AFEX
Sterillangan va sterillanmagan tibbiyot binti ishlab chiqarish liniyasi
Tibbiyot uskunalari

Sterillangan va sterillanmagan tibbiyot binti ishlab chiqarish liniyasi

Sifatli Sterillangan va sterillanmagan tibbiyot bintiga bo'lgan talab yildan yilga ortib bormoqda, talab yuqoriga bo'lganini inobatga olgan holda kompaniyamiz tomonidan zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarni taqdim qilishga qaror qildik. marhamat tanishib chiqing
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
O’rnatilgan g’altaklar soni128 dona
Kuchlanish380V 50 HZ
O’rnatilgan bobina diametriF350x255mm F400x255mm
Motor kuchi1,5 HP
Kerak bo’ladigan maydon uzunligi6,5 metrdan kam bo’lmasin
O’rnatilgan g’altaklar soni8-14
Kuchlanish380V 50Hz
Quvvat sarfi1kvt
To’qiladigan mahsulot kengligi140mm
Motor kuchi1,5HP
To’qish tezligi160metr x 2ta=320m/soat
XomashyoPaxta tolali ip
Kuchlanish220V 50Hz
Quvvat sarfi1 kvt
Mahsulot kengligi100mm-140mm
O’rash tezligi7-9metr/daqiqa
Ishlash tempuraturasi50c
Sterilash turiEtilen oksidi sterilizatori
Ish bosimi-60kpa
Sterilash gaziEO gazi
Ichki sig’imi220 letr
Sterilash vaqti8-12 soat
Uskuna o’lchami920x720x1250mm
Ishlab chiqaruvchiXitoy
Qadoq uzunligi160mm maksimal
Qadoq kengligi60mm
Ishlab tezligi80-100/daqiqa
Quvvat sarfi3 kvt
Motor turiServo ikkitalik
Uskuna o’lchami3900mm*850mm*1500mm
Uskuna nomiMiqdori
G’altak iplardan babina tayyorlash uskunasi1
Maxsus tibbiyot dokasi to’qish uskunasi4
Katta o’ramni kichik o’ram qilish uskunasi yarim avtomatik1
Maxsus sterilizatsiya uskunasi1
Tibbiyot dokasi qadqoqlash uskunasi1
Maxsus babina g’altak20
Jami64300$

Tavsif

Umumiy ma'lumotlar

Kerak maydon: 100kv/metr Energiya turi: elektr Kuchlanish: 380V Quvvat sarfi: 14-16 kvt Ishchilar soni: 3-4 kishi bir smenada Qo'shimcha: Ishlab chiqarish binosida havo aylanish tizimi va sanitar gigiyentik talablarga javob berishi lozim  

G'altak iplardan babina tayyorlash uskunasi

Ushbu uskuna ko’p g’altaklardagi iplardan bizning to’quv uskunamiz uchun zarur bo’lgan gorizontal qatorlarni hosil qilib, bobinaga o’rab berish uchun xizmat qiladi. Xomashyo yurtimizda ishlab chiqariladi va uning sifatiga qarab 2,3$ dan 3$ gacha tashkil etadi.  Quyida sizga taklif qiladigan uskunaning bir donasi 8 ta to’quv uskunasi uchun bobinali iplar hosil qilib bera oladi.

Maxsus tibbiyot dokasi to'qish uskunasi 4 dona

Uskuna avtomatik tarzda ishlashga mo’ljallangan bo’lib, bir vaqtining o’zida ikki qatorda kengligi 14 santimetrgacha bo’lgan mahsulot to’qib bera oladi. Ishlash tezligi esa har bir qator uchun bir soatda 160 metrni tashkil qiladi, yani har bir ikki qatorli to’quv uskunamiz bir soatda 320 metr maxsus tibbiyot dokasi to’qib berish quvatiga ega. Ha aytgancha buyurtma asosida 4 qatorli uskuna ham sotib olishingiz mumkin. bu borada uskuna buyurtma qilishdan oldin AFEX-GROUP kompaniyasi mutaxassislari bilan maslahat qilib olishingizni tavfsiya qilamiz.  

Katta o'ramni kichik o'ram qilish uskunasi yarim avtomatik

Katta rulon shaklidagi maxsus tibbiyot dokalarini Katta o’ramdan kichik o’ram hosil qiluvchi uskuna yordamida kelarkli uzunlikda o’rab olinadi, aytaylik 5 metrlik yoki 7 metrlik qilib kichik o’ram hosil qilinadi uskuna kengligi 14 santimetrgacha bo’lgan rulon shaklidagi maxsus tibbiyot dokasi bilan ishlash imkoniyatiga ega . uskuna yarim avtomatik bo’lib bitta ishchi xodim yordamida jarayon amalga oshiriladi.

Maxsus sterilizatsiya uskunasi

Sterilashni ikki xil uslibda amalga oshirish mumkin! birinchi uslubda, maxsus sterilangan qog’oz qoplama yordamida bintlarni ustiki qismi qoplanadi va uskuna yordamida issiq par berilib sterlizatsiya qilinadi , biz esa ancha samarali va xalqaro standartlarga to’liq mos keluvchi ikkinchi sterilash uslubidan foydalanamiz yani Etilen oksidi qisqartma qilib EO deb ham ataladi. EO past haroratli gazsimon jarayon bo’lib bir martalik tibbiy mahsulot va asboblarni steriliatsiya qilish uchun keng qo’llaniladi. Uskunaga bir martada uzunligi 7 metr kengligi 14 santimetr bo’lgan maxsus tibbiyot dokasidan 1500 dona sig’adi va sterilizaysiya jarayoni 9 soat davom etadi . 1500 dona mahsulotni sterilizatsiya qilish uchun 105 000 so’mlik EO gazidan foydalanamiz.

Tibbiyot dokasi qadqolash uskunasi 

Qadoqlash uskunasi gorizontal uslubda qadoqlaydi, ishlash jarayoni esa avtomatik bo’lib bitta ishchi nazoarida amalga oshiriladi . uskuna bir daqiqada 80tadan 100tagacha tibbiyot dokasini qadoqlash imkoniyatiga ega va shuningdek uskuna bir vaqtni o’zida ishlab chiqarish sanasini tushirib ketadi.

Tayyor mahsulotdan na'mulalar

Uskunalar narxi

Ishlash chiqarish jarayoni va hisob kitob videosi

https://youtu.be/zWZD2AYlhfY?si=uBvyanEB-W3rWpt6  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish