
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Oziq ovqat
Vafli ishlab chiqarish liniyasi
SKU: 618e5b3723e4106d561e6692
O`zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab tobora ortib bormoqda. Bunga sabab qilib aholi sonining oshishi va aholi daromadlarining ko`payishini sabab qilib ko`rsatishimiz mumkin. Shu o`rinda ham bozorda takliflar ko`paygani sari raqobat darajasi ham qiyinlashib bormoqda.
O`zbekiston bozorlarida pishiriqlar va shirinliklarga bo`lgan talab ham yuqoriligicha qolmoqda. AFEX-GROUP ham o`z navbatida oziq-ovqat sohasida keng ko`lamli uskunalarni taklif qiladi. Bu safargi uskunalar yordamida vafli ishlab chiqarishni yo`lga qo`yamiz.
Narx
$144,400
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Tavsif
Umumiy ma`lumotlar
Uskunalar ro`yxati
A. Pishirish pechi
B. Sovutish uskunasi
C. Qavatlarni terish uskunasi
D. Krem yoyish uskunasi
E. Vertikal sovutish qismi
F. Kesish uskunasi
G. Vaflilarni ajratish-sindirish uskunasi
H. Xamir uchun mikser
I. Krem uchun mikser
Keling endi uskunalarning texnik parametrlari va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib chiqsak.
Mikser
Ishlab chiqarish jarayonini eng avval mikser bilan boshlaymiz. Mikserda avtomatik yetkazib berish va aralashtirib berish tizimlari mavjud. Uskuna xalqaro standardlarga javob beruvchi metallardan tuzilgan va 1,2 mm SUS 304 zanglamas metalidan foydalanilgan.
Krem mikser
Krem mikser retseptga ko'ra shakar, sariyog' va boshqa mahsulotlarni aralashtirib beradi. Uskuna xalqaro standardlarga javob beruvchi metallardan tuzilgan va SUS 304 zanglamas metalidan foydalanilgan.
Elektr pech
Pech, albatta, bu liniyaning eng asosiy uskunasidir. Pechning yuqori sifatga ega ekanligi yakuniy mahsulotlarning sifatli chiqishida salmoqli o`ringa ega. Elektr pech esa quyidagi xususiyatlarga ega:
- Pechning barcha qismlarida qizitish konturlari bor. Shu sababli ham pechning barcha qismlari bir maromda qiziydi. Sifatli metalldan foydalanilgani tufayli uskuna issiqlikni yaxshi saqlab turadi.
- Kichik hajm. Uskuna bozordagi pechlardan ancha katta farq qiladi, xususan hajmi bo`yicha ham. Ixcham o`lchami talab etilgan harorat va sifatni chiqarib bera oladi.
Sovutish konveyori
Ushbu konveyor lentaning vazifasi vaflilarni sovutib berishdan iborat. Ishlash jarayonini quyidagi videoda ko`rib chiqsangiz bo`ladi.
Krem yoyish uskunasi
Har bir listning ustiga tayyorlab olgan kremlarimizni yoyib chiqamiz.
Konveyor lenta
Uskuna vaflilarni keyingi sovutish va kesish uskunalariga yetkazib beradi. O`lchamlari: 1150*700*950 mm.
Kesish uskunasi
Uskuna barcha talab etilgan o`lchamlarda hech qanday qiyinchiliklarsiz kesib bera oladi.
Maydalash uskunasi
Vaflilarni kesganimizda uvoqlar va ortiqcha qismlar hosil bo`ladi. Uskuna shularni maydalab yana foydalanish uchun yaroqli qilib beradi.
Qadoqlash uskunasi
Qadoqlash yordamida tayyor bo`lgan mahsulotlarimizni sotuvga tayyorlab olamiz. Uskunada turli xildagi plyonkalardan foydalanishimiz mumkin. Paket o`lchamlarini ham o`zgartirish mumkin.
https://youtu.be/uMmA-v2CSSs






