
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish liniyasi (To`liq avtomat)
SKU: 60a658d30bd70c19ed1f6be1
Har bir yangi tadbirkor o`z biznesini boshlayotganda, albatta, katta daromad ko`rishni maqsad qiladi. Biznesdan katta foyda ko`rish esa o`z navbatida bir qancha faktorlarga bog`liq bo`ladi. Bular: xom-ashyoning mavjudligi, mahsulotning narxi, mahsulotning mavsumiyligi, foydalanilgan texnologiya va aholi daromadi. Mana shu sanab o`tilgan omillarning barchasi tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotda topilsa, albatta, mahsulotning sotuvi rivojlanadi.
Narx
$51,300
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Uskuna modeli | AFX-2200T |
| Qog’oz kengligi | <2200mm |
| Ishlab chiqarish quvvati | 2-3 tonna/8 soat |
| O’rash tezligi | Maks 280m/min |
| Boshqaruv paneli | PLC ekran |
| Qavatlar soni | 3 |
| Quvvat sarfi | 6 kw |
| Uskuna o’lchamlari | 6200*3200*1900mm |
| Uskuna og’irligi | 2,5 tonna |
| Kesish tezligi | 80-100 marta/minut |
| Kesish uzunligi | 100-200mm |
| Kesish balandligi | 50-150mm |
| Kesish kengligi | 70-120mm |
| Havo bosimi | 0,6Mpa |
| Quvvati | 7,5kw |
| Og’irligi | 1 tonna |
| Turi | 2 qatorli |
| Qadoqlash tezligi | 8-15 ta/minut |
| Umumiy quvvati | 3,5kw |
| Umumiy o’lchamlari | 6200*2900*1400mm |
| Qadoqlash o’lchamlari | Uzunligi 400-600mm Kengligi 160-240mm Balandligi 160-240mm |
| Og’irligi | 700kg |
| Havo bosimi | 0,6m3 |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Quvvati | 4kw |
| Tezligi | 2890r/min |
Tavsif
Xojatxona qog`ozlarini ishlab chiqarish liniyasi ham yuqorida keltirib o`tilgan barcha talablarga javob beradi. Shu sababli ham, bu biznes istiqboli bor loyihalar qatoriga kiradi. Biz sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyasi ishlab chiqarish hajmini oshiradi va uskunalar to`liq avtomat holatida ishlaydi. Keling endi, ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`lib olsak.
Umumiy ma`lumot
Ishlab chiqarish hajmi: 2-3tonna/8soat
Qavatlar soni: 3ta
Ishchilar soni: 1ta
Kerakli maydon o`lchami: 70-80m2
Quvvati: 25kvt
Kerakli xom-ashyolar: rulon selluloza, paket
Uskunalar to`plami
- Katta o`ramdan kichik o`ramga o`rib berish uskunasi
- Avtomatik kesish uskunasi
- Avtomatik qadoqlash uskunasi
- Kompressor
Ishlab chiqarish jarayoni
Katta o`ramdan kichik o`ramga o`rab berish uskunasi
Ishni boshlashdan oldin 2ta omilga e`tibor qaratishimiz lozim. Birinchisi xojatxona qog`ozining qavatlari soni. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko’zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib ishlab chiqarishingiz mumkin. Ikkinchisi xom-ashyo o`lchami. Uskuna kengligi 2200 mm gacha bo`lgan rulon sellulozadan foydalana oladi. Yurtimizda, asosan, kengligi 1800 mm bo`lgan rulonlardan foydalaniladi. Xom-ashyo rulonining kengligi ishlab chiqarish hajmiga ta`sir ko`rsatadi.
Funksiyalari:
- Naqsh bosib berish
- Avtomatik o`rash, teshish va kesish
- Avtomatik yelim purkash
- Avtomatik pnevmatik qog'ozni yuklash
- Avtomatik vtulkani yetkazib berish tizimi
- Avtomatik kesish uskunasiga yetkazib berish uskunasi
- Ushbu modelda PLC boshqaruv tizimi qo`llanilgan, ishlab chiqarish jarayoni to'liq avtomatlashgan, ishlab chiqarish tezligi yuqori.
- Uskuna vtulkani avtomatik ravishda o'zgartirishi, shuningdek vtulkani almashtirganda tezlikni avtomatik ravishda oshirishi va pasaytirishi mumkin.
- Uskunada avtomatik signal berish xususiyati ham bor. Bu funksiya ishchini vtulka yoki qog`oz tugaganda ogohlantiradi.
- Rulon sellulozani pnevmatik bosim yordamida ushlab turadi.
- Uskunada ham vtulkali, ham vtulkasiz xojatxona qog`ozlari ishlab chiqarish mumkin.
Avtomatik kesib berish uskunasi
O`rab beruvchi uskunadan chiqqan qog`ozlar avtomatik ravishda kesib beruvchi uskunaga yo`l oladi. Bunda hech qanday ishchi kuchi kerak bo`lmaydi. Uskuna yordamida turli xil o`lchamlarda kesib olish mumkin. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordi-yu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi (15-20sm).
- LCD sensorli ekran sozlamalari boshqarish uchun oson.
- Kesish jarayonida hech qanday ishchilar kerak emas, juda xavfsiz.
- Kesish sonini va kesish uzunligini belgilash oson va avtomatik qadoqlash mashinasi bilan ulanishi mumkin.
- Mashina sozlamalari rivojlangan va barqaror. Tekshirish qismlari asosan sifatli import qismlaridan foydalanilgan.
Qadoqlash uskunasi
Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8,10,12 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo’l bilan ushlash qulay bo’lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi.
- PLC boshqaruv tizimi. Mashina sozlamalari oldindan o'rnatilishi mumkin.
- Mashinada ishlash uchun faqat bitta ishchi kerak.
- Xavfsizlikni kafolatlaydigan datchik bilan.
- Bitta mashina barcha o'lchamdagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Kompressor
Ishlash jarayonidan video lavha
https://youtu.be/lG3aWNRYJNU Shu bilan ishlab chiqarish jarayonimiz ham o`z nihoyasiga yetdi. Umumiy jarayondan taassurot uyg`otish uchun quyidagi videoni ko`rishingiz mumkin.O‘xshash uskunalar

Avtomatik hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi Industrial versiyasi
$34,900

Avtomatik qo'g'oz konteynerlar ishlab chiqarish uskunasi
$33,900
Qog`ozni qayta ishlash

Qog‘oz quvurlarni kesish uskunasi
$3,800
Qog`ozni qayta ishlashOmborda mavjud

To‘liq avtomatik qog‘oz quti yasash uskunasi
$9,900
Qadoqlash

