AFEX
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
Yengil sanoat

Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018

SKU: AF-L018

Tekstil yorliqlari hamma ham e'tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma'lumotlarni o'zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog'ozi deb atasak ham bo'laveradi. Yorliqsiz kiyimlar "boshsiz chavandoz"ga o'xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o'lchamlari aynan kiyimning yorlig'ida yozilgan bo'ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste'molchilar tomonidan to'liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.

A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Ishlab chiqarilganXitoy
Kuchlanish220V50Hz
O’lchami1800*750*2000mm(L*W*H)
Elektr sarfi6.7kw
Mahsulot o’lchamiMax:140 mm
Chop qilish maydoni127-254 mm
Ishlab chiqarish tezligi60m/min
Og’irligi800kg
Kuchlanish220V
O’lchami60*44*44sm(L*W*H)
Elektr sarfi1.5kw
Kesish hajmiL:1-70sm;W:1-10sm
Kesish tezligi400 dona/min
Og’irligi50 kg
Yorliq tasmasi ustiga chop etish uskunasi18 300$
Chop etilgan tasmani kesib berish uskunasi4300$
Jami:22600$

Tavsif

O'zining hech kimnikiga o'xshamagan takliflari bilan sizga tanish bo'lgan "AFEX-GROUP" jamoasi sizlarga aynan shunday tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi. Bir qarashda kichik ko'ringan bu mahsulot aslida eng talabgir mahsulotlardan biridir. Bu biznesni boshlash orqali siz kiyim-kechak va umuman tekstil sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning 'joniga oro kirasiz' va eng asosiysi yaxshigina daromadga ega bo'lasiz.

YORLIQ CHOP ETISH USKUNASI

https://youtu.be/D4NHYAzVy6I

Uskuna yorliqlar ustiga ma'lumotni chop etish uchun mo'ljallangan. Uskuna Valiga o'zingizga to'g'ri kelgan naqshli yoki yozuvli qolipni o'rnatish orqali yorliq ustiga istalgan ko'rinishni tushirishingiz mumkin. Uskuna foydalanish uchun qulay va xavfsizdir. Noyob naqshlar moyli siyohlar va suyuq siyohlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Ranglar mutanosibligi deyarli farq qilmaydi va 0,1 mm ni tashkil qiladi. Uskunaning ustunligi shundan iboratki, u bir vaqtning o'zida ikki taraflama naqsh tushira oladi. Bu esa ishlab chiqarish vaqtini tejash imkonini beradi.

TASMALARNI KESISH USKUNASI

Keyingi bosqichda yorliqli tasmalar maxsus uskuna yordamida kesiladi

Ushbu uskuna to'liq avtomatlashtirilgan bo'lib, yorliqlarni issiq va sovuq funksiya bilan kesishga mo'ljallangan. Issiq va sovuq kesish funksiyalari tasma materialiga qarab o'zgaradi. Uskuna barcha turdagi yorliqli tasmalarni kesa oladi.

Mahsulot uchun qanday xomashyodan foydalaniladi???

     

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish