
Avtomobillar uchun moy filtrlari ishlab chiqarish liniyasi
"AFEX -GROUP'' -kompaniyasi, yengil va yuk avtomobillar uchun moy filtrlari ishlab chiqarish, tadbirkorlik faoliyati uchun zamonaviy texnologiyalarini taklif etadi.
Texnik xususiyatlar
| Press | 45t + 35 t (+15 t kesuvchi) |
| Ishlab chiqarish tezligi | 10 – 14 dona / daqiqa |
| Bolstar hajmi | 45 Tonna (900mm x 1100mm) 35 Tonna (700mm x 900mm) 15 Tonna (600mm x 800mm) |
| Filtr tashqi diametri | 50 ~ 110 mm |
| Filtr balandligi | 50 ~ 180 mm |
| Metall qalindligi | 0,4 ~ 0,6 mm |
| Slinder diametri | 650mm x 100mm |
| Ochilish balandligi | 1100mm |
| Tushish tezligi | 150 mm/soniya (sekund) |
| Ko’taarilish tezligi | 160 mm/soniya (sekund) |
| May baki | 600 |
| Boshqaruv tizimi | Qo’lda va avtomatik |
| Elektr kuchi | 380 V 50Hz |
| Hajmi | W1000 x L1000 x H3000 mm |
| Vazni | 5000 kg |
| Press | 100t (80 t va 65 t + 45 t kesuvchi) |
| Ishlab chiqarish tezligi | 5 – 8 dona / daqiqa |
| Bolstar hajmi | 100 Tonna (1700mm x 1600mm) 80 Tonna (1200mm x 1400mm) 65 Tonna (1000mm x 1200mm) |
| Filtr tashqi diametri | 100 ~ 140 mm |
| Filtr balandligi | 150 ~ 310 mm |
| Metall qalindligi | Maks 0,8 mm |
| Slinder diametri | 800 mm |
| Ochilish balandligi | 1200mm |
| Tushish tezligi | 130 mm/soniya (sekund) |
| Ko’taarilish tezligi | 150 mm/soniya (sekund) |
| Ishlab chiqarish tezligi | 20 dona/daqiqa |
| Yelim idishning sig’imi | 15 kg |
| Yelim idishni o’lchami | PH300x1100mm |
| Ish bosimi | 0,3 Mpa |
| Kuchlanish | 220 V / 50 Hz |
| Quvvat | 90 W |
| Hajmi | L1105 x W755xH1050 |
| Vazni | 250 kg |
| Ish bosimi | 0,4 Mpa |
| Kuchlanish | 380 V / 50Hz |
| Quvvat | 100 kw |
| Hajmi | L1070 x W520 x H1950 |
| Vazni | 700 kg |
| Ishlab chiqarish hajmi | 20-30dona/daqiqa |
| Shipendel | 5 dona |
| Ish maydoni | 60-130mm |
| Rezba o’lchami | M16-M38 (metrik) |
| Kuchlanish | 380 V / 50 Hz |
| Quvvat | 2.2 Kw |
| Vazni | 550 kg |
| Po’lat sim diametri | 1-4 m |
| Prujinani tashqi diametri | 6-80mm |
| Sozlanuvchi va avtomatik | 0-4000mm |
| Ishlab chiqarish hajmi | 8-50 dona/daqiqasiga |
| Quvvat | 2.0Kw |
| Vazni | 800 kg |
| Ishlab chiqarish tezligi | 25 dona/daqiqa |
| Ish bosimi | 0,6 Mpa |
| Quvvat | 0,3 kw |
| Hajmi | L1300 x W800 x H1300 |
| Ishlab chiqarish tezligi | 20-35 dona/daqiqa |
| Quvur diametri | 30 – 75 mm |
| Quvur uzunligi | 35 – 500 mm |
| Kesish tezligi | 500 rpm |
| Xom ashyo kengligi | 45 mm |
Tavsif
Moy filtrlari ishlab chiqarish uskunalariga oid ma'lumotlar berishdan avval, bu biznes faoliyati qanchalik daromadli ekanligini yurtimiz bozori misolida ko'rib chiqaylik.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 2 955 295 tani tashkil qilmoqda.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davrida nisbatan 14 foizga ko‘p.
- Yengil avtomobillar – 2 767 126 ta;
- Yuk avtomobillari – 168 810 ta;
- Avtobuslar – 5 711 ta;
- Mikroavtobuslar – 8 518 ta;
- Maxsus transportlar – 5 130 tani tashkil etmoqda.
Albatta bu raqamlar jismoniy shaxslarning avtomobillari uchun yil boshiga nisbatan berilgan ma'lumotlar. Hozirgi kunga kelib, o'sish sur'atiga nisbatan jismoniy shaxslar,korxonalar va davlat avtomobillari soni 4 milliondan ziyod ekanli ma'lum bo'ladi. Albatta, moy filtrlari ishlab chiqarish sohasida yurtimizda markaziy osiyoda yagona bo'lgan Filtruz kompaniyasi faoliyat olib boradi. Shu o'rinda avtomobillar moy filtrlari ishlab chiqarish qanchalik istiqbolli biznesligini birgina yurtimiz bozoriga nisbatan berilgan ma'lumolarda aks etib turibdi. Bundan tashqari qo'shni davlatlarga ishlab chiarilgan mahsulotlaringizni eksport qilishingiz mumkin. Bu soha bozori keng va katta bozor hisoblanadi, sababi avtomobillar xar-xil turdagi, rusmlilari bo'lganligi bois, o'z navbatida moy filtrlari o'lchamlari jihatidan xam o'zgacha bo'lishini talab etadi.
"AFEX -GROUP'' -kompaniyamiz tomonidan tadbirkorlarimizga taqdim etilyotgan ushbu loyiha yengil, yuk va boshqa turdagi mashinalari uchun tashqi diametri 50-140 mm, balandligi 50- 310 mm gacha bo'lgan, moy filtrlari ishlab chiqarish texnologilariga oid ma'lumotlar berib o'tamiz!
Mahsulot umumiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlari.
Moy filtrlarini ishlab chiqarish 6 boshqichli texnologik jarayonlardan iborat.
• Korpus qismini tayyorlash.
• Filtr qismini tayyorlash.
• Klapon qismini tayyorlash.
• Metall naycha tayyorlash.
• Yig'ish.
• Muhrlash va qadoqlash.
Texnologik jarayonlar mahsulotlarni yig'ish uchun kerakli detallar tayyorlashdan boshlanadi. Maxsus filtr qog'oz gofrirovka uskunasida gofirovka qilinadi. Tayyorlangan gofirovka filtr qog‘ozi, filtrlarning o‘lchamidan kelib chiqqan holda maxsus uskunada kesiladi va bir vaqtning o‘zida chetlarini maxsus elim (poliuretan) bilan yopishtirib gofrirovka qilinadi. Metall qismini tayyorlash jarayonlari ishki tishikli setka va shtamplash uskunasida metall detallarni shakllantirish ishlari amalga oshiriladi. Keyin filtr elementlarini yig'ish amalga oshiriladi, u quyidagilardan iborat: gofirovkalangan filtr qog'ozi, prujina, biriktiruvchi rezina, pastki va yuqori qopqoqlar, shuningdek, markaziy trubka kabi detallar filtr elementlari yig'ish liniyasiga yuboriladi, u erda barcha qismlar moy filtrga holatida yig'iladi va print uskunasida bosma beriladi. So'ngra o'raladi va tayyor mahsulot qadoqlanadi.
Kerakli xom ashyolar;
• Kerakli o'lchamdagi metal list.
• Maxsus filtr qog'oz.
• Maxsus germetika
• Kerakli o'lchamdagi rezina biriktirmasi.
• Elastik metall prujina.
• Mahsus bo'yoq.
Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar;
Kerakli maydon; 500 m² dan kam bo'lmasligi kerak.
Elektr energiya; 2 ta, 630 kVA markali transformator talab etiladi.
Ishchilar soni; 35- 50 kishi.
Barcha infratuzilmalarni asosiy manbayi suv xam talab etiladi.
Linya tarkibidagi uskunalar;
I. QOPQOQ QISMINI TAYYORLASH.
Gidravlik Press uskunasi. 5 T (1 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 15 T (2 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 35 T (3 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 40 T (3 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 63 T (2 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 80 T (3 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 100 T (1 dona)
Gidravlik Press uskunasi. 125 T (1 dona)
Metal plastinalarni germetiklash uskunasi.
Payvanlash uskunasi.
Rezba ochish uskunasi.
II. KLAPON QISMINI TAYYORLASH.
Prujina tayyorlovchi uskuna. (2 dona)
Klapon yig'ish uskunasi.
III. METELL NAYCHA QISMINI TAYYORLASH.
Naycha tayyorlovchi uskuna.
IV. QOG'OZ FILTR QISMINI TAYYORLASH.
Qog'ozni qatlamlash uskunasi. (2 dona)
Qatlamlarni mahkamlovchi uskuna.
Yelimlash uskunasi.
Quritish tuneli.
V. BARCHA DETALLARNI YIG'ISH.
Yeg'ib beruvchi uskuna.
Tekshirish berish uskunasi.(2 dona)
VI. MUHRLASH VA QADOQLASH
Bo'yash va quritish uskunasi.
Chop etish uskunasi. (2 dona)
Qadoqlovchi uskuna.
Kerakli ma'lumotlar bilan xam tanishtirib chiqdik. Endi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kerakli bo'lgan uskunalar va ularni texnik ko'rsatkichlariga oid ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
I. QOPQOQ QISMINI TAYYORLASH.
Gidravlik Press uskunalarida mahsulotlarni metall qismlari korpus, qopqoq, halqa,pastki prujina qisuvchi detallar tayyorlashda foydalinadi. Masalan; qopqoq qismini tayyorlashda ish jarayoni metall rulon tekislanishidan boshlanadi. Tekislangan rulon Press uskunasiga jonatilgandan song, rulonga belgilangan mahsulot o'lchamlarida aylanma teshiklar hosil qilinadi va shakllantiriladi so'ngra kesib olish uskunasi tayyor formani kesib oladi. Ushbu texnologik jarayon boshqa press uskunalari yordamida filtr ko'rpusini formalash uchun ham foydalaniladi.
Metall plastinalarni germetiklash uskunasi
Metall plastinalarni germetiklash uskunasi. Ushbu uskuna Gidravlik Press uskunalarida tayyorlangan qopqoq qismi detallarini, filtrdan moy oqib ketmasligi uchun qopqoq chetiga germetika sutib beradi. Uskuna to'liq avtomatik ravishda ishlaydi, xatolik sodir bo'lganda, ogohlatiruvchi chiroqlar mavjud.Ushbu uskunada tayyorlangan detallar payvanlash uskunasi yuboriladi.
Payvanlash uskunasi
Payvanlash uskunasi. Payvanlash uskunasi metal plastinani markaziy halqaga payvandlab beruvchi uskunadir. Markaziy halqa salnikni ushlab turadi, salnik moy sizib chiqishini oldini oladi. Payvandlangan qismlar, keyingi rezba ochish uskunaga jonatiladi.
Rezba ochish uskunasi
Rezba ochish uskunasi. Ushbu bosqichdan so'ng qopqoq qismini tayyorlash o'z nihoyasiga yetadi. Uskuna moy filtrlarni avtomobillar dvigatelga mahkamlash uchun markaziy halqaga rezba ochib beradi.
II. KLAPON QISMINI TAYYORLASH.
Prujina tayyorlash uskunasi. Ushbu uskunada moy filtrlarida klapon vazifasini bajaruvchi qism uchun prujinalar tayyorlanadi.
Klapon Yig'ish uskunasi
Klapon yig'ish uskunasida prujina va qisuvchi metalli detal biriktiriladi. Ushbu klapon moy filtrini quyi qismiga joylashtiriladi.
III. METELL NAYCHA QISMINI TAYYORLASH.
Naycha tayyorlovchi uskuna. Uskuna to'liq avtomatik ravishda ishlaydi, metal lenta uzatuvchi qurilma yordamida teshib beruvchi bo'limiga jo'natiladi, teshilgan metal lentalar, spiralsimon naycha hosil qiluvchi uskunaga yuboriladi. Tayyor bo'lgan quvirlarni, uskuna kerakli hajmda kesib beradi.
IV. QOG'OZ FILTR QISMINI TAYYORLASH.
Qog'ozni qatlamlash uskunasi. Bu uskuna filtrni eng asosiy qismini tayyorlab beradi. Mahsus qog'oz ahlatlardan saqlovchi nozik elak vazifasini bajaradi. Mahsus qog'oz rulon uskunaga yuklanadi, uskuna qog'ozni qatlam holatiga keltirib, kerakli hajmda kesib beradi.
Qatlamlarni mahkamlovchi uskuna
Qatlamlarni mahkamlovchi uskuna. Tayyor bo'lgan qog'oz qatlamlar chetlarini metal list yordamida mahkamlanadi, va o'rtasiga spiral simon quvirlar joylanadi.
Yelimlash uskunasi
Yelimlash uskunasi. Doira simon metal plastinani yelimlab qatlamlangan qog'ozni ustiga joylanadi va quritish jarayoniga yuboradi.
Quritish tuneli
Quritish tuneli. Yelimni quritish uchun ushbu qurilmadan foydalanish talab etiladi. Tunel ichida 4 dona motor mavjud bo'lib, ular yordamida mahsulotlarni bir-xil haroratda havo aylanmasi orqali quritiladi.
V. BARCHA DETALLARNI YIG'ISH.
Yig'ib beruvchi uskuna. Ushbu uskuna filtr qisimlarini yig'ib beradi. Korpusni ichiga kartrijni joylab ustiga qopqoq yopadi va chetlani qayrib muhirlab beradi.
Tekshirish berish uskunasi
Tekshirish berish uskunasi. Filtrning muhrlanish samaradorligini tekshirish berish uskunasi.
VI. MUHRLASH VA QADOQLASH.
Bo'yash va quritish uskunasi.Uskuna filtr yuzasiga kukunlik bo'yoq qoplab berish va ultrafiolet pech yordamida qisqa vaqt oralig'ida bo'yoqni quritib berish vazifasini bajaradi.
Chop etish uskunasi
Chop etish uskunasi. Ushbu chop etish uskunasi yordamida 2 xil rangdan foydalanib o'z brendingizni tayyor bo'lgan mahsulotga tushirishingiz mumkin.
Chop etish uskunasi
Chop etish uskunasi. Uskuna yuqorida qayt etilgan uskunaning yana bir turi bolib, chop etish vazifasini bajaradi.
Qadoqlovchi uskuna
Qadoqlovchi uskuna. Chang va yod zarrachalaridan himoyalash maqsadida, uskuna filtrga issiqlikda qisqaruvchi plyonka qoplab beradi.







