
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Oziq ovqat
Sutni qayta ishlash va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasi
SKU: 60dc67770bd70c1d17513e61
Ona yurtimiz tuprog'i chorvachilik uchun anchagina qulay hisoblanganligi uchun
yurtimizda qadim qadimdan ushbu soha rivojlanib kelgan. Hozirgi kunga kelib chorvachilik
nafaqat oila to'qchiligi uchun, balki yaxshigina daromad manbaiga ham aylanib ulgurdi.
Sut mahsulotlarini qayta ishlash orqali xalqimiz va eksport uchun
mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki
O'zbekiston hududida chorva mollari asosan kimyoviy qo'shimchalarsiz, tabiiy ozuqalar
bilan oziqlanganligi sababli ichki bozorda va tashqa bozorda ham raqobatchilardan bir
pog'ona ustun hisoblanadi. Eng muhim mahsulotlar sterillangan sut, qaymoq, qatiq,
suzma, pishloq, yogurt va boshqalardir. Keling ishlab chiqarish bosqichlari va ularga
kerakli bo'lgan uskunalar to'grisida batafsil ma'lumot berib o'tsak.
Narx
$97,100
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Tavsif
Kerak bo'ladigan resurslar:
- Ishlab chiqarish maydoni 120 m2 dan kam bo'lmagan, ishchilar uchun yuvinish va sanitar xonalar gigiyena talablari doirasida bo'lishi lozim
- Sovutish kamerali va Termo kamera qilish xaridor bo'ynida
- Ish maydonidan kanalizatsiya tizimi va xonani shamollatish tizimi bo'lishi lozim;
- 380v 50 hz ga mo'njallangan elektr ta'minoti (Kamida 150kw/soat kuchlanishga bardoshli)
- 6 nafar ishchi kuchi (laborant bilan birga)
- Toza ichimlik suvi ta'minoti
SUTNI SOVUQ HOLATDA SAQLOVCHI TANKER (1000L)
Ushbu uskuna ishlab chiqarishni boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi. Kunlik sutni qayta ishlash uchun avvalo xomashyo zahirasi aynan shu yerda to'planadi. Xomashyoga kerakli bo'lgan qo'shimchalar qo'shilib boshqa qozonlarda ish jarayoni olib boriladi. Ushbu saqlovchi tankerimiz ichini tozalash va mahsulot saqlash xarajatlarini optimallashtirish uchun gorizontal holatga keltirilgan. Ushbu sovutish tanker sig'imi 1000L sutni saqlaydi va 1000L sut qolgan sisternalarga bo'shatilad va yangi holatida qayta ishlanadi. Ikkinchi bosqichda esa sovutish tankeridagi sut qayta ishlash uchun qolgan tankerlarga nasos yordamida yuboriladi.
2. SUT UCHUN GOMOGENIZATOR (1000L/soat)
Sutni ishlov berish jaroyinida gomogenizator uskunasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu uskunasiz sutni qayta ishlashni tqsavvur qilish qiyin. Deyarli barcha jarayonlar uchun ushbu uskuna kerak bo'ladi. Gomogenizatorlar oziq-ovqat, sut, ichimlik, farmatsevtika, mayda kimyo va biotexnologiya sohalarida ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot va texnologiyalarni rivojlantirishda keng qo'llaniladi. Xususiyatlari: 1.Butun mashina zanglamaydigan po'lat qoplama bilan qoplangan, va ko'rinishi silliq va toza, xavfsiz va sanitariya talablariga javob beradigan hisoblanadi. 2.Bu spiral tishli past tezlikda uzatish, past shovqin, barqaror ishlash va ishonchli ishlashni qabul qiladi.
3. SUTNI QAYNATUVCHI VA SOVUTUVCHI MIKSERLI TANKER (1000L)
Aralashtirish uchun tayyorlanadigan elektr isitish idishi, shuningdek, materiallarni aralashtirish tanki yoki materiallarni aralashtirish tanki deb ataladi, bu energiya tejash, korroziyaga qarshi, kuchli unumdorlik va tozalash osonligi kabi afzalliklarga ega. Shuningdek asosan sut mahsulotlari, shakar, boshqa elementlar va turli xil dori- darmonlarni aralashtirish va bir hil holga keltirish uchun ishlatiladi, sut mahsulotlari, ichimliklar va dorixona ishlab chiqaruvchilari uchun ajralmas asbob sifatida. U SUS304 yoki 316 zanglamaydigan po'latdan yasalgan va u GMP ishlab chiqarish standartiga muvofiq. Elektr isitish aralashtirish tanki - bu fermentlarning optimal sharoitda parchalanishini ta'minlaydigan va fermentlarning ta'siri tufayli ba'zi moddalarni boshqa moddalarga aylantiradigan tank. Jeyk isitish yoki sovutish uchun ishlatilishi mumkin, tashqi issiqlik saqlovchi qatlam bilan biriktirilgan. Pasterizatsiyalash maqsadida ham ishlatilishi mumkin. 1. Elektr isitish Mikseri 2. Izolyatsiya qatlami bilan qoplangan 3. Aralashtirish tizimi bilan birga. Aralashtirish qurilmasi: Spiralsimon agitator bilan jihozlangan 4. Material: SUS 304 yoki SUS 316. 5. Tashqi jild yuzasi: oyna abraziv ichki yuzasi silliq. 6. Suyuq darajasi o'lchov: raqamli metr yoki shisha o'lchash ixtiyoriy.
4. SUT UCHUN IKKI BOSQICHLI FILTER
Ushbu filtr, asosan, sharbat, sut, ichimliklar va boshqa turli ko'rinmas aralashmalardan xalos bo'lish uchun ishlatiladi. Filtrlash mashini mashinani to'xtatmasdan tozalash imkoni borig sizni ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etadi. U uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin, takroriy foydalanish uchun tozalash va yaxshilab suv bilan yuvish lozim. Material to'liq zanglamas 304 metalldan ishlangan.
5. SENRAFUGALI SEPARATOR USKUNASI (500L)
Sentrafugali sut separatori sutdagi qaymoqni ajratib olish uchun qo'llaniladi. Material barabanga besleme trubkasi orqali kiradi, kuchli markazdan qochirma kuch maydoni orqali, material diskdagi neytral teshiklarni ajratuvchi yuz sifatida olib, o'ziga xos tortishish kuchi yuqori bo'lgan suyuqlikni tashqariga chiqaradi. Disk markazidagi teshiklar katta markaziy nasosga (yuqori); og'ir cho'kindi to'planish joyida to'planadi; o'ziga xos past og'irlikdagi suyuqlik disk bo'ylab ichkariga va yuqoriga qarab harakat qiladi, yig'iladi va kichik markaziy nasosga oqib o'tadi, engil / og'ir faza mos ravishda katta va kichik markaziy nasos orqali chiqariladi.
6. SUTNI YUQORI TEMPERATURADA PASTERIZATSIYALASH USKUNASI (1000L/SOAT)
Sut mahsulotlarining yaroqlilik muddatini oshirish uchun eng avvalo ularni qadoqlashdan avval sterillash tavsiya etiladi. Sterillash uskunasi mahsulotni qisqa muddatda 130C ga ko'tarib uni yana tezda sovutish yo'li bilan sterillaydi. Sterilizatsiya jarayoni: ultra yuqori haroratli lahzalik sterilizatsiya mashinasi umumiy material zanglamas metalldan, oldindan qizdirish uchun issiqlik almashinish moslamasida sentrafuga nasosli sterilizatsiya mashinasidan iborat, yuqori harorat bilan to'ldirilgan tankerdan keyin,139C haroratda 3 soniya ushlab turib, mikroblar va fermentlarni tezda o'ldirildi. Issiqlik barrelidan keyin sovutish uchun sovuq material bilan issiqlik almashinuvi orqali, o'rtacha harorat 35 ° C dan pastga tushiriladi. shundan so'ng mahsulotni qadoqlash mumkin bo'ladi. Naqfaqat sut, balki sharbatlar ham shu tarzda sterillanadi.
7. Lobaratoriya jihozi
Sutni yuqori sifatli sinov uskunasi / sutni yog 'tekshirgichi Asosiy xususiyatlari: • Foydalanuvchi uchun qulay: ishlatish, texnik xizmat ko'rsatish, sozlash va o'rnatish sodda • Portativ va ixcham dizayn • Juda oz miqdordagi sut talab qilinadi • kam quvvat sarfi • Xavfli kimyoviy moddalardan foydalanish taqiqlanadi • O'lchov aniqligi qiymatni foydalanuvchi RS 232 interfeysi orqali amalga oshirilishi mumkin • ESC POS printerini qo'llab-quvvatlash • Ikki namunani o'z-o'zini kalibrlash Atrof-muhit sharoitlari Atrofdagi havo harorati - 10 ° C - 40 ° C (tanlov 43 ° C) Sut harorati - 1 ° C - 40 ° C Nisbiy namlik - 30% - 80% Elektr parametrlari AC quvvat manbai voltaji - 220V / 110V DC quvvat manbai kuchlanishi - 12V dan 14,2V gacha Quvvat iste'moli 30W maksimal
8. SOVUTISH CHILLERI (5HP)
Tankerlardagi mahsulotlarni sovutish uchun bizga suvli sovutish tizimi ya'ni chiller lozim bo'ladi. 1. Tizim ortiqcha yuklamalardan himoyalangan, past va yuqori bosimli himoya va elektron vaqtni kechiktiradigan himoya qilish moslamasi va boshqa g'ayritabiiy holat ko'rsatkichi tizimi. 2.Yangi import qilingan kompressorlar va yuqori samarali qobiq va naychali kondensator, evaporatator, kuchli sovutish qobiliyati, shovqinsiz va energiyani tejash, mikro- kompyuterni to'liq boshqarish, oson ishlash tizimiga ega. 3. Sovutish suvi va kiradigan ekranning suyuq kristalli displeyi (ixtiyoriy). 5. Qulay va zamonaviy ko'rinish
9. MAHSULOTLARNI VAKUUMLI QADOQLASH USKUNASI
Bir kamerali vakuumli qadoqlash uskunasi bizga pishloq va boshqa mahsulotlarni havosiz holatda qadoqlashga yordam beradi. Vakuum qadoqlash yordamida qurt, kolbasa, pishloq, pishloqli qalamchalar va boshqa mahsulotlarni ham qadoqlash mumkin.
10. PET IDISHLAR ISHLAB CHIQARISH USKUNASI
PET idishlar qatiq, yogurt mahsulotlari uchun asosiy qadoqlash mahsuloti bo'lib qolmoqda. PET idishlarni ishlab chiqarish uchun sizga PET kapsula kerak bo'ladi, uni esa yurtimizning turli hududlaridan topish mumkin. Pet kapsula kerakli issiqlikda qizdirilib, uni yuqori bosimli havoda shakllantiriladi. uskunaga bir dona xaridor talabidagi qolip qo'shib beriladi.
11. IKKI BOSHLI SUYUQ MAHSULOTLAR PNEVMATIK QUYIB BERISH USKUNASI
Ushbu seriyali quyib berish mashinasi oddiy tuzilishga ega, yuqori aniqlikda va oson ishlaydi, oziq-ovqat va dori darmon sohasida qo'llash mumkin. Bu yuqori yopishqoqlikdagi materiallarni to'ldirish uchun eng yaxshi uskunalardir. GMP-ga ko'ra, ularni bog'laydigan qismlar materiallar barchasi 304 zanglamaydigan po'latdan yasalgan. To'ldirish hajmi bilan sozlanishi, to'ldirish tezligi, siz xohlaganingizcha o'zgarishi mumkin, yuqori to'ldirish aniqligi, tomizish funktsiyasi bilan yaratilgan to'ldirish moslamasi. Yogurt qaymoq, qatiq va smetanalar uchun eng maqbul yechimdir. Uskunani pedalga sozlash va avtomatik rejimda ishlatish ham mumkin.
12. PET IDISHGA PLYONKALI YORLIQ UCHUN TERMO TUNNEL
Ushbu uskuna hozirda birmuncha ommalashgan 330ml; 500ml hajmli PET idishlarga qadoqlangan yogurt mahsulotlarimiz uchun zarur hisoblanadi. Bundan tashqari PET idishga qadoqlangan qatiqlar uchun ham termo plyonkali qadoqlardan foydalanishimiz mumkin.
13. STAKAN SHAKLLI IDISHLARGA QADOQLASH USKUNASI
Qog'oz va plastik stakanlar uchun mahsulotni avtomatik quyib berish va ustki qismini aluminiy folga bilan yopib berish usknunasi. Ushbu uskuna yordamida siz qaymoq, gazsiz ayron, qatiq, sut, yogurt va boshqa mahsulotlarni qadoqlash mumkin. Ushbu qadoqdagi mahsulotlar ishlatish uchun qulay va mahsulot tannarxi birmuncha arzon bo'lishiga olib keladi.
14. SENTRAFUGALI NASOSLAR 3T
Sut mahsulotlarini o'z vaqtida bir uskunadan boshqa bir uskunaga o'tkazishga to'g'ri keladi, chunki yo'qotilgan vaqt sizda mahsulotingiz sifati buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli liniyaga avtomatik boshqaruv va mahsulot o'tkazish uchun nasoslar zarur. Nasoslar zanglamas metalldan ishlangan bo'lib, mahsulot sifatiga salbiy tasir qilmaydi.
15. STERILLANGAN SUTNI PLASTIK PLYONKAGA QADOQLASH USKUNASI
Sutni tannarxini pasaytirish uchun butun dunyoda PET va Aseptik karton idishlardan voz kechilmoqda. Shu sababli siznign mahsulotingiz xaridorgir bo'lishi uchun sizga sterillangan sut mahsulotlaringizni PE rulonlarda qadoqlangan mahsulot chiqarishingizni maslahat beramiz. Ushbu uskuna yuqori unumdorlikga ega va lozim bo'lsa boshqa mahsulotlar masalan ayron yoki suyuq boshqa mahsulotlar qadoqlashda ham ishlatish mumkin bo'ladi.






