AFEX
Antifiriz ishlab chiqarish liniyasi
Tayyor liniyalar

Antifiriz ishlab chiqarish liniyasi

Ishlab chiqarish turi: To`liq avtomat Ishlab chiqarish hajmi: 8-10 tonna Ishchilar soni: 3-4 ta/smena Zavod umumiy quvvati: 30 kw/soat Kerakli xom-ashyolar: etilen glikol / propilen glikol
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

DiametriF400mm
Balandligi1400mm
Sig’imi2m3/soat
Ishlash bosimi0,6Mpa
MaterialSUS304
Balandligi3 m
Qalinligi3mm
Elektr isitish quvvati3000w
Qizitish plitalari3 dona 6000w/dona
Kuchlanish380V50Hz
Umumiy quvvati1,1KW
Og’irligi1,1T
Umumiy o’lchamlari2000*870*1900mm
To’ldirish oralig’i50-5000ml
To’ldirish aniqligi±1.5ml/500ml
Bosimi0,6-0,6MPa
Qopqoq yopish qismi4 ta
Tezligi1500 ta/soat
Idish balandligi120-320mm
Idish diametricF50-F100mm
Qopqoq diametricF22-F32mm
Ishlash quvvati0,75kw
O’lchamlari1200*1000*2100mm
Tezligi75m/min
Chop etish balandligi12,7mm
Aniqliligi600DPI
Ishlatish materiallariMetall,plstik,aluminiy,karton
Kuchlanish220V
Quvvati50W
Kuchlanish220V 50Hz
Quvvati3000W
Tezligi0-210 ta/minut
MaterialZanglamas metal
Umumiy o’lchamlari1650*630*980mm
Quvvati180W
Rement kengligi48-60mm
O’lchamlari1000*960*1400mm
Tezligi18m/min
Suvni qayta ishlash uskunalari$10 900
Emultsion reactor$1 325x4=$5300
To’ldirish uskunalari$6 300
Qopqoq yopish uskunasi$5 500
Lazerli markirovka uskunasi$1 600
Yorliq yopishtirish uskunasi$4 300
Qadoqlash uskunasi$5 300
Jami:$39 200

Tavsif

Ishlab chiqarish jarayoni: Suvni filtrlab olish - barcha xom-ashyolarni aralashtirish - aralashmani qaynatish - mahsulotni qadoqlash - sotuvga tayyor Ishlab chiqarish uskunalar ro`yxati: 1. Suvni qayta ishlash uskunalar to`plami 2 T/soat 2. Emultsion reactor uskunasi 3. Avtomatik to`rt boshli to`ldirish-qadoqlash uskunasi 4. Avtomatik qopqoq yopib berish uskunasi 5. Avtomatik sana qo`yish printeri 6. Avtomatik yopish uskunasi 7. To`plam qilib qadoqlash uskunasi Demak endi uskunalarning to`liq xarakteristikalari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.

Suvni tozalash uskunalari

Demak, eng birinchi bosqichni antifriz uchun kerak bo`ladigan suvni tozalab olishdan boshlaymiz. Albatta, sifatli toza suv yuqori sifatli antifriz ishlab chiqarishga yordam beradi. Buning uchun bizga suv filtrlar va distillash uskunalari kerak bo`ladi. Quyidagi rasmda barcha uskunalarni ko`rishingiz mumkin. O`ngda ikki xil filtr, tarozi, teskari osmosli filtr va suv tanker. Suvni tozalash uskunalarining barchasi shu rasmda aks topgan.

Kvarts qumli filtr

Ushbu filtr suv tarkibidagi ortiqcha organik moddalar va qattiq qorishmalar (qum-tosh)ni ushlab qolish uchun mo`ljallangan.  

Aktiv ko'mirli filtr

Toza suv tarkibidan organik moddalar, xlor ionlari va xromni olib tashlab tozalab beradi. Bu filtr, asosan, kimyoviy moddalarni ushlab qolish uchun mo`ljallangan.

Emultsion reaktor 4ta

Emultsion reaktorning vazifasi barcha xom-ashyo va suvni ma`lum bir darajada ushlab turib, aralashtirib berishdan iborat. Uskuna vakuum holatda ishlagani tufayli yuqori kuchlanish va bosimni talab qiladi. Barcha qismlari zanglamas metall SUS 304 dan yasalgan.

Avtomatik to'rt boshli to'ldirish uskunasi

Uskuna to`liq avtomatlashtirilgan bo`lib, hech qanday inson omili qatnashmaydi. Idishlar maxsus konveyor asosida uskunaga yo`naltiriladi. Uskunada 4 ta quyish liniyasi bo`lganligi tufayli ishlab chiqarish tezligi oshadi. PLC ekran orqali ishlab chiqarish jarayonini osongina boshqarish mumkin.

Qopqoq yopish uskunasi

Navbatdagi uskuna idishlarning qopqog`ini yopib beradi. Bir vaqtning o`zida 4ta idish bilan ishlay oladi. Katta hajmli idishlar bilan ham ishlay oladi.

Lazerli markirovka uskunasi

Qopqoq yopilgandan so`ng konveyor idishlarni avtomatik ravishda keying uskunaga – lazerli markirovkaga yetkaziladi. Uskuna balandligi 1 sm dan baland yozuvlarni ham idish yuzasiga tushirib berishi mumkin.  

Yorliq yopishtirish uskunasi

Yuqoridagi uskuna esa plastik va boshqa turdagi idishlar yuzasiga maxsus tayyorlangan yorliqlar (etiketkalar)ni yopishtirib beradi.

To'plam qilib qadoqlash uskunasi

Uskunaning vazifasi qutilarni qadoqlab berishdan iborat, ya`ni ularni ochiq qismini yopib beradi. Qadoqlash o`lchamlari: Uzunligi 150-500 mm Kengligi 150-500 mm Balandligi 120-500 mm  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish