$98,700
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Bunker sig’imi | 200 kg |
| Motor quvvati | 2.2 kw |
| Yetkazuvchi truba diametri | 159 mm |
| Mahsulot o’tkazish tezligi | 2000 kg/soat |
| Yetkazuvchi truba diametri | 133 mm |
| Umumiy hajmi | 300 litr |
| Ishlab chiqarish quvvati | 500 kg/soat |
| Motor quvvati | 55 kw |
| Isitish quvvati | 12 kw |
| Pichoqlar miqdori | 3 dona |
| Aralashtirish vaqti | 8-10 daqiqa 1 martada |
| Umumiy hajmi | 600 litr |
| Motor quvvati | 11 kw |
| Aylanuvchi pichoq tezligi | 60 rpm |
| Sovitish turi | Suv bilan sovutish |
| Sovutish vaqti | 10-12 daqiqa 1 martada |
| Og’irligi | 4500 kg |
| O’lchami | 4600x3000x3000 mm |
| Motor quvvati | 3 kw |
| Elak diametri | 2000 mm |
| Material | SS 304 |
| Ishlab chiqarish quvvati | 2000 kg/soat |
| Bunker hajmi | 1500 litr / 800 kg |
| Bunker devori qalinligi | 3 mm |
| Bunker diametric | Ф1100 mm |
| Material | SUS304 |
| Shnek diametri | 55 /120 mm |
| Shnek uzunligi | 1245 mm |
| Mahsulot kengli (qolip) | 200-500mm |
| Shnek aylanish tezligi | 1-34.8 rpm |
| QIzdirish quvvati | 14 kw |
| Nitridlash qattiliqligi | 940 HV |
| Nitratsiya holatining chuqurligi | 0.4-0.7 mm |
| Ekstruder bunkeri isitgichi | Quyma alyuminiy isitgich |
| Isitish zonalari | 4 |
| Ekstruder bunkeri sovutish uslubi | Havo bilan sovutish |
| Vakuum nasos quvvati | 4 kw |
| Vakuum nasos bosimi | -0.08 Mpa |
| Vakuumlash qismlari | 20 dona |
| Sovutish qismlar (suv yordamida) | 20 dona |
| Vakuumli sovutish stolining uzunligi | 1500 mm |
| PVX panellarni quritish qismi quvvato | 1.5 kw |
| Maksimal tortish kuchi | 15000 N |
| Tortishish tezligi | 0.5-5 m/min |
| Quvvati | 1,5 kw |
| Tortish blokining materiali | Rezina |
| Maksimal panel kengligi | 400 mm |
| Maksimal panel qalinligi | 2-80 mm |
| Umumiy quvvat | 1.7 kw |
| Konveyer tezligi | 5-30 m/daq |
| Uskuna o’lchami | 2200x900 mm |
| Maksimal kesish o’lchami | 400 mm |
| Pichoq materiali | Yuqori sifatli po’lat |
| Pichoq diametri | 90 mm |
| Talab etiladigan havo bosimi | 0.3 Mpa |
| Boshqaruv uslubi | PLC boshqaruv panel |
| Uzunligi | 4 metr |
| Panellarni yig’uvchi qism materiali | SS304 |
| Maksimal o'rash diametri | 400 mm |
| Maksimal tezligi | 200 m/daq |
Tavsif
Avtomatik yetkazib berish uskunasi
Avtomatik yetkazib berish uskunasi xom ashyo va mahsulotlarni uskunlarga yetkazib berishda xizmat qiladi. Ushbu liniyada 3 dona yetkazib berish uskunasi kerak bo’ladi.
Birinchi yetkazib berish uskunasi xom ashyo solinadi va mikserga yetkazib beriladi.
Mikserdan chiqqan xom ashyo ikkinchi yetkazib berish uskunasiga tushadi va u orqali vibratsion elakga yetkaziladi. Elakdan o’tgan xom ashyo uchinchi yetkazib berish uskunasi orqali portativ bunkerga solinadi. Portativ bunker ekstruder uskunasi oldigacha oboriladi, bunkerdan xom ashyo to’rtinchi yetkazib berish uskunasiga solinadi va u orqali ekstruderga yetkaziladi
PVX mikser
Mikser yordamida PVX xom ashyosi va kimyoviy qo’shimchalar aralashtirladi. Xom ashyo birinchi bosqichda qizdirish mikseriga solinadi, keyingi bosqichda xom ashyo sovitish mikseriga o’tadi. Tayyor bo’lgan mahsulot elevator yordamida keyingi uskunaga yetkaziladi. Mikserning umumiy ishlab chiqarish quvvati : 500 kg/soat Mikser quyidagi qismlardan iborat:- Qizdirib aralashturuvchi mikser
- Sovutib aralashturuvchi mikser
- Avtomatik yetkazib beruvchi elevator
- Elektr boshqaruv bloki
Qizdirib aralashturuvchi mikser
Sovutib aralashturuvchi mikser
Vibratsion elak
Elevator yordamida yetkazilgan xom ashyo elakga tushadi. Elak vibratsiyalash yordamida xom ashyoni elab beradi. Elakdan chiqqan mahsulot elevatorga tushadi.
Portativ bunker
Portativ bunker to’rtta g’ildirakga ega bo’lib, xom ashyo va mahsulotlarni tashishda xizmat qiladi.
Ekstruder uskunasi
Mikser va elakdan o’tgan xom ashyo maxsus bunker yoramida ekstruderning bunkeriga solinadi. Bunkerdan mahsulot ekstruder ichiga tushadi, u yerda xom ashyo aylanuvchi spiralli shnek bilan kichik tuynikdan siqib o’tkazadi. Natijada xom ashyo siqiladi va qattiq shaklga ega bo'ladi. Hosil bo’lgan bosimdan xom ashyoning harorati ko'tariladi, bu tarkibiy qismlarni aralashish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Keyingi bosqichda hosil bo’lgan massa plastiklash zonasiga tushadi, u yerda qizdiriladi va eritiladi. Eritilgan massa qolipga solinadi. Qolipdan xom ashyo plastik panel shaklida chiqadi. Shu o`rinda qoliplarni ham unutmaslik kerak. Turli xil o`lchamdagi qoliplar ekstruderlarning ich qismiga joylashtiriladi. Bunda qolip o’lchami xaridor talabiga binoan amalga oshiriladi. Qoliplarning o`lchamlari: 250, 300, 350, 400 mm.
Vakum kalibrlash va sovutish uskunasi
Vakuum kalibrlash uskunasining vazifasi plastik quvurlarning shaklini saqlab qolishdan iborat. Ekstruderdan chiqqan plastik panellar issiq holda bo`ladi. Issiq holda ularning shakli o`zgarib ketishi juda ham oson bo`ladi. Bu uskuna vakuumlash va sovutish yordamida bu muammoga yechim bo`ladi.
PVX panellarni tog’irlash va keyingi bosqichga yetkazish uskunasi
Ushbu uskunamiz plastik panellar to’g’irlash uchun ishlatiladi. Panellar ikkita belbog`lar(remen) orasidan o`tadi va bosim beriladi va keyingi bosqichga o`tkaziladi.
Laminatlash va shtamplash uskunasi
Laminatlash va shtamplash uskunasidan tayyor bo’lgan panellar maxsus roliklar orqali o’tadi, ushbu jarayonda maxsus tasvir va naqshli PVX plyonka yopishtiradi va mustahkam bo’lib yopishishi uchun shtamplamadi.
Kesish uskunasi
Ushbu uskunamiz xaridor talab qilgan uzunlikka binoan plastik panellarni kesib beradi. Uskunaning ajralib turadigan xususiyati shundaki plastik panelni kesganda o`zidan hech qanday chang yoki qirindi chiqarmaydi. Odatiy uskunalarda plastik panellar kesilganda, o`sha panellarning qirindilari hosil bo`ladi va natijada mahsulot sifatiga ziyon yetadi. Bu uskunadan esa hech qanday ortiqcha qismlar va chang chiqmaydi.
Tayyor mahsulotni yig'uvchi uskuna
Kesuvchi uskunadan chiqqan PVX panellar yig’uvchi uskunaga yo`l oladi. Bu uskuna 4 metr bo`lib, yig’uvchi qismi zanglamas metalldan yasalgan.
PVX plyonkalarni kesish uskunasi
Ushbu uskunaninng vazifasi PVX plyonkalarni katta rulondan kichik, PVX panellarga mos qilib, kesib berishdan iborat.
PVX maydalash drobilka uskunasi
PVX uchun maxsus pulverizator (tegirmon)
PVX pulverizatsiya uskunasi ya’ni buni boshqacha nom bilan tegirmon ham deb atash mumkin. Qattiq va granula ko’rishidagi plastic va boshqa mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi Vibratsiyali yetkazib berish qismi orqali xomashyo maydalash qismiga yetkazib beriladi. Yuqori tezlikda ishlochi tegirmon mahsulotni maydalaydi va undan chiqqan mahsulot maxsus so’ruvchi qism orqali keyingi bosqichga yo’naltiriladi. Mahsulotlar kerakli dozada qo’shilganda ular tegirmonda maydalanib, bir xil kukun shakliga keltiriladi. Elakdan o’tmagan kattaroq bo’laklar qaytadan tegirmonga tashlanib, jarayon yana takrorlanadi. Ushbu uskuna asosan LDPE, LLDPE, RPVC, HDPE, UPVC, PC va boshqa plastic markalarini maydalash uchun ishlatiladi. Plastik bilan ishlovchi ekstruziya liniyalarida deyarli barchasida ushbu uskuna xizmatidan foydalaniladi.
https://youtu.be/cG1bYV4Y9Sk
Qoliplar





