AFEX
Yuqori tezlikli avtomatik hojatxona qog’ozi ishlab chiqarish liniyasi
Qog`ozni qayta ishlash

Yuqori tezlikli avtomatik hojatxona qog’ozi ishlab chiqarish liniyasi

🧻 Sifatli gigiyenik mahsulotlar uchun zamonaviy va avtomatlashtirilgan yechim! Ushbu uskuna oddiy hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish uskunasidan farqli o‘laroq, qatlamlar orasiga avtomatik tarzda yelim (kley) surtish funksiyasiga ega. Bu esa mahsulotni yanada mustahkam, sifatli va bardoshli qiladi. ✨ Ayniqsa ushbu texnologiya rulonli qog‘oz sochiqchalar (qog‘oz salfetkalar) ishlab chiqarishda nihoyatda foydali — qatlamlar ajralmaydi, tuzilishi zich, shakli esa mustahkam saqlanadi. ✅ To‘liq avtomatik ishlab chiqarish liniyasi ✅ Zamonaviy texnologiyalar ✅ Yelim bilan mahkamlash funksiyasi ✅ Mustahkam va chiroyli mahsulot Sifatli va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish – raqobatbardosh natijaning kafolati!
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Kuchlanish380V 50 Hz
Quvvati15 kw
Ishlab chiqarish tezligi180-230 m/daq
Katta rulon uzunligi2200 mm
Katta rulon diametri1200 mm
Katta rulon ichki qismi diametri76.2 mm
Tayyor rulon diametric90-120 mm
Tayyor rulon ichki qismi diametri38-76 mm
Perforatsiya (uzilish joyi) orasidagi masofa4 pichoqli (90-150 mm)
MotorHar bir rulon o’rash qismi uchun individual motor
Boshqaruv paneliPLC
Uskuna o’lchami8600x2400x2100 mm
Uskuna og’irligi6 tonna
Quvvati5 kw
Kesish tezligi80-100 marta/daq
Pichoq turiLentali pichoq
Kesish aniqligi± 1.5 mm
Kesish diametri90-140 mm
Kesish uzunligi100-200 mm
Kesish kengligi90-120 mm
Uskuna o’lchami2800x1500x2100 mm
Uskuna og’irligi1100 kg
Quvvati7.5 kw
Qadoqlash tezligi15 ta/daq
Qadoqlash o’lchamlariUzunligi 400-600mm Kengligi 160-240mm Balandligi 160-240mm
Qadoqlash turi2-4-6-8 tali
Uskuna o’lchami8700x1000x1300 mm
Uskuna og’irligi700 kg
Havo bosimi0,6m3
Kuchlanish380V50Hz
Quvvati4kw
Tezligi2890r/min

Tavsif

Xojatxona qog`ozlarini ishlab chiqarish liniyasi ham yuqorida keltirib o`tilgan barcha talablarga javob beradi. Shu sababli ham, bu biznes istiqboli bor loyihalar qatoriga kiradi. Biz sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyasi ishlab chiqarish hajmini oshiradi va uskunalar to`liq avtomat holatida ishlaydi. Keling endi, ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`lib olsak.  

Umumiy ma’lumot

Ishlab chiqarish hajmi: 2-3tonna/8soat  Qavatlar soni: 3ta Ishchilar soni: 1ta  Kerakli maydon o`lchami: 70-80m2  Quvvati: 27.5 kvt  Kerakli xom-ashyolar: rulon selluloza, paket  

Katta o`ramdan kichik o`ramga o`rab berish avtomatik uskunasi

   

Funksiyalari:

  • Naqsh bosib berish
  • Avtomatik o`rash, teshish va kesish
  • Avtomatik yelim purkash
  • Avtomatik pnevmatik qog’ozni yuklash
  • Avtomatik vtulkani yetkazib berish tizimi
  • Avtomatik kesish uskunasiga yetkazib berish uskunasi

Xususiyatlari:

  • Ushbu modelda PLC boshqaruv tizimi qo`llanilgan, ishlab chiqarish jarayoni to’liq avtomatlashgan, ishlab chiqarish tezligi yuqori.
  • Uskuna vtulkani avtomatik ravishda o’zgartirishi, shuningdek vtulkani almashtirganda tezlikni avtomatik ravishda oshirishi va pasaytirishi mumkin.
  • Uskunada avtomatik signal berish xususiyati ham bor. Bu funksiya ishchini vtulka yoki qog`oz tugaganda ogohlantiradi.
  • Rulon sellulozani pnevmatik bosim yordamida ushlab turadi.
  • Uskunada ham vtulkali, ham vtulkasiz xojatxona qog`ozlari ishlab chiqarish mumkin.
 

Avtomatik kesish uskunasi

O`rab beruvchi uskunadan chiqqan qog`ozlar avtomatik ravishda kesib beruvchi uskunaga yo`l oladi. Bunda hech qanday ishchi kuchi kerak bo`lmaydi. Uskuna yordamida turli xil o`lchamlarda kesib olish mumkin. Agar siz xojatxona qog’ozi qilmoqchi bo’lsangiz uzunligi 10-12 sm uzunlikda kesish lozim, bordi-yu qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz uzunroq qilib kesish lozim bo’ladi (15-20sm).
  1. LCD sensorli ekran sozlamalari boshqarish uchun oson.
  2. Kesish jarayonida hech qanday ishchilar kerak emas, juda xavfsiz.
  3. Kesish sonini va kesish uzunligini belgilash oson va avtomatik qadoqlash mashinasi bilan ulanishi mumkin.
  4. Mashina sozlamalari rivojlangan va barqaror. Tekshirish qismlari asosan sifatli import qismlaridan foydalanilgan.
   

Avtomatik qadoqlash uskunasi

 

Kompressor

 

Uskuna yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar

  https://youtu.be/p_EzZ2opEVU  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish