AFEX
Tuxum fleyka idishlar ishlab chiqarish liniyasi
Qayta ishlash

Tuxum fleyka idishlar ishlab chiqarish liniyasi

Yurtimizda parrandachilik va tuxum yetishtishga katta e'tibor qaratilgan. Yildan-yilga tuxum mahsulotlarini iste'moli ham ortib bormoqda. Shu o'rinda tuxum idishlar ishlab chiqarish faoliyati serdaromad biznesga aylanib bormoqda. Tuxum idishlar tayyorlash uchun uncha murakkab bo'lmagan, ya`ni  keraksiz gazetalar, kitoblar, qutilar, jurnallar va boshqa turdagi qog'oz chiqindilarni qayta ishlash orqali tayyorlanadi. Bu esa nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ekologik tamondan xam foydali biznesdir.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Quvvati7.5KW
Hajmi1600x1600x1550mm
Vazni1000kg
Ish/chiqarish hajmi8-14 dona/min
Quvvati3KW
Hajmi3170x1700x1800mm
Vazni1500kg
Quvvati5.5 KW
Hajmi900x300x300mm
Quvvati7.5 KW
Hajmi1500x800 x800mm
Quvvati1.5KW
Hajmi380x240x240mm
Quvvati3 KW
Hajmi100x560x560mm
Hajmi1300x700x900mm

Tavsif

"AFEX-GROUP"- tadbirkorlarimizga, kichik investitsiya evaziga-katta daromad olib keluvchi ixcham liniyani taklif etadi.  Quyidagi chizmada mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlar, uskuna va qurilmalarni joylashuvi haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Suv va sellyuloza massasi uchun 3 ta havza (basseyn) talab etiladi. Havza o'lchamlari 1,5x1,5 metr, chuqurligi 1,2 metr yoki 1,5 mert bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu rasmlarda ko'rib turganlaringizdek, dastlab qog'oz chiqindilaridan bo'lgan xom ashyolar gidravlik mikser yordamida atala xolatiga keltiriladi. Tayyorlangan selluloza massa birinchi havzaga  tashlanadi. Birinchi havzada tayyorlangan massa, ikkinchi havzaga uskunaga yuborish uchun tashlanadi. Ushbu texnologik jarayonlarda suv havzasi seluloza massasi sozlanishida ortgan suvlarni qayta ishlanishini ta'minlab beradi.  

Kerakli xom ashyolar:

Barcha turdagi chiqindi qog'oz mahsulotlari

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

Kerakli maydon; 50 m² (uskunalar uchun) Umumiy quvvat; 37 kw. Elektr iste'moli; 25,9 kw/soat. Qog'oz sarfi; 120 kg/soat. Suv sarfi; 300 litr / soat.

Faoliyat uchun kerakli uskuna va qurilmalar:

1.Gidravlik mikser. 2.Shakllantiruvchi uskuna. 3.Sellyuloza nasosi. 4. Vakuumli pumpa. 5.Suv nasos. 6 Karcher. 7. Havo kompressori. 8. Qo`shimcha qismlar

Mikser

 

Qolip uskuna

Tuxum idishlar shakllantirish uskunasida qoliplar midori 3 qatordan/ 2 dona bo'lib, bir soat mobaynida 1000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar hajmi 31x31 sm, og'irligi 55-80 gram. Uskuna 1000 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun o'rtacha 100- 120 kg chiqindi qog'ozlar sarf etadi.  

Selluloza uchun nasos

   

Vakuumli pumpa

 

Suv nasosi

 

Karcher uskunasi

 

Kompressor

 

Qo`shimcha qismlar

Tuxum idishlarni quritish tizimi. Ushbu loyihada mijoz o'z hisobidan, quritish tizimini tashkil etishi talab etiladi. Biz mijozlar uchun uch turdagi quritish usullarini taklif qilamiz: tabiiy quritish jarayoni, yarim avtomatik g'ishtli tunnel quritish tizimi, metall tunelli-avtomatik konveyer quritish tizimi. Yoqilg'i masalasida, barcha quritish tizimlari uchun elektr, yog'och, dizel, ko'mir va tabiiy gazdan foydalanishingiz mumkin. Avtomatik konveyerli quritish tizimi va to'liq avtomatik metall quritish tizimi yuqori avtomatik darajasiga ega bolganligi bois, ishchi kuchiga talab past bo'ladi. Quritish tizimi uchun, bir soat mobaynida yonilg'i iste'moli: Elektr - 20 kw. Tabiiy gaz- 22-32 kub. Dizel - 18-25 litr. Ko'mir- 50 kg.

Ishlash jarayonidan video lavha

https://youtu.be/D0lbPNFP2ss

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish