
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish ixcham liniyasi
SKU: 60a363430bd70c57a07cc980
Hozirda bizga bo'lgan murojaatlarda ko'pchilik tadbirkorlarning xojatxona qog'ozlari ishlab chiqarish biznesiga qiziqishlari balandligini ko'rdik. Shuni inobatga olib ishlab chiqarish hajmi kichik tadbirkorlar uchun yetarli bo'lgan nisbatan kam joy egallaydigan ishlab chiqarish liniyasini tavsiya qilmoqchimiz. Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
Narx
$14,900
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Xomashyo | Ikkilamchi qog’oz yoki selluloza rulon |
| O’ram tayyorlash mahsuloti | Xojatxona qog’ozi yoki rulon salfetka |
| Qog’oz qalinligi | 13-30g/m2 |
| Rulon qog’oz kengligi | 787-900mm |
| Naqsh bosuvchi silindr kengligi | 1100mm |
| Ishlab chiqarish quvvati | 0.8-1T/kuniga |
| Qavatlar soni | 1;2;3 |
| Ishlash tezligi | 30-40m/min |
| Tezlikni o’zgartirish | Mavjud |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 4,5kw/soat |
| Kesish uzunligi(mm) | O’zgaruvchan |
| Ishlash quvvati(tonna/sutka) | 1.5 |
| Kesish uzunligi(mm) | 3750 |
| Diametr(mm) | 1300*70*1800 |
| Og’irligi(kg) | 560 |
| Vtulkali va vtulkasiz | Ikkalasiga ham mo’ljallangan |
| Quvvat sarfi(kw) | 1.1 |
| Kuchlanish | 220v50hz |
| O’ramlar soni | 2;4;6;8 talik |
| Material | Metall va textalit |
| Payvandlash kengligi | 50sm |
| Ishlash mexanizmi | Oyoq pedali yordamida |
| Ishlab chiqarish quvvati | 15-18 dona/min |
| Talab etiladigan ishchi kuchi | 1 nafar |
| Quvvat sarfi | 0,5kw/soat |
Tavsif
KATTA O'RAMDAN KICHIK O'RAMGA O'RAB BERISH USKUNASI
Avvalambor ishni boshlashdan avval siz nechi qavatli xojatxona qog'ozi ishlab chiqarishni rejalashtirib olishingiz lozim. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko'zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib qilishingiz mumkin. Ushbu uskunaga naqshli val ham qo'shib beriladi, sababi naqshli val sizning mahsulotingizni bozorgir bo'lishiga olib keladi.
KICHIK O’RAMNI KESIB BERISH USKUNASI
Yuqoridagi uskuna hosil qilgan kichik rulonlarni ushbu arra maxsus kichik hajmga bo’lib berish uchun xizmat qiladi. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordiyu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi. Bu uskunani ichki vtulkaga ega va vtulkasiz xojatxona qog’ozlari uchun ham ishlatish mumkin.
DONALI QADOQLASH UCHUN MAXSUS DAZMOLLASH USKUNASI
Ushbu uskuna yordamida bizda hali qilinmagan va insonlarga kerakli bo’ladigan bir yoki ikki dona xojatxona qog’ozini qadoqlash mumkin. Axir har bir ishni qilishda talab hisobga olinishi lozim. Donali qadoqlangan mahsulot tog’larga yoki boshqa joylarga sayohat qilish paytlarida qo’l kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu uskun orqali siz boshqa mahsulotlarni (salfetka, konvert qilib yopiluvchi boshqa mahsulotlar) qadoqlashda ham ishlatish imkoniga ega bo’lasiz.
TO’PLAM QILIB QADOQLASH USKUNASI
Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo’l bilan ushlash qulay bo’lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi. Qadoqlash paketi tayyor holatda va uch tomoni yopiq holatda bo’ladi. So’ngra,unga mahsulotni qo’lda solib so’ng quyidagi uskuna yordamida tepa qismi yaxshilab yopiladi.
O‘xshash uskunalar

Avtomatik hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi Industrial versiyasi
$34,900

Avtomatik qo'g'oz konteynerlar ishlab chiqarish uskunasi
$33,900
Qog`ozni qayta ishlash

Qog‘oz quvurlarni kesish uskunasi
$3,800
Qog`ozni qayta ishlashOmborda mavjud

To‘liq avtomatik qog‘oz quti yasash uskunasi
$9,900
Qadoqlash

