
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Tayyor liniyalar
Hujjatlar uchun qattiq muqovali reestr papka ishlab chiqarish liniyasi
Zamon o’zgarib barcha hujjatlar onlayn shaklga o’tsada, hujjatlarni an’anaviy ravishda qog’oz shaklida saqlash va foydalanish hech qachon yo’q bo’lmaydi. Korxona va tashkilotlarda hujjatlar juda ko’p foydalanganligi sababli, ularni tartibga solish juda muhimdir. Hujjatlarni tartibga solishda arka mexanizmli fayylar uchun papkalarning o’rni katta. Ushbu papka yordamida hujjatlarni sanasi, turi nomi va boshqa mezonlariga qarab joylashtirsa bo’ladi.
Narx
$53,900
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Uzunligi (mm) | Kengligi (mm) |
| 214 | 302 |
| 280 | 318 |
| 285 | 320 |
| 290 | 345 |
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380V 50 Hz |
| Energiya sarfi | 1.1 KW |
| O’lchami | 2150x650x1000 mm |
| Og’irligi | 450 kg |
| Ishlab chiqarish tezligi | 180 metr /daq |
| Maksimal karton sig’imi | 1750 mm |
| Kuchlanish | 380V |
| Energiya sarfi | 2 kw/soat |
| Maksimal sig’imi | 450x900mm |
| Minimal sig’imi | 90x150mm |
| Balandlik sig’imi | 1-3mm |
| Og’irligi | 1900 kg |
| O’lchami | 8000x1140x1380mm |
| Ishlab chiqarish tezligi | 10-20 dona/daq |
| O’lchami | 900x870x1000 mm |
| Og’irligi | 320 kg |
| Energiya sarfi | 0.55 KW |
| O’lchami | 500x1000x1500 mm |
| Og’irligi | 210 kg |
| O’lchami | 900x105x1400 mm |
| Og’irligi | 420 kg |
| O’lchami | 450x650x1580 mm |
| Og’irligi | 120 kg |
| O’lchami | 850x900x1680 mm |
| Og’irligi | 360 kg |
| O’lchami | 700x900x1400 mm |
| Ishlab chiqarish tezligi | 5-10dona/daq |
| Energiya sarfi | 1 KW |
| O’lchami | 760x930x1500 mm |
Tavsif
Hujjatlar uchun qattiq muqovali reestr papka turlari o’lchamiga qarab farqlanadi
Liniyamiz yordamida yuqorida sanab o'tilgan barcha o'lchamdagi papkalar ishlab chiqarishingiz mumkinUmumiy ma'lumotlar
- Kerakli maydon: 15*8metr 120 kvadrat metr
- Elektr energiya quvvati: 11 kilovatt/soat
- Kuchlanish: 380 v 50 Hz
- Ishchilar soni: 5-6 kishi
- Ishlab chiqarish quvvati: tayyor mahsulot 600-700 dona/soat
Kerakli uskunalar ro'yhati
- Karton qog’ozni kesib berish uskunasi
- PP qoplama qoplash uskunasi
- Papkaga shakl berish uskunasi
- Teshib berish uskunasi
- Kichik halqa va arkali mexanizm o’rnatish uskunasi
- Katta halqa o’rnatish uskunasi
- Oval halqa o’rnatish uskunasi
- Papka chetiga metall qism yopishtirish uskunasi
- Chontakcha yopishtirish uskunasi
Kerakli xomashyolar
- Karton qog'oz
- Metall aksessuarlar
- Suyuq yelim
- PP qoplama
Karton qo'gozni kesib berish uskunasi
Kesib berish uskunasi yordamida karton qog’ozlarni maxsus o’lchamlarga kesib olinadi. Karton qog’ozlar xomashyosi standart 920x1250 mm o’lchamda sotiladi. Fayllar uchun papkalarga esa maksimal 590x345 mm karton qog’ozi kerak bo’ladi.
PP qoplama qoplash uskunasi
Tayyor kesib olingan PP qoplamalar va karton qog’ozlar ushbu uskunaga qo’yiladi. Birinchi bosqichda PP qoplamalarga uskuna yordamida avtomatik ravishda suyuq yelim surtiladi va konveyerga o’tadi. Keyingi bosqichda PP qoplama ustiga karton qog’oz joylashtiriladi va konveyer orqali yurishda davom etadi. So’ngi bosqichda mahsulot uskunaning oxiridagi qismiga yetib boradi.Bu yerda PP qoplama va karton qog’oz mustahkam bo’lib yopishishi uchun uskuna roliklari orqali o’tadi va shu yerning o’zida PP qoplama karton qog’oz chetlariga buklanib yopishtiriladi. Ushbu uskuna yarim avtomatik bo’lib, ishchilar tomonidan faqatgina kartonni PP qoplama ustiga qo’yib turish vasifasi yuklatilinadi.
https://youtu.be/kOGKqqEVwLc
Papkaga shakl berish uskunasi
Karton qog’oz va PP qoplama bir biriga yopishtirilgandan so’ng to’laqonli papka shakliga keltirish uchun papkaga shakl berish uskunasi kerak bo’ladi. Uskunaga qo’yilgan mahsulot ustiga press yordamida bosim beriladi. Ushbu jaroyonda papkada parallel chiziqli ariqchlar paydo bo’ladi. Ariqchalar papka buklanishi uchun kerak bo’ladi.
https://youtu.be/UxIcpKSyx70
Teshib berish uskunasi
Teshib berish uskunasi metall halqa va arkali mexanizm o’rnatish uchun maxsus teshiklar ochib beradi. Ushbu uskunaning afzalligi shundaki, uskuna barcha kerakli teshiklarni bir vaqtda teshib beradi, avvalgi modellarda esa har bir teshik uchun alohida uskuna kerak bo’lgan.
https://youtu.be/K_Fll0bdbrM
Kichik halqa va arkali mexanizm o'rnatish uskunasi
Uskuna yordamida arkali mexanizm va kichik halqachalar o’rnatish mumkin. Uskuna pedal bilan jihozlangan bo’lib, pedal bosilganda zarb bilan arkali mexinizmni qotirib beradi.
https://youtu.be/9523QN--zHY
Katta halqa o'rnatish uskunasi
Papkada ochilgan katta teshikga ushbu uskuna metall halqachalarni qotirib beradi. Uskunada ishlash qulay bo’lishi uchun pedal o’rnatilgan. Papkalar zich bo’lib shkaf va javonda saqlanadi, ularni olish oson bo’lishi uchun ushbu katta halqalar yordam beradi.
https://youtu.be/xLOpqkij3Wg
Oval halqa o'rnatish uskunasi
Metall halqalarning oval shaklidagilarini ushbu uskuna qotirib berish funksiyasini o’z zimmasiga olgan. Oval shaklidagi halqalar papka yopiq holatda bo’lganda arkali mexanizm joylashishi uchun kerak. Bunda papka qalinlashib ketmaydi va qulay bo’lishini taminlaydi.
https://youtu.be/hB_3JFPWHhw
Papka chetiga metall qism yopishtirish uskunasi
Papkalar shkaf va javonlarda asosan vertikal holatda saqlangani sababli, papka cheti tez yediriladi va yaroqsizlanadi, buni bartaraf etish uchun papka chetiga metall qismlar o’rnatiladi. Buning uchun papka chetiga metall qism yopishtirish uskunasi yordam beradi.
https://youtu.be/6jZOTnK0mb4
Cho'ntakcha yopishtirish uskunasi
Cho’ntakcha yopishtirish uskunasi papkani nomlash yoki eslatmalar yozish uchun yorliqlar joylashtirish uchun maxsus cho’ntakcha o’rnatadi. Korxona va tashkilotlar fayl papkalarni ko’p ishlatadilar. Papkalar ichida qanday hujjat saqlanayotganini eslab qolish uchun yorliqchalarga eslatma, sana, korxona nomlari yoziladi. Yorliqchalar esa cho’ntakchalarga solinadi. Shu sababdan papkalarning yon qismiga maxsus cho’ntakcha o’rnatiladi.
https://youtu.be/aNrsVUbbqEE





