AFEX
EPS panellari ishlab chiqarish liniyasi
Tayyor liniyalar

EPS panellari ishlab chiqarish liniyasi

"AFEX GROUP'' mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o'rgangan holatda import bo'layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga "YANGI LOYIHA" va zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz! PENAPOLISTROL mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlari va texnologiyalariga oid batafsil ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

ModelWNS 1.0-1.0-Y
Bug’ chiqishiSoatiga 1000kg
Bug’ bosimi1.0Mp
Samaradorlik>92%
Yoqilg’I sarfi30 kg/soat/50m3/soat
Boshqarish kuchlanishi220V/50Hz/1P
Ishlash kuchlanishi380V/50Hz/3P
Yoqilg’I turiTabiiy gaz
Og’irligi6,8t
Quvvat6m3
Ish bosimiMax 8 bar
O’lchami3750*1500mm
Og’irligi1 t
ModelPSJ-1100
Kengaytiruvchi idishF1100x1500(h)
Zichlik diapazoni12-60kg/m3
Samaradorlik150-300kg/soat
Bug’ bosimi0,4-0,8Mp
Havo bosimi0,6-0,8 Mpa
Bug’ kirishi50mm
Havo kirishi50mm
Bug’ istemoli3-8kg/davr
Havo sarfi0,5,0,9m3/davr
Og’irligi2500kg
Umumiy o’lcham2800*2200*4600mm
Maxsus idishlar soni4 dona
Sig’imi19m3 /dona
Jami sig’imi76m3
Hajmi2.2x2.2x4m
Og’irligi800kg
Oqim2.4m3/min,ish bosimi 8 bar
Quvvat15kw
Quvvat3 m3
Ish bosimiMax 10 bar
ModelPSZ-1720
Hajmi1720*1600mm
Mahsulotning hajmi1550x1370x350(balandlik)mm
Maksimal ochilish1400mm
Minimal ochilish200mm
Bug’ kirishi80mm
Suv kirish joyi80mm
Havo kirish joyi80mm
Bug’ bosimi0,5-0,7Mpa
Suv bosimi0,3-0,6Mpa
Havo bosimi>0.5Mpa
Suyuqlik haydovchi bosim5,5kw
Nasosining quvvati5,5kw
Inspirator nasosining quvvati165m3/s
Og’irligi5700kg
Umumiy hajmi5000x2300x3300mm
Quvvat30t/soatiga
Kirish suvi harorati60 santigrat
Suv oqimi50m3/soat,t=5C
Diametri2215*2830mm
Shamol28000m3/soat
Fanning diametric1400mm
Dvigatel quvvati1,5KVt
Oziqlantirish suv bosimi(104Pa):2.65
Hajmi7200mmx2200mmx2600mm
Umumiy og’irlik4.8 tonna

Tavsif

EPS-Ingliz tilida (Enlarged Poli Stirol) yani kattalashtirilgan polistirol degan ma'noni anglatadi. Penopolistirol (penoplast)-bu polistirol va uning hosilalaridan, shuningdek, stirol kopolimerlaridan olinadigan gaz bilan to'ldirilgan materialdir. Kengaytirilgan polistirol keng tarqalgan polistirol turlaridan biri xisoblanadi. Kengaytirilgan polistirolni ishlab chiqarishning odatiy texnologiyasi polener massasida erigan stirol granulalarini gaz bilan to'ldirib keyinchalik, massa bug' bilan isitiladi. Ushbu jarayonda asl donachalar hajmining kattalashishi ular butun blok shaklini egallaguncha va birga sinterlanmaguncha sodir bo'ladi. Stirolda juda yaxshi eriydigan tabiiy gaz an'anaviy kengaytirilgan polistirolda qo'llaniladi. Biz sizlarga taklif etayotgan texnologiyalar yordamida barcha turdagi Penopolistirol mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.Ammo "AFEX GROUP'' mijozlari uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan o'z biznesingizni boshlashni tavsiya etadi. "YANGI MAHSULOT"- Ushbu loyihada ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan mahsulotga talab yuqori,eng muhimi hali yurtimizda ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgani yoq.Sizda raqobat yoqligi,ushbu mahsulotni ishlab chiqarib,o'z brendingizni tanitish imkoniyatini yanada oshiradi. ESP-Panellari pol isitgich shlanglari mantaj ishlari uchun zamonaviy,oson va qulay imkoniyatlari mavjud paneldir.ESP- Panellari uyingizni yozda-issiqdan,qishda-sovuqdan,suv,namgarchilikdan himoya qiladi.Yonish darajasi past,foydalanish muddati 50 yildan xam uzoq vaqt davomida o'z hususiyatini yo'qotmaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari

Avval mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlarini umimiy tushintirib o'tsak.So'ngra uskuna rasmlari yordamida birma-bir yoritib beramiz. Barcha texnologik jarayonlar para generatordan boshlanadi.EPS ishlab chiqarish uchun aynan issiq bug' kerak bo'ladi.Bug'latish jarayonni uzluksizligini ta'minlash uchun gazli bug' qozoni muntazam ishlab turadi. Xom ashyo sifatida polistirol granulalari maxsus idishga joylanadi.Undan so'ng mahsulot dazator orqali qozonga yuboriladi.U erda polistirol granulalari issiq suv, bug' va 90-120C° issiq havo yordamida 30-50 barobargacha kattalashtiriladi.Havo harorati qanchalik yuqori bo'lsa granulalar kattayadi va zichligi xam past bo'ladi.Granulalardan kattalashtirilgan sharchalar shnek orqali maxsus bunkerlarga joylanadi.U erda 24 soat mobaynida sharchalar quriydi. Mahsus bunkerlarda qurigan sharchalar shakllantirish uskunasida amorf og'irligi qoliplash uchun issiq bug' beriladi.Shakllantirish uskunasida sharchalar zichlashadi va deformatsiyalanadi. So'ng EPS panellari xosil bo'ladi.Tayyor bo'lgan EPS panellarini laminatsiyalash uskunasi yordamida laminatsiya qilinadi.

Ishlab chiqarish mexanizimi

Kerakli maydon

Ushbu liniya uchun talab etiladigan maydon 600m/kv dan kam bo'lmaslikni talab etadi.Shiftning balandligi 6 metrdan yuqori.Xom ashyolar va tayyor mahsulotlarni olib kirish yoki olib chiqish uchun yengil yuk mashinalari kirishiga imkoniyat bo'lsa, yanada ishlash unumdorligini oshiradi.

Kerakli ta`minot

Sanoat ob'ekti infratuzilmasining elementlari - tabiiy gaz,elektr energiyasi,suv ta'minoti bilan ta'minlanishi kerak. •Tabiiy gaz sarfi - 70m³/soat •Liniya elektr quvvati -100 KW/380V,50HZ. •Talab etiladigan transformator-160KW/380V, 50HZ dan yuqori. •1tonna mahsulot uchun - 300 KW energiya sarfi. •Ishchilar soni 5-8 kishini talab etadi.

Liniya tarkibidagi uskuna va qurilmalar

Bug' qozoni. •Bug' generatori. •EPS zarrachalarini boyitish uskunasi. •EPS mahsus idishlari. •Havo kompressori. •Havo idishi tank. •Avtomatik shakllantirish uskunasi. •ESP isitish tizimi panellari qolipi. •Sovutadigan suv minorasi. •Sintrafuzali suv nasos. •Laminatsiyalash uskunasi. •Quvurlar tizimi. Mahsulotga oid kerakli ma'lumotlar va ishlab chiqarish mexanizmi haqida batafsil bilib oldik.Endi esa liniya tarkibidagi uskunalar bilan tanishib chiqsak.

Bug` qozoni

  Bug' qozoninig isitish maydoni 30m² u shunindek 3,5m³ hajmdagi suvni tabiiy gaz yordamida bug'latirib beradi. Bug'latish jarayonni uzluksizligini ta'minlash uchun gazli bug' qozoni muntazam ishlab turadi.Hosil bo'lgan bug'lar quvurlar orqali bug' akkumulyatorga yuboriladi.  

Bug` generatori

  Bug' generatori yatorning asosiy vazifalari hosil bo'lgan bug'lar haroratini bir maromda ushlab turish.Energiyani tejash uchun tashqi tarafi izolyasiya qilingan materiallar bilan qoplangan.bu esa issiqlikni ushlab turish uchun muhimdir.Bug' generatori tori bug'larni quvurlar orqali, EPS zarrachalarini boyitish uskunasiga yuboriladi.  

EPS zarrachalarini boyitish uskunasi

  EPS zarrachalarini boyitish uskunasi-Bu uskuna ushbu liniyani yuragi xisoblanadi.Uskunaga xom ashyo sifatida polistirol granulalari maxsus idishga joylanadi.Undan so'ng mahsulot dazator orqali qozonga yuboriladi.U erda polistirol granulalari issiq suv, bug' va 90-120C° issiq havo yordamida 30-50 barobargacha kattalashtiriladi.Havo harorati qanchalik yuqori bo'lsa granulalar kattayadi va zichligi xam past bo'ladi.Xosil bo'lgan mahsulotlar yani granulalardan kattalashtirilgan sharchalar shnek orqali maxsus bunkerlarga joylanadi.  

EPS maxsus idishlari

  Kattalashtirilgan sharchalar shnek orqali maxsus bunkerlarga joylanadi.U erda 24 soat mobaynida sharchalar quriydi.Qurigan sharchalarni avtomatik shakllantirish uskunasiga quvurlar orqali yuboriladi.  

Havo kompressori

  Havo kompressori bu qurilma,EPS zarrachalarini boyitish uskunasi va avtomatik shakllantirish uskunasi uchun yordamchi qurilma xisoblanadi.  

Havo idish (tank)

  Havo idishi tank,siqilgan havoni tutib turuvchi bu qurilma,EPS zarrachalarini boyitish uskunasi va avtomatik shakllantirish uskunasi uchun yordamchi qurilma xisoblanadi.  

Avtomatik shakllantirish uskunasi

  Avtomatik shakllantirish uskunasida mahsulotni shakllantirish uchun issiq bug' beriladi.Shakllantirish natijasida sharchalar zichlashadi va butun mahsulot xolatiga keladi.Mahsulot o'lchami 150x75 sm. Uskunani ishlov berish vaqti 100-120 soniy.Ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan maxsulot hajmi 155x1370 sm qalinligi 35 sm.Uskuna qolip qismini o'zgartirish bilan boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishingiz mumkin.  

Panel qolipi

ESP isitish tizimi panellari qolipi- pol isitgich shlanglari mantaj ishlari uchun zamonaviy,oson va qulay imkoniyatlari mavjud panellar ishlab chiqarish uchun.

Sovitadigan suv minorasi

  Sovutish tizimi asosan ishlab chiqarish jarayonida suvni sovutishga yordam berish uchun ishlatiladi.Suvni sovutish uchun katta suv havzalari zarur. Suv havzasi, 4x4x2,5 m.Agar yer kattagi suv havzalari uchun cheklangan bo'lsa va mahalliy harorat yuqori bo'lsa, unda suvni tezroq sovutish uchun sovutadigan suv minorasini qo'shishiladi  

Sintrafuzali suv nasos

  Sintrafuzali nasos sovitish tizimi suv minorasi yoki suv havzasi uchun yordamchi qurilma sifatida foydalinadi.

Laminatsiyalash uskunasi

  Mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida ushbu uskunadan foydalanish oson va qulaydir.Laminatsiyalangan ESP mahsulotlari maydalanish darajasi pat bo'ladi.Suv va nam o'tkazishni oldini oladi. Laminatsiyalangan ESP mahsulotlar dizayn ko'rinish bilan sifatliligini ko'rsatib turadi.  

Quvurlar tizimi

Ishlab chiqarish liniyasi uchun quvur tizimi - EPS zarrachalarini boyitish uskunasi, Avtomatik shakllantirish uskunasi,shu jumladan bug' (kirish va tushirish) havo kompressori (kirish va tushirish) va  sovutish suvi boglovchi quvurlar xisoblanadi. Bug'ni barqaror boshqarish uchun bosimni kamaytiradigan valfni ushlab turiladi. Bu qozon va akkumulyator o'rtasida o'rnatiladi.

Liniya ishlash jarayonidan video lavha

https://youtu.be/HSl_8G2mvYc

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish