
Izolatsion XPS panellar ishlab chiqarish liniyasi
Texnik xususiyatlar
| Motor | AC motor Siemens |
| Quvvati | 132 kw |
| Shnek o`lchami | Ф 75mm |
| Barrel materiali | 38CrMoAIA |
| Sovutish usuli | Suv orqali |
| Quvvati | 7,5 kw |
| Sig`imi | 15-75 L/soat |
| Motor | 5,5 kw |
| Bosimi | 50MPa |
| Sig`imi | 72 L/soat |
| Motor | 2,2 kw |
| Sig`imi | 32 L/soat |
| Turi | Bir shnekli ekstruder |
| Shnek diametri | Ф200 mm |
| Shnek materiali | 38CrMoAIA |
| Motor | 90 kw AC motor |
| Statik mikser | DG200 |
| Umumiy quvvati | 11 kw |
| O`lchamlari | 1000*1500 mm (uzunligi*kengligi) |
| Isitish | Aluminum konturlar |
| Ko`tarish og`irligi | 5 tonna |
| Tezligi | 19 m/min |
| Turi | Elektr arra |
| Motor quvvati | 7,5 kw |
| Kesish o`lchamlari | 600-1200 mm |
| Ishlash kengligi | 550-650 mm |
| Ishlash qalinligi | 20-120 mm |
| Model | FN-600 |
| Umumiy quvvati | 12 kw |
| Pichoq o`lchami | Ф 160*1260 mm |
| Aniqlilik darajasi | 0,2 mm |
| Ishlash qalinligi | 20-100 mm |
| Ishlash kengligi | 600-1200 mm |
| Ishlash uzunligi | 1180 mm dan uzunroq |
| Aniqlilik darajasi | 1-2 mm |
| Motor | 4 kw servo motor |
| Ishlash kengligi | 600 mm |
| Slot kengligi | 15 mm |
Tavsif
Mahsulot haqida
Ekstrudirovka qilingan polistirol (XPS) yengil va moslashuvchan izolyatsiyalash qattiq ko'pigi bo'lib, suvni singdirishga chidamli, uni bir qator qurilish va tijorat maqsadlarida qo'llash uchun yaxshi tanlov hisoblanadi. XPS paneli turli maqsadlarda - devor va shiftni izolyatsiyalash, xonalarni sovutish, beton plita ostida (ya'ni, avtoturargoh maydonchlari ostida) va hatto me'moriy maqsadlarda ham foydalaniladi.
Uy-joy izolyatsiyasi: devorlarning orasida, balkon va tomlarning ichki qismlari uchun.
Tom yopish izolyatsiyasi: XPS izolyatsiyasi tomning yuqori qismida yoki ichki izolyatsiya sifatida joylashtirilishi mumkin.
Qishloq xo'jaligi: XPS panellar parrandaxonalar, qo'ziqorin fermalari va zavodlar uchun tomlar, shiftlar yoki devorlarning ichki qoplamasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Haroratni saqlash: salqin xonalar, sovuq saqlash pollari va sovutgichlarda qo`llaniladi.
Ushbu mahsulot o`z o`rnida energiya tejamkor mahsulotlar sirasiga kiradi. Ishlab chiqarish jarayoni boshqa turdagi mahsulotlarga nisbatan kamroq energiya talab qilganligi tufayli atrof-muhitga ham kamroq zararli gazlar chiqaradi. Shu tufayli atrof-muhitga chiquvchi gazlar 25 foizgacha pasayishi mumkin. Uylar va binolar uchun ishlatilganda issiqlik va sovuqlikni ushlashda 40 foizgacha samaraliroq hisoblanadi.
XPS panel qo'llash joylari
Umumiy ma`lumotlar
- Ishlab chiqarish hajmi: 400-600 kg/soat
- Zichligi: 26-45 kg/m3
- Tayyor mahsulot kengligi: 600 mm
- Tayyor mahsulot uzunligi: 1200 mm
- Tayyor mahsulot qalinligi: 20-100 mm
- Mahsulot tarkibi: PS, foam ximikati, ko`pirtirish ximikati, masterbach va boshqa moddalar (talabga binoan)
- Umumiy quvvati: 200 kw, 380V 50Hz
- Siqilgan gaz iste`moli: 1,5 m3/min
- Suv iste`moli: 15m3/soat
- Kerakli maydon o`lchami: 70*10m*6 m (uzunligi*kengligi*balandligi)
Uskunalar ro`yxati
- Besh stansiyali xom-ashyolar aralashtirish tizimi
- Juft-shnekli ekstruderlar tizimi
- Xom-ashyolarni o`lchash qismi
- Ikkinchi bir shnekli ekstruder (statik mikser bilan)
- Harorat nazorat qismi
- Kalibrator
- Sovutish qismlari
- Frezalash uskunasi
- Tekishlash-uzatish uskunasi
- Kesish uskunasi
- Boshqaruv punkti
Ana endi barcha uskunalarning texnik parametrlari va ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.
Besh stansiyali xom-ashyolarni tayyorlash tizimi
Ushbu qismda asosiy uskunalardan biri - silosni yasash uchun zanglamas metalldan qo`llanilgan. Xom-ashyolarni mikserga yetkazib berish uchun 2ta GPPS vakuum yetkazib berish qismlari ham bor.
5ta stansiya yordamida 400-1000 kg xom-ashyoni bir soat davomida eritib, ishlab chiqarish uchun tayyor holatga keltirish mumkin.
Juft shnekli ekstruderlar
Ishlab chiqarish liniyasining eng asosiy uskunasi, albatta, bu ekstruderlar hisoblanadi. Ekstruderlar yordamida tayyor xom-ashyolar eritilib mahsulot chiqariladi. Liniyada 2 bosqichli, ya`ni ikkita shnekli ekstruderdan foydalanilgan.
Xom-ashyolarni o`lchash tizimi
Ushbu ishlab chiqarish qismi bir necha uskunalardan tashkil topgan. Eng asosiy uskunalar nasoslar hisoblanib, sizga kerakli miqdordagi xom-ashyolarni o`lchab-yetkazib beradi. Nasoslar yuqori qattiqlikka ega 38CrMoAIA metalidan tayyorlangan bo`lib, uzoq yillar xizmat qilib beradi.CO2 nasoslari
Butanol nasoslari
Etanol nasoslari
Bir shnekli ekstruder
Kalibrator
Burchaklarni kesish uskunasi
Burchaklarga ishlov berish uskunasi
Yuza qismiga ishlov berish uskunalari
Asosiy kesish uskunasi
Gorizontal ishlov berib-kesish uskunasi
Elektron boshqaruv punkti
https://youtu.be/4Pr3G8AWTXc





