AFEX
Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi
Qurilish uskunalari

Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 618a6d0c23e4106b8c25f5ac
Qurilish bozori kengaygani sari qurilish mollari reformasiyasi ham rivojlanib bormoqda. An'anaviy yog'och romlar o'rnini sekin astalik bilan alyumin romlar  egallab bo'lganligi hech kimga sir emas. Ammo alyumin romlarni kattagina minus tomoni bor, bu ham bo'lsa ko'chadagi sovuq va issiq havoni qariyib 70% ni o'tkazib yuboradi. Bu esa qishda ham yozda ham xona haroratini bir me'yorda saqlashda katta elektr energiya sarfi talab etadi. Shuni inobatga olgan holda hozirgi bozor talabi PVX profillaridan ishlab chiqarilgan plastik romlardir.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
Ishlab chiqarish muhitiQuruq va toza bino
Umumiy uzunlik23m
Quvvat sarfi80kv/soat
Kuchlanish380V/50Hz
Saralash turi300-350kg/soat
Mahsulot kengligiMax 250mm
Uskuna kengligi1.45 m
Uskuna balandligi1050±50mm
ModelAFX65-132
Isitish qismlari4 ta
Quvvat sarfi37kv/soat
Kuchlanish380V50Hz
Azotlangan qavat0.55-0.7mm
Moyni qizdirish temperaturasi0-180C
Metall turiS304.20CrMoTi
ModelAFX-30/25
Quvvat sarfi5.5 kw/soat
Azotlangan qavat0.4-0.5mm
Moyni qizdirish temperaturasi0-180 C
Ishlab chiqarish hajmi8-10 kg/soat
ModelAFX-300
Quvvat sarfi11.7kw/soat
Suv nasosi2 ta(2.2 kw va 4 kv)
Uskuna uzunligi7200mm
Stolni boshqarish tizimiAvtomatik
ModelAFX-300T
Rezina yostiqchalar uzunligi300 mm
Quvvat sarfi3.7 kw/soat
Kuchlanish380 V 50Hz
Dvigatel quvvati1.5kv
Ishlab chiqarish quvvati5m/min
Siqib berish quvvatiPnevmatik
ModelAFX-6000
Uskuna uzunligi6000
Quvvat sarfi0.7 kw/soat
Uskuna vazifasiProfillarni yig’ib berish
Profillar sig’imi1-40 tagacha
Ish uslubiYarim Avtomat
Harakatlanuvchi tizimiPnevmatik
Ishlab chiqarganXitoy
ModelAFX-SRL300
Lapatkalar qavati3 qavat
Quvvat sarfi75 kw/soat
Max.kirimi<150kg/lot
Ishchi sig’imi375L
Umumiy sig’imi500L
Podshibniklar aylanish tezligi430-860 ta/min
Kuchlanish380V50hz
Quvvat sarfi12kw/soat
Max.ishlash kengligi300mm
G’ildiraklar kengligi2-80 mm
Asosiy motor1.5kv
Yelimlash motor0.37kv
Qizdirish tuneli quvvati4kv
Umumiy og’irligi2500kg
PVX profil ishlab chiqarish liniyasi1. Ekstruziya qismi 2. Markerovkalash qismi 3. Kalibrovka qismi 4. Kesuvchi qismi 5. Yig’ish va kesish qismi
Qoliplar78x60 58x60mm 80x60 115x60 107.5x20mm 60.2x12mm 20x26.51mm Ikki kamerali
Qorishma tayyorlab berish liniyasiIssiq mikser qismi

Tavsif

Bugungi biznes loyihamiz aynan metal-plastik romlar uchun asosiy mahsulot turi hisoblangan PVX profillar haqida. Loyiha haqida umumiy ma`lumot:
  • Ishlab chiqarish quvvati: 300-350kg/soat
  • Kerakli ishchi maydon: 30m x 10m hajmdagi bino
  • Kerakli ishchi kuchi: 5 kishi (1 smena uchun)
  • Energiya sarfi: 80KW/soat
  • Kuchlanish: 380V 50Hz

PVX profillar tarixi haqida qisqacha ma'lumot:

Plastik romlar shu qadar keng tarqalganki bugungi kunda u har qanday zamonaviy dizaynning ajralmas atributidir. Ammo 50 yil oldin uning nima ekanligini hech kim bilmas edi. Polivinilxlorid (PVX) ning paydo bo'lishi tarixi 1835 yilda boshlangan. Aynan shu yili amerikalik kimyogar Regnald polivinilxloridni ixtiro qilishga muvaffaq bo'ldi, keyinchalik u plastik derazalar ishlab chiqarila boshlagan materialga aylandi. Sanoatda plastik derazalar ishlab chiqarish birinchi marta 50-yillarda AQShda sodir bo'lgan. Keyinchalik Yevropa katta istiqbolni ko'rib, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqishni va qo'llashni boshladi. Va tez orada, ya'ni 1952 yilda nemis ishlab chiquvchilari birinchi bo'lib PVX derazalar qurilishini yaratdilar va patentladilar. Yurtimizda PVX romlar 90 - yillar o`rtalarida paydo bo`la boshladi, dastlab bunday profillar xorijdan import qilinar edi, hamda romlar narxi juda baland bo`lganligi sababli o`sha vaqtlarda bunday romlarni o`rnatishga hamma ham qodir bo`lmagan. 2000 - yillarga kelib PVX romlarning yurtimizda ishlab chiqarila boshlanishi va bozor raqobati PVX romlarni hamma uchun maqbul qurilish materialiga aylantirdi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joyizki, PVX romlar an`anaviy yog`och romlardan o`zining tashqi zarblarga va ob-havo o`zgarishlariga chidamliligi, yong'inga chidamli, yuqori energiya tejamkorligi, bejirim dizayni hamda shovqin o`tkazmaslik sifatlari bilan ustun turadi.  Bundan tashqari,  PVX profillarining kameralari soni  xona haroratining mo'tadil saqlab berishda muhim ahamiyatga ega. Ana endi, ishlab chiqarish jarayoniga to'xtalib o'tamiz. Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi 3 ta katta qismlardan iborat. Bular: 1. PVX profil ekstruziya liniyasi 2. Qorishma tayyorlash qismi 3. Laminatsiyalash liniyasi

1.PVX profil ekstruziya liniyasi

Liniyaning umumiy ko'rinishi    

1.1 Ekstruziya qismi

Ikki shnikli ekstruder uskunasi      PVX profilini ishlab chiqarish liniyasi ekstruder, plyonka, kalibrlash stoli, tortish moslamasi, profil arra va tayyor mahsulotga (profilga) himoya plyonkasini belgilash, yotqizish va qo'llash mexanizmlaridan iborat. Ishlab chiqarish ekstruziya bilan amalga oshiriladi. Ekstruziya - polimerning oldindan qizdirilgan massasini qolipdagi shakldagi teshiklar orqali ekstruziya qilishning doimiy jarayonidir. Ekstruder aralashmaning erishini va ma'lum bosim ostida eritmaning uzluksiz ta'minlanishini ta'minlaydi.

1.2 Markerovkalash qismi.

1.3 Kalibrovka qismi

  Kalibrator eritmaning massasiga kerakli shaklni beradi. Tortish moslamasi tegmaslik quvvatni ta'minlab, profilni kalibratordan stabil tezlikda chiqaradi.

1.4 Kesuvchi qismi

Arra profilni kerakli uzunlikka kesib beradi.

1.5 Yig'ish qismi

 

2. Maxsus qoliplar

"AFEX-GROUP" sizga 8 turdagi maxsus qoliplarni taqdim etadi. Ushbu qoliplar yordamida romlar uchun istagan shakldagi PVX profillar ishlab chiqarishingiz mumkin.

3. Qorishma tayorlash qismi

 Mikser qismi

   

4. Laminatsiyalash liniyasi

 

Laminatsiyalangan ko'rinishi

Ishlab chiqarish jarayonining ko'rinishi:   Tayyor mahsulotlar: Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha: https://youtu.be/Q8Izw3km5gQ  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish