
Xojatxona qog'ozi va qog'oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko'p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog'ozi ishlab chiqarish liniyasini so'rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo'ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o'tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo'lgan xojatxona qog'ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta'minlovchi bo'lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o'ziga o'zi savol berishi lozim bo'ladi, ya'ni nega Rossiya davlatining o'zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug'iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog'ozlarini ma'qul ko'rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog'ozi va qog'oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o'tamiz.
Texnik xususiyatlar
| Xususiyatlari | Selyuloza |
| Kanalizatsiya tizimi uchun muammoli jihati va suvda to’liq erishi | Suvda to’liq eriydi |
| Yumshoqligi va tanani jarohatlash xavfi | Yumshoq,xavfsiz |
| Har xil ranglardan foydalanish mumkinligi | Mumkin |
| Aramotizatorlar qo’shish imkoniyati | Mumkin |
| Gigiyenik talablarga javob berishi | To’la javob beradi |
| Allergik kasalliklar chaqirish xavfi | Aromatizator qo’shilmasa mutlaqo allergiya qo’zg’atmaydi |
| Ichki vtulka o’rnatish | Mumkin |
| Ekalogiya va atrof-muhitga ta’siri | Daraxtlar kesiladi |
| Yuzaga bo’rtma naqshlardan foydalanish | Mumkin |
| Uzilish chizig’ini qoldirish mumkinligi | Mumkin |
| Uskuna modeli | XTGK-1850 |
| Qog’oz kengligi(mm) | 1800 |
| Ishlab chiqarish quvvati(8 soatda) | 1,2t |
| Yakuniy mahsulot diametric | F50-1800mm(kenglik va diametr o’zgaradi) |
| Ichki vtulka diametric | F30-55mm |
| Xomashyo o’ram diametric | Standart 1100mm(Boshqa o’lchamlar ham bo’laveradi) |
| Xomashyo o’ram ichki vtulka | 76mm |
| O’rash tezligi | 150-280m/min |
| Sozlash tartibi | PLC komputerli boshqaruv orqali |
| Qavatlar soni | 3 qavatli |
| Uzish chizig’ini belgilash | 2 pichoqli,150-300mm |
| Pnevmatik Sistema | 3 klapanli compressor |
| Quvvatlar sarfi | 5.5kw-15kw tezlikka qarab o’zgaradi |
| O’lchami | 6200*2600*800mm |
| Og’irligi | 5 tonna |
| Kesish uzunligi(mm) | O’zgaruvchan |
| Ishlash quvvati(tonna/sutka) | 1.5 |
| Kesish uzunligi(mm) | 3750 |
| Diametr(mm) | 1300*70*1800 |
| Og’irligi(kg) | 560 |
| Vtulkali va vtulkasiz | Ikkalasiga ham mo’ljallangan |
| Quvvat sarfi(kw) | 1.1 |
| Mahsulotlar va xizmatlar nomi(1 o’ram 60grlik mahsulot uchun) | Hisob va narxi |
| Xomashyo(selluloza) | 14 000 000 so’m |
| Ichki vtulka 170cm lik(170gr) | 1000 so’m |
| Qadoqlash uchun paket(6 donalik) | 420 so’m |
| Sarflanadigan elektr energiya (1 tonna uchun 12 soat) | 13,5kw*12=162kw(59 940 so’m) |
| Ishchi kuchi 4 nafar(1 tonna mahsulot uchun) | 220 000 so’m(1,5 mln so’m oylik) |
| Bir dona o’ram uchun xomashyo(selluloza) | 50 gr*14 so’m=700 so’m |
| Bir o’ram uchun vtulka | 170 sm/10 sm=17 dona. 1000/17=59 so’m |
| 1 pochka(6 donalik) mahsulot chiqarish uchun mahsulotlarning narxlari | 20000/6=3330 pochka 6*700 so’m4200+59*6=354 so’m+420 so’m=4974 so’m |
| Ishchi va elektr tokening 1 pochka mahsulot uchun sarfi | 1 soatda 277 pochka mahsulot chiqadi Elektr toki:13,5*370=4995 so’m Ishchilar:18330 so’m 1 soatlik 4 ta ishchi narxi 4995/277=18 so’m bir pochka uchun elektr toki 18330/277=66 so’m 1 pochka uchun ishchilar haqi Demak 4974+84=5058 so’m 1 pochka mahsulot tannarxi |
| Ulgurji bozor narxi 6250 so’m | 1250 so’m*3330 dona=4 162 500 so’m 1 kunlik foydangiz! |
Tavsif

Biz sizlarga doim tanlash imkoniyatini taqdim etamiz. Quyidagi jadval yordamida siz ikkilamchi xomashyodan va selyulozadan tayyorlangan xojatxona qog'ozining solishtirma jadvali orqali xulosa chiqarishingiz mumkin bo'ladi.

KATTA O'RAMDAN KICHIK O'RAMGA O'RAB BERISH USKUNASI
Avvalambor ishni boshlashdan avval siz nechi qavatli xojatxona qog'ozi ishlab chiqarishni rejalashtirib olishingiz lozim. Hozirda yurtimizda ishlab chiqaruvchilar 1,2 va ayrim hollarda 3 qavatli qilib ishlanganlariga ko'zimiz tushadi. Eng keng tarqalgani bu albatta 2 qavatli hisoblanadi. Sizga taqdim qiladigan uskunamizda siz 1;2;3 qavatli qilib qilishingiz mumkin. Talabga ko'ra sizga qo'shimcha haq evaziga naqsh bosuvchi maxsus valli qism qo'shib berishimiz mumkin.



Naqshlar sizning talabingizdan kelib chiqqan holda boshqa ko'rinishda,biror firma nomi yoki logo o'rnatish ham mumkin.
KICHIK O'RAMNI KESIB BERISH USKUNASI
Yuqoridagi uskuna hosil qilgan kichik rulonlarni ushbu arra maxsus kichik hajmga bo'lib berish uchun xizmat qiladi. Agar siz xojatxona qog'ozi qilmoqchi bo'lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordiyu qog'oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo'lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo'ladi. Bu uskunani ichki vtulkaga ega va vtulkasiz xojatxona qog'ozlari uchun ham ishlatish mumkin.

DONALI QADOQLASH UCHUN MAXSUS DAZMOLLASH USKUNASI
Ushbu uskuna yordamida bizda hali qilinmagan va insonlarga kerakli bo'ladigan bir yoki ikki dona xojatxona qog'ozini qadoqlash mumkin. Axir har bir ishni qilishda talab hisobga olinishi lozim. Donali qadoqlangan mahsulot tog'larga yoki boshqa joylarga sayohat qilish paytlarida qo'l kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu uskun orqali siz boshqa mahsulotlarni (salfetka, konvert qilib yopiluvchi boshqa mahsulotlar) qadoqlashda ham ishlatish imkoniga ega bo'lasiz.

TO'PLAM QILIB QADOQLASH USKUNASI
Oxirgi bosqich esa doimgidek mahsulotni xaridorga qulay qilib yetqazish uchun blok qilib qadoqlash uskunasidir. Bunda siz istiqomad qilayotgan va mahsulotingizni sotishni rejalashtirgan hududdagi xaridor talablaridan kelib chiqib, 2;4;6;8 tagacha qadoqlash mumkin. Siz qadoqlash paketini buyurtma qilganingizda unga qo'l bilan ushlash qulay bo'lgan teshiklar qoldirish esdan chiqmasin. Bu sizning mahsulotingizni oladigan xaridor uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi. Qadoqlash paketi tayyor holatda va uch tomoni yopiq holatda bo'ladi. So'ngra,unga mahsulotni qo'lda solib so'ng quyidagi uskuna yordamida tepa qismi yaxshilab yopiladi.

Xojatxona qog'ozini ishlab chiqarish sizga qancha daromad keltirishi, uskunalar uchun xarajatlar quyida keltirib o'tildi. Sizlarga hisob kitoblarni taqdim etishda imkon qadar aniqlikda yozishga harakat qilindi. Agar siz yaxshi marketing orqali tovarlaringizni omboringizda turib qolishiga yo'l qo'ymasangiz, quyidagi jadvalda keltirilgan kundalik daromadga ega bo'lasiz.
BIZNESDAN KUTILADIGAN FOYDA
Yuqoridagi jadval ishlab chiqarish joyi o'ziniki bo'lgan tadbirkor hisobidan soliqlar hisoblanmagan holatda chiqarildi
O‘xshash uskunalar

Avtomatik hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish liniyasi Industrial versiyasi

Avtomatik qo'g'oz konteynerlar ishlab chiqarish uskunasi

Qog‘oz quvurlarni kesish uskunasi


